Bank hisobi va audit

Kafedra tarixi

"Bank hisobi va audit" kafedrasi 2007-yil dekabr oyidagi institut rektorining buyrug‘i asosida "Bank ishi" kafedrasi negizida tashkil topgan bo‘lib, 2008-yil 1-yanvardan boshlab faoliyat boshlagan. Tashkil etilganidan buyon kafedrada bank ishi, buxgalteriya hisobi, moliya va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari uchun malakali mutaxassislar tayyorlanmoqda. 2007-2013-yillarda i.f.n., prof. T.Qoraliyev, 2013-2015-yillarda i.f.n., dots. N.Oblomurodov, 2015-yilda T.Boltayev, 2015-2016-yillarda B.Babayevlar kafedra mudiri lavozimida faoliyat yuritganlar. Hozirgi kunda Z.Umarov kafedra mudiri vazifasini bajarib kelmoqda.

O‘quv-uslubiy ishlar

34Hozirgi kunda kafedraning asosiy shtatdagi 15 nafar pedagog-xodim bakalavriatda 4 ta fandan, magistratura yo‘nalishlarida esa 6 ta fandan dars mashg‘ulotlarini olib bormoqdalar. Kafedrada yetakchi professorlar sifatida T.Qoraliyev, E.Qodirov, U.Ortiqov, N.Oblomurodovlar doimiy ravishda iqtisodiyotning eng dolzarb masalalari bo‘yicha respublikaning taniqli iqtisodchilari ishtirokida talabalarga ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar, muammoviy va ochiq ma’ruzalarni tashkillashtirib kelmoqdalar. Kafedraning ilmiy salohiyatini yanada oshirish maqsadida muntazam ravishda amaliy ishlar olib borilmoqda. Jumladan, 1 nafar katta ilmiy xodim-izlanuvchi, 2 nafar mustaqil ilmiy izlanuvchilar ilmiy ishi ustida faoliyat olib bormoqdalar. Respublikaning xo‘jalik shartnomalari asosida kafedraning pedagog-xodimlari turli grantlarda ishtirok etmoqdalar. Shular 57jumlasiga Z.Umarov, K.Navro‘zova, N.Ernazarov, N.Oblomurodov va boshqalarni kiritishimiz 

Bakalavriat:Tasdiqlangan o‘quv rejasiga muvofiq kafedra tomonidan quyidagi fanlar o‘qitilmoqda:mumkin.

  • "Pul, kredit va banklar";
  • "Banklarda buxgalteriya hisobi";
  • "Bank auditi";
  • "Tijorat banklari faoliyati tahlili".

911Magistratura:

  • Naqd pulsiz hisob-kitoblar va to‘lov tizimi";
  • "Banklarda ichki va tashqi audit";
  • "Tijorat banklari faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish";
  • "Nobank kredit tashkilotlarida buxgalteriya hisobi";
  • "Banklarda buxgalteriya hisobining milliy va xalqaro standartlari";
  • " Ilmiy-tadqiqot metodologiyasi ".

Kafedraning innovatsion faoliyati

Kafedra pedagog-xodimlari ta’lim jarayoni davomida multimedia vositalaridan keng foydalanib kelinmoqda, jumladan, har bir mavzu bo‘yicha taqdimotlar, jadvallar, slaydlar va zaruriy ish o‘yinlari ishlab chiqilgan. Shuningdek, ma'ruza va amaliy mashg‘ulotlar davomida fanlarning nazariy jihatlarini tavsiflovchi tarqatma materiallar hamda ko‘rgazmali qurollardan qo‘llaniladi.

Aytib o‘tish joizki, pedagog-xodimlar doimiy ravishda o‘z malakalarini nafaqat respublika, balki chet el davlatlarida ham oshirib kelmoqdalar. Jumladan, ass. M..Abdurahmanova 2010-yilda Germaniya, ass. M.Zaxirov 2011-yilda Xitoy, 2014-yilda Hindiston, N.Oblomurodov 2014-yilda Hindiston kabi davlatlarining nufuzli universitetlarida o‘z malakalarini oshirib keldilar.

Ilmiy-tadqiqot ishlari

Kafedrada bir qator ilmiy izlanuvchilar yetuk olimlar ilmiy rahbarligi ostida izlanishlar olib bormoqda. Shuning samarasi sifatida kafedraning hozirgi kundagi ilmiy salohiyati 40% dan oshganligi ko‘rishimiz mumkin.

O‘tgan yillar davomida kafedra pedagog-xodimlari tomonidan bir qator darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar hamda monografiyalar chop etildi, masalan:

  • T.M. Qoraliyev va boshqalar. “Bank ishi”. Darslik. – T.: Iqtisod-moliya, 2016-yil.
  • Z.A.Umarov. “Tijorat banklarida moliyaviy natijalar hisobi va tahlilining nazariy-uslubiy masalalari”. Monografiya. – T.: Iqtisod-moliya, 2015-yil.
  • T.M. Qoraliyev va boshqalar "Xorijiy mamlakatlarda bank ishi”. O‘quv qo‘llanma. – T.: Noshir. 2012-yil.
  • A.A. Omonov, T.M. Qoraliyev “Banklarda buxgalteriya hisobi” darslik — T.: Iqtisod-moliya, 2014-yil.
  • T.M.Qaraliyev, K.N.Navro‘zova “Nobank kredit tashkilotlarida buxgalteriya hisobi”. O‘quv qo‘llanma; T.: Iqtisod-moliya, 2014-yil.
  • K.N.Navro‘zova, O.A.Ortiqov “Naqd pulsiz hisob-kitoblar va to‘lov tizimi”. O‘quv qo‘llanma; T.: Cho‘lpon nomidagi NMIU, 2014-yil.
  • T.M.Karaliev, M.M.Fayzullaeva «Bankovskiy audit». O‘quv qo‘llanma; T.: Iqtisod-moliya, 2014-yil.
  • I.F.Sayfiddinov “To‘lov aylanmasi: muammolari va hal etish yo‘llari”. Monografiya; T.: Iqtisod-moliya, 2014-yil.
  • T.M.Qaraliyev, N.M.Rayemova “Tijorat banklarining investitsiya portfeli va uni boshqarish”. Monografiya; T.: Extremum-presss, 2014-yil.
  • I.A.Murugova, G.Ya.Babaeva “Balans i ego rol v bankovskom uchete”. Monografiya; T.: Extremum-presss, 2014-yil.
  • A.A. Omonov, T.M. Qoraliyev “Pul, kredit va banklar”. Darslik — T.: Iqtisod-moliya, 2012-yil.

Kafedrada o‘quv-uslubiy va ilmiy ishlarni muhokama qilish maqsadida ilmiy seminarlar o‘tkazilib kelinmoqda. Kafedra tomonidan uyushtirilgan ilmiy-amaliy konferensiyalarda ko‘plab ilmiy izlanuvchilar, talabalar ilmiy ma’ruzalar bilan qatnashib, konferensiya materiallari to‘plam shaklida chop etiladi.

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar

 

1012Kafedrada ma’naviy-ma’rifiy ishlar tasdiqlangan reja asosida olib boriladi. Pedagog-xodimlar tasdiqlangan ish rejalari asosida talabalarga murabbiylik qilib, ular bilan "Ustoz-shogird" tamoyili asosida ish olib bormoqdalar. Doimiy ravishda talabalar bilan har xil dolzarb mavzularda davra suhbatlari, uchrashuvlar olib boriladi. Talabalar ishtirokida Toshkent shahri va respublikamizning diqqatga sazovor bo‘lgan joylariga tashriflar uyushtirib turiladi.

Jumladan, 2016-yilning 28-sentabr kuni “1-oktabr – Ustoz va murabbiylar kuni” munosabati bilan “Ustozlarning o‘gitlari” mavzusida “Bank hisobi va audit” va “Bank ishi” kafedralarining - mehnat faxriylari bilan davra suhbati o‘tkazildi. Davra suhbatida Toshkent moliya institutda ko‘p yillardan pedagogik faoliyat yuritib, hozirgi kunda keksalik gashtini surayotgan faxriy pedagoglardan Muyassar opa Fayzullaeva, Nafisa opa Usmonova, Lutfiya Mirzayeva, “Bank hisobi va audit” kafedrasi o‘qituvchilari K.Navruzova, U.G‘anieva, D.Axmedova va fakultet I va IV kurslarining 35 nafar talaba-qizlari qatnashdilar.

“Bank ishi” kafedrasining faxriy pedagogi N.Usmonovaning O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankidagi faoliyati, keyinchalik Toshkent moliya institutida pedagogik faoliyati davomida talaba-qizlarning o‘quv, ma’naviy-axloqiy va tarbiyaviy ishlarida ko‘p yillar davomida faol qatnashganlari, o‘z hayotlari davomida bo‘lib o‘tgan qiziqarli voqealar haqida so‘zlab berdi.

“Bank hisobi va audit” kafedrasining faxriy pedagogi Lutfiya Mirzayeva ham o‘zlarining pedagogik faoliyati, talaba-qizlarning muomala madaniyati, ustozlarga munosabati va hurmati haqida gapirdilar.

Faxriy ustozlar qizlarning ma’naviy tarbiyasida ibo, hayo, iffat, tartib-intizomi, kiyinish va muomala madaniyati, ustozlarga hurmat va e’tirof kabi masalalarda talaba-qizlarga nasihat va maslahatlar berishdi.

Bog‘lanish uchun ma’lumotlar:

Manzil: 100000, A.Temur shoh ko‘chasi 60a uy. Metroning “Minor” bekati.

 

BOG`LANISH

Toshkent Moliya Instituti

  • Manzil: 100000 Toshkent shahri, A.Temur ko`chasi 60A
  • Telefon: (8 371) 234-53-34
  • Faks: (8 371) 234-11-48
  • Email: admin@tfi.uz
  • Ishonch telefoni: (8 371) 235-77-66
  • Jamoat transporti: 10,17,19,24,38,51,60,67,72,93,115,140
  • Ish tartibi: 09:00 dan 18:00 gacha

Hozir saytda

Hisoblagich

uz certified

Top
We use cookies to improve our website. By continuing to use this website, you are giving consent to cookies being used. More details…