Biznes va tadbirkorlik

Kafedra tarixi

2005-yilda Toshkent moliya institutining “Biznes va boshqaruv” sohasida kadrlar tayyorlash munosabati bilan “Makro” va “Mikroiqtisodiyot” kafedralari bazasida “Biznes va iqtisodiyot” kafedrasi tashkil etilgan va uning Ustavi Oliy o‘quv yurtlararo ilmiy uslubiy kengashning 2005-yil 14-fevraldagi 4-sonli yig‘ilishida tasdiqlangan. 2011-yil 10-oktabrdagi 248-sonli TMI rektorining “Institut tashkiliy tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi buyrug‘iga asosan kafedra “Biznes va tadbirkorlik” deb nomlandi.

Kafedra o‘z faoliyati davomida respublikamizning iqtisodiyot va moliya tizimlari uchun o‘z sohasini mukammal o‘zlashtirgan faol iqtisodchilarni tayyorlab kelmoqda.

Hozirgi kunda kafedrada asosiy shtatda 15 ta professor-o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatmoqda. Ulardan 1 nafar fan nomzodi, professor, 3 nafar fan nomzodi, dotsentlar va katta o‘qituvchi hamda assistentlar faoliyat yuritishmoqda.

O‘quv-uslubiy ishlar

12Tasdiqlangan o‘quv rejasiga muvofiq kafedra tomonidan quyidagi fanlar o‘qitilmoqda:

  • “Makroiqtisodiyot”;
  • “Mikroiqtisodiyot”;
  • “Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar”;
  • “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik”.

Kafedrada o‘qitilayotgan fanlar ichida o‘quv dasturlar, ma’ruza matnlari, seminar mashg‘ulotlari va talabalar bilimini reyting asosida baholash mezonlari, test savollari variantlari, yozma ish variantlari va boshqa zarur materiallarni o‘zida jamlagan modul tizimiga asoslangan o‘quv-uslubiy majmualar, ma’ruza va seminar mashg‘ulotlarining pedagogik texnologiyalari ishlab 34chiqilgan.  Mualliflar X.Xadjayev, I.Bakiyeva, Sh.Fayziyevlar tomonidan “Makroiqtisodiyot” fanidan o‘quv qo‘llanma, I.Bakiyeva tomonidan “Mikroiqtisodiyot” fanidan masalalar to‘plami, shuningdek “Mikroiqtisodiyot” fanidan amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish bo‘yicha uslubiy qo‘llanma, X.Xadjayev, Sh.Fayziyev, M.Jabbarovlar tomonidan “Makroiqtisodiyot” fanidan masalalar to‘plami, I.Bakiyeva va G.Nazarovalar tomonidan “Makroiqtisodiyot” fanidan amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish bo‘yicha uslubiy qo‘llanmalar chop qilingan.

Shuningdek, kafedra tomonidan talabalar uchun muammoli ma’ruzalar va ochiq darslar tashkil etilib, amaliyotchi mutaxassislar jalb etilmoqda.

Kafedraning innovatsion faoliyati

Kafedraning ilmiy mavzusi: Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni innovatsion rivojlantirishning ilmiy asoslari

Bugungi kunda kafedra “Fedorovich dori-darmonlari”, “Bozor munosabatlari o‘quv markazi”, “Yog‘-moy hamkor” ko‘p tarmoqli xususiy korxonalar bilan innovatsion hamkorlik qilish bo‘yicha shartnomalar tuzgan.

Kafedraning ilmiy-tadqiqot ishlari

Kafedra pedagog-xodimlari tomonidan quyidagi ilmiy loyiha bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilgan:

1. A-1-288 Agrar sektorda kichik biznesni rivojlantirishning asosiy muammolari. 1.01.06 – 1.01.08. Fan texnologiyalar markazi.

2. A-1-290 Ipoteka krediti aholi turmush darajasini oshirish faktori sifatida. 1.01.2006 – 1.01.2008. Fan texnologiyalar markazi.

Kafedra pedagog-xodimlaridan E.Ergashev va I.Bakiyevalar fan texnologiyalar markazi tomonidan tashkil etilgan loyihalarda ishtirok etishmoqda.

Bugungi kunda kafedra pedagog-xodimlari tomonidan o‘qitiladigan barcha fanlar bo‘yicha modul tizimiga asoslangan elektron majmualar yaratilib, belgilangan muddatlarda institut saytiga joylashtirildi.

2015-2016 o‘quv yilida yilida kafedra pedagog-xodimlari tomonidan 70 tadan ortiq ilmiy maqola va tezislar ilmiy jurnallar hamda ilmiy-amaliy konferensiya to‘plamlarida chop etilgan. Kafedra tomonidan “Iqtisodiyotda innovatsion jarayonlarni rivojlanishida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rolini oshirish – iqtisodiy o‘sish omilidir” mavzusida respublika miqyosidagi ilmiy maqola va tezislar to‘plami chop etildi. Xususan, kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan xorijiy ilmiy jurnallarda ilmiy maqolalar chop etildi. Kafedra tomonidan ilmiy seminarlar tashkil etilib kelinmoqda.

Kafedraning ma’naviy-ma’rifiy ishlari

8IMG 1950Kafedra o‘qituvchilari tomonidan talabalar bilan turli mavzularda suhbatlar o‘tkazilmoqda hamda turli ommaviy tadbirlar, ko‘rgazmalar va ekskursiyalar tashkil etilmoqda. Hozirda kafedraning 5 nafar pedagog-xodimi murabbiylik faoliyatini olib bormoqda. Jumladan, “Budjet hisobi va davlat jamg‘armalari” fakultetining majlislar zalida “Kafedra haftaliklari” doirasida “Biznes va tadbirkorlik” kafedrasining tashabbusi bilan “Ma’naviyat oiladan boshlanadi”, Toshkent moliya institutining 1-sonli talabalar turar joyida kafedra tomonidan “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazildi. Shuningdek, 2016-yilning 18-martida “Bahor – ilhom fasli” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

 

Bog‘lanish uchun ma’lumotlar:

Manzil: 100000, Amir Temur shoh koʻchasi 60-a uy. Metroning “Minor” bekati.

Tel.: (99871) 235-76-22

E-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

 

BOG`LANISH

Toshkent Moliya Instituti

  • Manzil: 100000 Toshkent shahri, A.Temur ko`chasi 60A
  • Telefon: (8 371) 234-53-34
  • Faks: (8 371) 234-11-48
  • Email: admin@tfi.uz
  • Ishonch telefoni: (8 371) 235-77-66
  • Jamoat transporti: 10,17,19,24,38,51,60,67,72,93,115,140
  • Ish tartibi: 09:00 dan 18:00 gacha

Hozir saytda

Hisoblagich

uz certified

Top
We use cookies to improve our website. By continuing to use this website, you are giving consent to cookies being used. More details…