Pensiya ishi

Mamatov Baxadir Safaralievich


Kafedra tarixi

Kafedra shiori: “INTELLEKTUAL SALOHIYATNI OSHIRISH VA MUSTAHKAMLASH”

Istiqlol yillarida davlat moliyasini boshqarish tizimining isloh qilinishi, davlat mablag‘larini boshqarishning sifat jihatdan yangi shakli bo‘lgan g‘aznachilik tizimining joriy qilinishi mazkur sohada samarali faoliyat yurita oladigan, zarur bilim va ko‘nikmalarga ega yuqori malakali mutaxassis-kadrlar tayyorlash zaruriyatini keltirib chiqardi. Shu maqsadda yetarli tajriba va ilmiy salohiyatga ega bo‘lgan “Moliya” kafedrasi negizida institut rektorining 2007-yil 19-oktabrdagi “Institutda yangi kafedralarni tashkil qilish to‘g‘risida”gi 153-sonli buyrug‘i bilan “G‘aznachilik ishi” kafedrasiga asos solindi.

Davlat moliyasini boshqarish tizimidagi islohotlar doirasida keyingi yillarda mamlakat pensiya ta’minoti tizimida amalga oshirilgan o‘zgarishlar ushbu soha uchun ham malakali mutaxassislar tayyorlashni zarur qilib qo‘ydi. Bu maqsadda Toshkent moliya instituti negizida 5231300 – “Pensiya ishi” bakalavria ta’lim yo‘nalishi va 5A231301 – “Pensiya ishi” magistratura mutaxassisligi bo‘yicha mutaxassis tayyorlashga kirishildi.

Natijada kafedralar hamda ularda tayyorlanayotgan ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar nomlarini o‘zaro muvofiqlashtirish maqsadida Toshkent moliya instituti Kengashi navbatdan tashqari yig‘ilishining 2014-yil 5-noyabrdagi 2-sonli bayonnomasi bilan “G‘aznachilik ishi” kafedrasining nomi “Pensiya ishi” kafedrasi deb o‘zgartirildi.

Hozirgi kunda kafedrada 13 nafar pedagog-xodim, jumladan, 1 nafar faxriy professor va 2 nafar fan nomzodi, dotsent, 5 nafar katta o‘qituvchi va 5 nafar assistent asosiy shtat bo‘yicha faoliyat yuritib kelmoqda.

Kafedraning asosiy maqsadi va vazifalari

Kafedraning asosiy maqsadi “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturining ustuvor vazifalarini ta’minlash doirasida davlat moliyasi, xususan, pensiya ta’minoti tizimi uchun zamon talablariga javob beruvchi va jahon andozalariga mos yetuk mutaxassis kadrlarni tayyorlashdan iborat.

Kafedraning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

–oliy ta’limning davlat ta’lim standartlariga muvofiq tuzilgan o‘quv rejalarda belgilangan ma’ruzalar, amaliy va boshqa turdagi mashg‘ulotlarni yuksak nazariy, ilmiy, uslubiy va kasbiy darajada o‘tkazish;

–talabalarning bitiruv malakaviy ishlari va magistrlik dissertatsiyalariga, bitiruvoldi malakaviy amaliyotlariga va mustaqil ishlariga rahbarlik qilish;

–talabalar  bilimini reyting tizimi asosida adolatli baholash;

–talabalarning nazariy bilim va ko‘nikmalarini amaliyot bilan bog‘lash uchun shart-sharoit yaratish;

–kafedra fanlari bo‘yicha o‘quv dasturlarini ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqqa taqdim etish, shuningdek, turdosh kafedralar tomonidan tayyorlangan o‘quv dasturlarini muhokama qilish;

–darslik, o‘quv, uslubiy va ko‘rgazmali qo‘llanmalarni tayyorlash va nashr etiladigan boshqa darslik, o‘quv qo‘llanma va o‘quv-uslubiy adabiyotlarni muhokama qilib borish;

– nodavlat ta’lim muassasalari buyurtmalari bo‘yicha zaruriy o‘quv-uslubiy adabiyotlarni tayyorlashda ishtirok etish;

–iqtidorli talabalar bilan ishlash, ularni fan olimpiadalariga, turli tanlovlarga tayyorlash, ilmiy izlanishlar olib borishi va mustaqil ta’lim olishining shakl va uslublarini takomillashtirish;

–kafedra pedagog-xodimlariga ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish uchun shart-sharoit yaratish;

–tugallangan ilmiy tadqiqot ishlarini muhokama etish va keyingi bosqichlarga tavsiya etish;

–ta’lim, fan va ishlab chiqarishning integratsiyalashuvini ta’minlash;

–kafedra pedagog-xodimlarining o‘quv, o‘quv-uslubiy, ilmiy tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy va tashkiliy ishlar bo‘yicha shaxsiy rejalarini ko‘rib chiqish va tasdiqlash;

–tajribali pedagog-xodimlarning ish tajribalarini o‘rganish, umumlashtirish va tarqatish, yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini o‘zlashtirish va ularni dars jarayoniga tatbiq etish;

–kafedra pedagog-xodimlarining xorijiy tillarni, asosan ingliz tilini o‘rganishi uchun shart-sharoit yaratish, ingliz tilida ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarni o‘tishni tashkil etish;

–institut, mamlakat va xalqaro miqyosdagi ilmiy-amaliy anjumanlarda ilmiy ishlar bilan ishtirok etish, shu bilan birga, zamonaviy va dolzarb ilmiy yo‘nalishlardagi tadbirlarni tashkil etish.

Oʻquv-uslubiy ishlar

910Kafedra tomonidan bakalavriatning 5231300 – “Pensiya ishi” ta’lim yo‘nalishi va magistraturanin5A231301 – “Pensiya ishi”  mutaxassisligi bo‘yicha o‘quv reja va ishchi- o‘quv rejalar, o‘qitiladigan fanlardan o‘quv (namunaviy) va ishchi o‘quv dasturlari ishlab chiqilgan.

2016-2017-o‘quv yilida kafedra pedagog-xodimlari tomonidan o‘qitiladigan barcha (12 ta) fanlardan xorijiy adabiyotlarga asoslangan o‘quv-uslubiy majmualar yaratilgan. Kafedraning o‘quv yuklamasiga muvofiq, “Pensiya ishi” ta’lim yo‘nalishi 2-4-kurs talabalari tanishtiruv, malaka va bitiruvoldi amaliyotlarini O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi va uning 

1213hududiy bo‘linmalarida o‘taydilar.

Hozirgi kunda kafedraning 13 nafar pedagog-xodimi bakalavriat ta’lim yoʻnalishlarida va magistratura mutuxassisligida jami 12 fandan ma’ruza va amaliy mashgʻulotlarni tasdiqlangan o‘quv-uslubiy majmualar asosida olib bormoqdalar. O‘quv-uslubiy majmualar tarkibida fanning o‘quv va ishchi-o‘quv dasturlari, dasturdagi har bir mavzular bo‘yicha ma’ruza matnlari, taqdimotlar, amaliy mashg‘ulot uchun tarqatma materiallar, mustaqil ta’lim uchun tarqatma materiallar mavjud.

 

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida: Tasdiqlangan oʻquv-rejasiga muvofiq kafedra tomonidan quyidagi fanlar oʻqitilmoqda:tarqatma materiallar, glossariylar mavjud.

1. Davlat budjeti.

2.Mahalliy budjet. 

3.Pensiya jamg‘armasi faoliyati.             

4.Davlat pensiyalari va ijtimoiy nafaqalar.

5.Davlat pensiya ta’minoti.  

6.Ijtimoiy ta’minot. 
Magistratura  mutaxassisligida:

1.Budjet tizimi.

2.Davlat pensiya ta’minoti tizimi.

4.Pensiya ta’minoti nazorati.

3.Xorijiy mamlakatlar pensiya tizimi.

5.Jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minoti.

 6.Ijtimoiy himoya tizimida pensiyalar.

Institut rektorining 2014-yil 3-oktabrdagi “Institutda elektron modul tizimi boʻyicha ma’lumotlarning ichki (Internet) platformalarini tashkil etishni jadallashtirish toʻgʻrisida”gi 344-sonli buyrugʻi ijrosini ta’minlash maqsadida kafedraning bakalavriat ta’lim yoʻnalishlarida va magistratura mutaxassisligida oʻqitiladigan fanlardan toʻliq matnli modul tizimiga asoslangan elektron majmualarning ichki (Internet) platformalari tashkil etildi.

Kafedrada oʻqitiladigan fanlardan toʻliq matnli modul tizimiga asoslangan elektron majmualarning ichki (Internet) platformalarini yangilab borish yuzasidan kafedra pedagog-xodimlari tomonidan chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.

2016-2017-oʻquv yili uchun kafedrada oʻqitiladigan barcha fanlar boʻyicha oʻquv-uslubiy majmualar yangilanib, tegishli tartibda rasmiylashtirildi. Oʻquv yili davomida ular takomillashtirib borilmoqda. Jumladan, qabul qilingan yangi qonun,  Prezident farmonlari, hukumat qarorlari hamda amaldagi qonunlarga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar e’tiborga olinib, oʻquv-uslubiy majmualar yangilanib, zamonaviy oʻquv adabiyotlari bilan boyitib borilmoqda.

Kafedra pedagog-xodimlari tomonidan yana bir qancha o‘quv adabiyotlari yaratildi:

2016-yil 5-may kuni “Pensiya ishi” kafedrasi katta o`qituvchisi Barno Nurmuxamedova tomonidan Moliyaviy menejment fakulteti 3-kurs MKT(BHA)-60 guruhda “Davlat budjeti” fanining “Davlat budjetidan ta’lim tizimi xarajatlarini moliyalashtirish” mavzusida ochiq ma’ruza o`tkazildi. Ma’ruzada uzluksiz ta’lim tizimi va undagi islohotlarning asosiy yo`nalishlari, ta’limni moliyaviy ta’minlashning xorij tajribalari, ta’lim tizimi muassasalarini mablag` bilan ta’minlashda davlat budjetining o`rni va ahamiyati, maktabgacha ta’lim muassasalari xarajatlarini rejalashtirish va moliyalashtirish, umumta’lim maktablari xarajatlarini rejalashtirish va budjetdan moliyalashtirishning o`ziga xos xususiyatlari kabi masalalar yoritib berildi. Mavzuni yoritishda ma’ruzachi ta’limni moliyaviy ta’minlashdagi xorij tajribalariga alohida to`xtalib, bir qator rivojlangan davlatlarda ta’limga ajratilayotgan mablag`larning YaIMdagi salmog`i, ta’limni boshqarish va moliyalashtirishning markazlashgan va nomarkazlashgan modellari tavsifi, nodavlat ta’lim tizimining moliyaviy masalalari to`g`risida qiziqarli ma’lumotlar keltirdi. O`zbekiston Respublikasida ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlarning asosiy yo`nalishlari va natijalari, ularni moliyaviy ta’minlash masalalari yaqqol misollarda ko`rsatib berildi. Ayniqsa, ta’lim muassasalari xarajatlarini bir o`quvchi soniga ko`ra bazaviy xarajatlar me’yorlarini qo`llagan holda aniqlash va moliyalashtirish formulasi va unga ko`ra ta’lim muassasasi budjetini aniqlash usullari ma’ruza ishtirokchilarida katta qiziqish uyg`otdi. Ma’ruzaning mazmunini talabalar e`tiboriga yetkazishda ma’ruzachi tomonidan yangi axborot va pedagogik texnologiyalari qo`llanildi, tiglovchilarga mazmunli taqdimot materiali taklif etildi, auditoriya bilan jonli muloqot o`rnatishga muvaffaq bo`lindi. Ko`rilayotgan masalalar va ma`ruzachi tomonidan o`rtaga tashlangan ayrim savollar keskin bahs-munozaralarga sabab bo`ldi. Ma’ruzachi talabalarning ta’limning moliyaviy masalalariga taalluqli barcha savollariga atroflicha javob berdi.

Ochiq ma’ruza darsida “Pensiya ishi” kafedrasi mudiri B.Mamatov, kafedra pedagog-xodimlari Sh.Hamdamov, N.Yuldasheva, D.Sholdarov, J.Tursunov, Z.Beknazarov, F.Hamrayeva, shuningdek, “Moliya” kafedrasi katta o‘qituvchisi V.Nuriddinovalar ishtirok etdilar.

Malaka oshirish

4746Oliy o‘quv yurtlari pedagog-xodimlarining kasb darajasi va malakasini muttasil oshirib borish, ularni zamonaviy talablarga muvofiq muntazam qayta tayyorlashning takomillashtirilgan tizimini joriy etish asosida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan oshirish maqsadida 2015-yil 12-iyunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog-kadrlarini qayta tayyorlash

                                             va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish 41chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-4732-sonli Farmoni hamda 39ushbu Farmonda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog-kadrlarining kasbiy darajasini uzluksiz takomillashtirish uchun shart-sharoitlarni ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015- yil 20-avgustdagi “Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog-kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish chora-tadbirlari

14to‘g‘risida”gi 242-sonli qarori hamda Toshkent moliya instituti rektorining tegishli buyruqlari asosida kafedra pedagog-xodimlari quyidagi yo‘nalishlarda o‘z malakasini oshirib kelmoqda: “Mikroiqtisodiyot”, “Makroiqtisodiyot”, “Moliya”, “Pensiya ishi”, “Axborot texnologiyalari”, “Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat”, “Ma’naviyat va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot”, “Ta’lim tizimi menejmenti”.

Kafedra pedagog-xodimlari malaka oshirish jarayonida egallagan tajribalari asosida ma’ruza va amaliy mashgʻulotlarida pedagogik va axborot texnologiyalaridan keng foydalanib kelmoqdalar.

Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan hamkorlik

Kafedraning akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan hamkorligi har o‘quv yili boshida akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan hamkorlik qilish bo‘yicha ishlab chiqilgan va tegishli prorektor tomonidan tasdiqlanadi ish-rejaga asosan amalga oshiriladi.

Kafedrada akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan turli yoʻnalishlarda keng hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, Toshkent biznes va iqtisodiyot kolleji hamda Toshkent moliya-iqtisodiyot kollejlari bilan  hamkorlik shartnomalari tuzilgan. Ushbu ta’lim muassasalari bilan kafedraning hamkorlik aloqalariga S.Tulaganova mas’ul etib belgilangan. Shu bilan birgalikda kafedra pedagog-xodimlari hamkorlikdagi ta’lim muassasalarining oʻquv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy ishlarida ishtirok etib kelmoqdalar.

Kafedra pedagog-xodimlaridan B.Nurmuxamedova, N.Yuldashevalar tomonidan kasb-hunar kollejlari uchun “Moliya” fanidan (o‘zbek va rus tilida) o‘quv adabiyotlari nashr qilindi va qayta nashr qilindi.

2015-yil 2-noyabrda Toshkent moliya instituti va Sergeli tumanida joylashgan Toshkent moliya-iqtisodiyot kolleji o‘rtasida 16-sonli hamkorlik shartnomasi tuzildi, uning asosiy maqsadi kollejda ta’lim-tarbiya va ilmiy-tadqiqot jarayonlarini yanada jonlantirish, ularning me’yoriy-uslubiy, o‘quv-tashkiliy va axborot-resurs ta’minoti sifatini oshirish natijasida o‘quvchi-yoshlarga berilayotgan nazariy bilimlar va amaliy ko‘nikmalarni yanada mustahkamlash, bitiruvchi yosh mutaxassislarni ish bilan ta’minlash, kasb-hunar kolleji bilan oliy ta’lim o‘rtasida uzviylik va uzliksizlikni yanada mustahkamlashga ko‘maklashishdan iborat;

-ushbu 16-sonli hamkorlik shartnomasiga ko‘ra 2015-2016-o‘quv yilining rejasiga muvofiq 2015-yil 17-noyabrda Toshkent moliya instituti “Pensiya ishi” kafedrasi pedagog-xodimlari tomonidan “Бюджетные системы стран Содружества Независимых Государств” mavzusida ochiq ma’ruza o‘tkazildi. Ochiq ma’ruzani “Pensiya ishi” kafedrasi pedagog-xodimlaridan i.f.n., faxriy professor G.Qosimova va katta o‘qituvchi N.Yuldashevalar olib bordilar.

Ma’ruza qiziqarli va mazmunli o‘tdi. Ma’ruzadan so‘ng talabalar bilan ularni qiziqtirgan masalalar yuzasidan savol-javoblar bo‘lib o‘tdi (tegishli ma’lumotlar ilova qilinadi).

-2016-yil 12-yanvarda “Pensiya ishi” kafedrasi tomonidan Moliya-iqtisodiyot kolleji 2-kurs “Moliya” yo‘nalishi 4-14 guruhida “Бюджетный процесс и его стадии” mavzusida kafedra katta o‘qituvchisi N.Yuldasheva tomonidan seminar-trening o‘tkazildi.

Yuqorida amalga oshirilgan ochiq darslar kollejlar bilan tuzilgan hamkorlik shartnomalarining ijrosi hisoblanadi, bu boradagi ishlar kafedraning keyingi faoliyatidagi ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi, “Pensiya ishi” kafedrasi va turdosh yo‘nalishlarga ega bo‘lgan kasb-hunar kollejlari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada o‘yg‘unlashtiradi hamda kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarining malakali mutaxassis bo‘lib etishishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

“Pensiya ishi” kafedra o‘qituvchilari akademik litsey va kollejlarida ochiq ma’ruzalarni o‘tkazib berishda faol katnashmoqda, masalan 2016-yil 3-mart kuni “Iqtisodiyot va biznes” kollejida Toshkent moliya instituti “Pensiya ishi” kafedrasining pedagog-xodimlari tomonidan akademik litsey va kasb-hunar kollejlari ish rejasiga muvofiq “Davlat budjetining g‘azna ijrosi” mavzusida ochiq dars o‘tkazildi.

Ochiq dars “Bank ishi” yo‘nalishidagi BI-32 guruhi o‘quvchilari ishtirokida tashkil etildi. Ochiq dars davomida O‘zbekiston Respublikasida davlat moliyasi tizimidagi institutsional islohotlar, xususan budjet ijrosi g‘aznachilik tizimini takomillashtirishning istiqbol vazifalari, davlat budjeti daromadlari ijrosining g‘aznachilikka qamrab olinishi borasidagi chora-tadbirlarning borishi, erishiladigan natijalar muhokama qilindi.

Ochiq darsda kafedrasi mudiri B.Mamatov hamda kafedraning o‘qituvchilari G.Kosimova, B.Nurmuxamedova, Sh.Xamdamov,N.Yuldasheva, D.Sholdorov va F.Hamrayevalar qatnashishdi.

Darsda yangi pedagogik texnologiyalar, jumladan BBB jadvali, blits-so‘rov hamda muammoli grafik organayzerlardan keng foydalanildi.

Kollej o‘quvchilari tomonidan davlat moliyasi tizimini isloh qilishga oid savollar mavzuning naqadar dolzarbligini isbotladi hamda ular berilgan savollarga batafsil javoblar oldilar.

Mazkur tadbirlarni davom ettirgan holda, joriy yilning may oyida rejaga muvofiq Toshkent bank kolleji va Toshkent iqtisodiyot va biznes kollejlari bilan hamqorlikda kafedraning etakchi pedagog-xodimlari tomonidan ochiq dars va master klasslar o‘tkazildi. Shu jumladan 2016-yil 11-may Toshkent iqtisodiyot va biznes kollejining 314-xonasida 2-bosqich “Moliya” yo‘nalishining Moliya-14-14 guruhida rejaga asosan “Budjet soliq siyosatining ustuvor yo‘nalishlari” mavzusi doirasida Toshkent moliya instituti “Pensiya ishi” kafedrasi pedagog-xodimlari ishtirokida master-klass mashg‘uloti o‘tkazildi.

Master-klass mashg‘ulotida kollej o‘qituvchilari M.Nurmatova, D.Shodmonxodjaeva, M.Muzrabova, G.Artiqova, D.Axrorovalar hamda kollejning 2-bosqich Moliya-14-14 guruhi o‘quvchilari ishtirok etdi. Jami guruhda 29 nafar o‘quvchi bo‘lib, shu kuni 25 nafar o‘quvchi ishtirok etdi.

Master-klass mashg‘ulotini “Pensiya ishi” kafedrasi pedagog-xodimlari J.Tursunov, D.Sholdorov, N.Yuldasheva va F.Hamrayeva, olib borishdi. Asosan mashg‘ulotda kafedra o‘qituvchisi tomonidan “Budjet soliq siyosatining ustuvor yo‘nalishlari” mavzusiga doir budjet soliq nazariy-huquqiy asoslari, budjet siyosatning taktika va strategiyasi, soliq siyosatning soliq yuqini pasaytirish bo‘yicha chora tadbirlar va amaliyot bilan bog‘liq ma’lumotlar, masalalar, tahliliy ma’lumotlar keltirildi. Shu bilan bir qatorda kafedra o‘qituvchisi D.Sholdorov tomonidan “Davlat budjetning g‘azna ijrosi”ga doir qo‘shimcha ma’lumotlar keltirildi.

O‘z navbatida 2016-yil 4-may chorshanba kuni soat 11.40 da Toshkent bank kollejining 321-xonasida 1-bosqich “Moliya” yo‘nalishining Moliya-501 guruhida rejaga asosan “Davlat budjeti g‘azna ijrosining mohiyati va ahamiyati” mavzusi doirasida Toshkent moliya instituti “Pensiya ishi” kafedrasi pedagog-xodimlari ishtirokida “ochiq-dars” mashg‘uloti o‘tkazildi. “Ochiq dars” mashg‘ulotida Toshkent bank kolleji o‘qituvchilari, shu jumladan: “Moliya” kafedrasi o‘qituvchilari O.Ubaydullaeva, I.Aripov, A.Rasulov hamda kollejning 1-bosqich Moliya (MA-501) guruhi o‘quvchilari ishtirok etdi. Jami guruhda 30 nafar o‘quvchi bo‘lib, shu kuni 28 nafar o‘quvchi ishtirok etdi.

“Ochiq-dars” mashg‘ulotini “Pensiya ishi” kafedrasi pedagog-xodimi Sh.Hamdamov tomonidan olib borildi. Asosan mashg‘ulotda kafedra pedagog-xodimi Sh.Hamdamov tomonidan “Davlat budjeti g‘azna ijrosining mohiyati va ahamiyati” mavzusiga doir nazariy-huquqiy va amaliyot bilan bog‘liq ma’lumotlar, masalalar, tahliliy ma’lumotlar keltirildi.

Oliy oʻquv yurtlari va ilmiy muassasalar bilan hamkorlik

Kafedra O‘zbekiston milliy universiteti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi o‘quv markazi bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik o‘rnatgan.

Istiqbolda Rossiya Federatsiyasining Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti bilan ilmiy-tadqiqot ishlari hamda oʻquv-uslubiy adabiyotlarni yaratish doirasida xalqaro aloqalarni oʻrnatish hamda hamkorlikda  ilmiy-amaliy konferensiyalar tashkil etish rejalashtirilgan.

Ilmiy tadqiqot ishlari

Kafedra ilmiy tadqiqot ishlarining bosh yo‘nalishi – “Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida budjet tizimi va pensiya ta’minoti tizimini takomillashtirish”. Ilmiy tadqiqot ishlariga kafedraning barcha pedagog-xodimlari va mustaqil tadqiqotchilar jalb etilgan. Hozirgi kunda har bir kafedra a’zosi o‘ziga biriktirilgan mavzu asosida ilmiy-tadqiqot ishini olib bormoqda. Ilmiy tadqiqot ishlari va erishilgan natijalar har oyda kafedra yig‘ilishlarida muhokama etiladi.

Kafedra pedagog-xodimlari tomonidan “Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida agrar sohani moliyalashtirish istiqbollari”, “Kichik tadbirkorlik subyektlarini soliqqa tortish amaliyotini takomillashtirish yo‘llari”,  “Jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minoti”, “Ijtimoiy sohalarni moliyalashtirish” kabi monografiyalar yozilgan.

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar

Yoshlar orasida ijtimoiy-siyosiy hamda mafkuraviy dunyoqarashni yuksaltirish, ma’naviyatimizga, milliy qadriyatlarimiz va an’analarimizga hurmat tuygʻusini shakllantirish, yoshlarning qalbi va ongi, sogʻlom tafakkuri uchun kurashish taqozo etilayotgan bugungi kunda ma’naviy-ma’rifiy ishlarga alohida e’tibor qaratish, ma’naviyatni yoshlar ongiga singdirish kafedra tomonidan olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlarning oʻzagini tashkil etadi. Kafedraning 2016-2017-oʻquv yiliga moʻljallangan ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar rejasi kafedraning 2016-yil 29-avgustdagi 1-sonli majlisida muhokama qilingan hamda institutning ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha prorektor F.Muhamedov tomonidan tasdiqlangan.

Kafedraning pedagog-xodimlari ushbu rejaga asosan rejalashtirilgan yigʻilish va tadbirlarni oʻz vaqtida amalga oshirib kelmoqdalar. Kafedrada 6 nafar pedagog-xodim “Budjet hisobi va davlat jamg‘armalari” fakulteti tarkibidagi quyidagi akademguruhlarda murabbiylik faoliyatini olib bormoqdalar: B.Nurmuhamedova – BPI-90 guruhi; N.Yuldasheva – BPI-91 guruhi; Sh.Hamdamov – BPI-82 guruhi; D.Sholdorov – BPI-51 guruhi; J.Tursunov – BPI-81 guruhi; F.Hamrayeva – DBG‘I-91 guruhi. Har bir ustoz-murabbiy oʻz faoliyatiga mas’uliyat bilan yondoshib, “Ma’naviyat va ma’rifat saboqlari” dars mashg‘ulotlarini ishchi-rejaga asosan bugungi kunning dolzarb muammolariga aloqador masalalarda olib bormoqdalar.

“Pensiya ishi” kafedrasi tomonidan turli mavzularda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilib kelinmoqda. Xususan, oʻquv yili davomida kafedra haftaliklari va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlari doriasid:

2015-yil 18-noyabr kuni “Pensiya ishi” kafedrasi tomonidan kafedra haftaligi tadbirlari doirasida institutning 2-ma’ruzalar zalida “Sog‘lom avlod – kelajak poydevori” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Ushbu tadbirda institutning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori Farhod Muhamedov, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash bo‘yicha prorektor Xo‘jayor Shennayev, Yunusobod tumani Teri-tanosil kasalliklari dispanseri shifokori Rustam Abdusamatov, Toshkent moliya institutining “Ibn-sino” salomatlik maskani rahbari Umida Aglayeva, Toshkent moliya instituti shifokori Mohira Mansurova, “Pensiya ishi” kafedrasi mudiri Bahodir Mamatov, “Budjet hisobi va davlat jamg‘armalari” fakultetining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovini Diloshod Sholdarov hamda “Budjet hisobi va davlat jamg‘armalari” fakultetining pedagog-xodimlari (G.Qosimova, B.Nurmuhamedova, Sh.Hamdamov, D.Xo‘jamqulov, O.Nurbekov, Z.Beknazarov, U.Pardayev, N.Yuldasheva, J.Tursunov, F.Hamrayeva, L.Sobirova, Sh.Shayakubov, S.Yakubova, M.Raimjonova, M.Abidov) va “Pensiya ishi” ta’lim yo‘nalishi talabalari (jami: 92 nafar) ishtirok etdilar.

Tadbirni F.Muhamedov kirish so‘zi bilan ochib, quyidagilarni ta’kidlab o‘tdi: Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab muhtaram Prezidentimiz tashabbusi bilan mamlakatimizda boshqa sohalar kabi sog‘liqni saqlash sohasida ham izchil islohotlar amalga oshirildi. Mamlakatimizda davlatimiz rahbari rahnamoligida aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash va samaradorligini yuksaltirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Sohada amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar natijasida eng chekka hududlardagi tibbiyot muassasalari ham zamonaviy usulda jihozlanib, aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash, ona va bola salomatligini muhofaza qilish, jismoniy va ma’naviy barkamol avlodni voyaga yetkazish borasida muayyan yutuqlar qo‘lga kiritilmoqda.

2015-yil 21-noyabr kuni kafedra haftaligi tadbirlari doirasida institutning 1-sonli Talabalar turar joyida “Bitiruvchilar bandligini ta’minlash – ustuvor vazifamiz” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Ushbu tadbirda institutning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori Farhod Muhamedov, Toshkent viloyati Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish Bosh boshqarmasi “Bandlikka ko‘maklashish va tahlil” bo‘limi boshlig‘i Baxtiyor Ruxitdinov, Toshkent shahar Uchtepa tumani Moliya bo‘limi hisobchisi Otabek To‘rabekov, Toshkent shahar G‘aznachilik boshqarmasi inspektori Sherzod Normurodov, dotsent Z.Abdullayev, faxriy professor G.Qosimova, katta o‘qituvchilar B.Nurmuhammedova, Sh.Hamdamov, N.Yuldasheva, J.Tursunov, F.Hamrayeva, U.Pardayev, Z.Beknazarov, “Budjet hisobi va davlat jamg‘armalari” fakultetining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovini D.Sholdorov, “Baholash ishi va investitsiyalar” kafedrasi dotsenti D.Xo‘jamqulov va 1-sonli Talabalar turar joyida yashovchi talabalar ishtirok etdilar.

Tadbirni prorektor F.Muhamedov kirish so‘zi bilan ochib, aholi bandligini ta’minlash, avvalo, kasb-hunar kollejlari va oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilarini ishga joylashtirish bo‘yicha zarur sharoitlar yaratish, ijtimoiy siyosatimizning eng muhim ustuvor yo‘nalishi bo‘lib qoladi va bu vazifa doimo Hukumatimizning diqqat-e’tiborida bo‘ladi, deb alohida ta’kidlab o‘tdilar.

So‘ng institutning kafedra mudiri B.Mamatov so‘zga chiqib, mavzu doirasida quyidagilarni ta’kidlab o‘tdi. Jumladan, mamlakatimiz mustaqilligining dastlabki yillaridayoq barcha soha va tarmoqlarni izchil rivojlantirish maqsadida, avvalo, mustahkam huquqiy asoslar shakllantirildi. Xususan, aholini ish bilan ta’minlash  borasida ham qonunchilik bazasi yaratildi. Konstitutsiyaning 37-moddasida  har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va qonunda ko‘rsatilgan tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqiga egaligi mustahkamlab qo‘yildi. Bundan tashqari, Mehnat kodeksi, “Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida”gi qonundagi bandlik darajasini huquqiy jihatdan ta’minlovchi normalar fuqarolarimizni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan ishonchli himoyalash omili bo‘lib xizmat qilmoqda. Shu o‘rinda respublikamizda bozor munosabatlariga o‘tish sharoitida inson manfaatlariga yo‘naltirilgan ish bilan bandlik strategiyasiga muvofiq,   hayotga tatbiq etib kelinayotgan  “Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida”gi qonunning ahamiyatini alohida ta’kidlash joiz.

Xullas, barcha iqtisodiy, demokratik, siyosiy islohotlarning pirovard maqsadlarining o‘zi, bu eng avvalo inson uchun munosib turmush va faoliyat sharoitlarini yaratishdir. Shunday ekan, aholining ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, avvalgidek, ijtimoiy siyosatimizning ustuvor yo‘nalishi bo‘lib qolaveradi. 

Mazkur mavzu doirasida Toshkent viloyati Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish Bosh boshqarmasi “Bandlikka ko‘maklashish va tahlil” bo‘limi boshlig‘i B.Ruxitdinov so‘zga chiqib, quyidagilarni ta’kidlab o‘tdi: O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisi Qonunchilik palatasining 2014-yil 22-oktabrdagi 992-II-sonli qarori bilan tasdiqlangan 2015-yilda ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandlini ta’minlash dasturini amalga oshirish borasida Iqtisodiyot vazirligi, Davlat raqobat qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasi, Markaziy bank va boshqa idoralardan hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tuman va shahar hokimliklari bilan birgalikda ish joylarining hisobini va monitoringini yuritish, ishsiz aholini, birinchi navbatda, yoshlarni yangi ish o‘rinlariga ishga joylashtirish borasida chora-tadbirlar amalga oshirildi.

2015-yilda ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturining maqsadli parametrlarini so‘zsiz bajarish yuzasidan muvofiqlashtirilgan ishlarni tashkil etish bo‘yicha doimiy ishlovchi hududiy komissiya tomonidan taqdim qilingan tezkor ma’lumotnomaga ko‘ra, joriy yilning yanvar-sentabr oylarida respublika bo‘yicha hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning maqsadli dasturlariga muvofiq jami 748,7 ming kishining bandligi ta’minlandi.

Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning maqsadli dasturlariga muvofiq 23,5 mingta loyihalarni amalga oshirilishi natijasida 163,6 mingta ish o‘rinlari tashkil etildi.

Bundan tashqari, 2015-yilning 1-yanvaridan boshlab kichik korxonalar va mikrofirmalar, fermer xo‘jaliklari uchun yagona ijtimoiy to‘lov miqdorining 25 foizdan 15 foizga qadar kamaytirilganligi ish beruvchilarga yangi ish o‘rinlarini tashkil etishga va legallashtirishga qo‘shimcha rag‘bat berdi. Buning natijasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, dehqon va fermer xo‘jaliklari, uy mehnatini barcha shakllarini rivojlantirish hisobiga 585,0 ming kishining bandligi ta’minlandi.

Tasdiqlangan dasturning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha ish o‘rinlarining tashkil etilishi quyidagicha bo‘ldi:

Birinchi yo‘nalish – yangi korxonalarni ishga tushirish va ishlab turgan korxonalardagi ish o‘rinlarini ko‘paytirish hamda iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlaridagi korxonalarni texnik va texnologik qayta jihozlash va yangilash hisobiga sanoatda 4,1 mingta loyihada 60,5 mingta ish o‘rinlari yaratilgan;

Ikkinchi yo‘nalish – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2013-2016-yillarda qishloq joylarda xizmat ko‘rsatish va servis sohalarini jadal rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2013-yil 17-apreldagi PQ-1957-son qarori asosida qishloq joylarda aloqa va axborotlashtirish xizmatlari, kompyuter dasturlari yaratish (shu jumladan, elektron ta’lim), maishiy, qishloq xo‘jaligi xizmatlar, shuningdek savdo, umumiy ovqatlanish, texnika va avtomobillarni ta’mirlash hamda ularga xizmat ko‘rsatish va boshqa xizmatlar jadal rivojlanayotgani muhim ahamiyat kasb etmoqda;

Uchinchi yo‘nalish – qishloq xo‘jaligi subyektlarining, ayniqsa, qishloq xo‘jaligi mahsulotini qayta ishlash va tayyor mahsulot ishlab chiqarish, meva-sabzavot mahsulotini saqlashga, issiqxona xo‘jaliklarini tashkil etishga ixtisoslashgan subyektlarning rivojlanishi va kengayishi hisobiga 5,9 mingta loyihada 35,0 mingta ish o‘rinlari yaratilgan;

To‘rtinchi yo‘nalish – ishlamayotgan korxonalarning, shu jumladan, tijorat banklarining balanslariga qabul qilingan 320 ta bankrot korxonalarning ishlab chiqarish faoliyatini tiklash hisobiga 1,9 mingta loyihada 16,5 mingta ish o‘rnini tiklashga yordam berdi;

Beshinchi yo‘nalish – kichik korxonalar va mikrofirmalarni jadal rivojlantirish uchun tijorat banklari tomonidan ajratilgan kreditlar hisobiga 213,5 ming nafar kishining bandligi ta’minlangan;

Oltinchi yo‘nalish – yakka tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish orqali 82,7 ming kishining bandligi ta’minlangan;

Yettinchi yo‘nalish – uy mehnatining barcha shakllarini tashkil etish orqali 176,0 ming kishining bandligi ta’minlandi. Korxonalar bilan pudrat shartnomalari, oilaviy tadbirkorlik, hunarmandchilik va xalq amaliy san’atini targ‘ib etish hamda qo‘llab-quvvatlash natijasida 15,1 minga kishining bandligi ta’minlandi;

Sakkizinchi yo‘nalish – fermer va dehqon xo‘jaliklarida oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlarini ishlab chiqarish orqali 112,8 ming kishining bandligi ta’minlandi.

2016-yil 17-may  kuni, soat 1730 da “Pensiya ishi” kafedrasi tomonidan kafedra haftaligi tadbirlari doirasida institutning 1-sonli Talabalar turar joyida “Tamaki mahsulotlarini chekish va uning salbiy oqibatlari” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Ushbu tadbirda “Pensiya ishi” kafedrasi mudiri B.Mamatov, “Ibn Sino” Salomatlik  maskani raxbari U.Aglaeva, Toshkent shahar “Salomatlik va tibbiy statistika instituti” xodimi Sh.Qurbonov, “Pensiya ishi” kafedrasi dotsenti Z.Abdullayev, faxriy professor G.Qosimova, katta o‘qituvchilar B.Nurmuhammedova, Sh.Hamdamov, N.Yuldasheva, J.Tursunov, F.Hamrayeva, U.Pardayev, Z.Beknazarov, D.Sholdorov va 1-sonli Talabalar turar joyida yashovchi talabalar ishtirok etdilar.

“Pensiya ishi” kafedrasi mudiri B.Mamatov so‘zga chiqib, mavzu doirasida quyidagilarni ta’kidlab o‘tdi. Jumladan, mamlakatimiz mustaqilligining dastlabki yillaridayoq barcha soha va tarmoqlarni izchil rivojlantirish maqsadida, avvalo, mustahkam huquqiy asoslar shakllantirildi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, tibbiy sanitariya-gigiena tadbirlari aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi shakllanishi, zararli odatlar kamayib borishi, inson salomatligini mustahkamlash, umrboqiylik, kasalliklarni kamaytirish va ularning oldini olishga qaratilgan.

 “Ibn Sino” Salomatlik  maskani rahbari U.Aglayeva so‘zga chiqib, hozirgi vaqtda yer yuzi aholisi o‘rtasida ko‘p tarqalgan zararli odatlarning xavflilaridan hisoblangan tamaki chekish inson sog‘ligi, faol hayoti va umriga zavol bo‘layotganligi hech birimizga sir emas. Shunday ekan, bunday zararli odatga qarshi kurashish doimiy e’tiborda bo‘lib, bu borada targ‘ibot ishlari kuchaytirilib, muayyan tadbirlar olib borilmoqda. Shu boisdan, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) tashabbusi bilan 1980-yildan boshlab har yili jahonda Tamaki chekishga qarshi kurash kuni o‘tkazib kelinmoqda.

JSSTning ma’lumotlariga qaraganda:

- yer yuzida bir yilda 5 milliondan ortiq kishi tamaki asoratlaridan ko‘z yummoqda;

- jahon aholisining uchdan bir qismi tamaki chekadi yoki chekuvchilar soni 1 milliard 300 milliondan ortiq;

- tamaki chekish kishi umrini 5-10-15 yilga qisqartiradi;

- agar bu zararli illatning oldini olish chora-tadbirlari ko‘rilmasa, 2020-yilga borib chekuvchilar soni 2 barobar oshadi.

Toshkent shahar “Salomatlik va tibbiy statistika instituti” xodimi Sh.Qurbonov so‘zga chiqib, hozirgi kunda mamlakatda 2 millionga yaqin odam chekadi. Har yili chekish asoratlaridan 30 mingdan ortiq kishi hayotdan ko‘z yummoqda. Afsuski, bugungi kunda yoshlar o‘rtasida tamaki chekishga ruju qo‘yayotganlar soni ko‘payib bormoqda. Shuning uchun ham respublikada tamaki chekishga qarshi kurash bo‘yicha qonun loyihasi ishlab chiqilmoqda.

Bu yil 31-may – Jahon tamaki chekishga qarshi kurash kunini Sog‘liqni saqlash vazirligi, Salomatlik va tibbiy statistika instituti, uning hududiy filiallari, tuman va shahar Salomatlik markazlari joylardagi davolash-profilaktika muassasalari xodimlari bilan birgalikda aholi o‘rtasida tamaki chekishning zararli oqibatlari va uning oldini olish yuzasidan tadbirlar belgilab olishib, teleko‘rsatuv, radiosuhbat, ro‘znomalarda maqolalarni chop etish, sahna ko‘rinishlari hamda uchrashuvlarni o‘tkazish rejalashtirilgan.

Aytib o‘tish joizki, tamaki chekishga qarshi kurashishda keng jamoatchilik, oila, mahalla, maktab, litsey, kollej, oliy o‘quv yurtlari, vazirlik, qo‘mita, jamg‘arma, markaz, idora va tashkilotlar doimiy ravishda ishtirok etishlari lozim. Tamaki va uning tutuni tarkibida kishi tanasiga zararli ta’sir etuvchi 400 dan ortiq turli birikmalar bo‘lib, ulardan eng zaharlisi nikotin, is gazi va shularga o‘xshash ko‘pgina zararli moddalar mavjud. Ular yurak qon-tomir, nafas olish, ovqat hazm qilish, asab, ichki sekretsiya bezlari kabi tizimlar a’zolariga zararli ta’sir qilib, miokard infarkti, xafaqon kasalligi, bronxlar surunkali yallig‘lanishi, o‘pka emfizemasi va raki, oshqozonning surunkali yallig‘lanishi va yarasi hamda raki singari ko‘pgina xavfli kasalliklarga sabab bo‘ladi. Kashandalarda chekmaydiganlarga nisbatan miokard infarkti xavfi 6-8 marta, miyaga qon quyilish xavfi 4-6 marta, oshqozon yarasi kasalligi va raki 12 marta, o‘pka raki 25 marta, o‘pkaning surunkali yallig‘lanishi 10-15 marta, ko‘krak bezi va jinsiy a’zolar kasalliklari ko‘p uchraydi. Bu kasalliklardan o‘lim hollari ham bir necha marta qayd qilinadi.

Chekishning boshlang‘ich davrlaridan boshlaboq organizmda zaharlanish davom etsada, uning alomatlari uzoq vaqtgacha yuzaga chiqmaydi. Oqibatda, vaqt o‘tishi bilan og‘ir zaharlanish alomatlari paydo bo‘ladi. Agar kishi birdaniga ko‘p tamaki cheksa, tezda zaharlanib, hayotdan ko‘z yumishi mumkin.

Homilador ayollarning chekishi bo‘lajak homila (bola) rivojini kechiktiradi, muddatdan oldin tug‘ish, bola o‘lik tug‘ilishiga olib keladi. Tamaki chekilgandan keyin 20 daqiqa o‘tgach, emizuvchi yoki homilador ayol qonida nikotin bola organizmiga sut yoki yo‘ldosh orqali o‘tadi. Tamaki chekish naslga ham salbiy ta’sir qilib, farzandsizlik, bola zaif, nogiron, jismoniy nuqsonlar bilan tug‘ilishiga olib keladi.

Chekish tufayli tishlar sarg‘ayib, sochlar to‘kiladi. Tamaki tarkibidagi zaharli birikmalar ta’sirida tanada modda almashinuvi buzilib, A, V, V6, V12, S kabi vitaminlar etishmovchiligiga sabab bo‘ladi. Xususan, vitaminlar etishmovchiligi chekuvchi o‘smirlarning rivojlanishdan orqada qolishida yaqqol namoyon bo‘ladi. Xulosa qilib aytganda, tamaki tarkibidagi zaharli kimyoviy birikmalar inson tanasining barcha a’zolariga halokatli ta’sir qiladi.

O‘tkazilgan ilmiy-tadqiqotlar natijasida, nikotinning kishini o‘ldiradigan miqdori aniqlandi. U 125 mg. bo‘lib, taxminan 25 dona sigaret tarkibida mavjuddir. Chekish natijasida tamaki tarkibidagi zaharli moddalar yonadi va parchalanadi. Shu moddalarning 50 foizi atrof-muhitga tarqaladi, 25 foizi chekish paytida parchalanadi, 20 foizi chekuvchi kishi organizmiga tushadi, 5 foizi esa sigareta qoldig‘ida qoladi.

Kashandalarda ko‘pgina kasalliklar asta-sekin rivojlanib, og‘ir xastaliklarga olib boradi. Qarabsizki, endi ular o‘zlari pulga sotib olib, orttirgan dardlariga shifo izlab, umrlarining qolgan qismini azob-uqubatda o‘tkazadilar. Afsuski, ayrim chekuvchilar o‘z sog‘liqlari qadriga kech, ya’ni og‘ir dardga chalinganlaridan keyin etadilar. Eng achinarlisi, tadqiqotlardan shu narsa ma’lum bo‘ldiki, ota-onalari chekadigan oilalardagi bolalarning 59 foizi, ota-onalari chekmaydigan oilalardagi bolalarning 33 foizi kashandalikka o‘rganar ekan.

Talabalar va pedagog-xodimlar shifokorlarga inson salomatligiga xavf tug‘diruvchi kasalliklarning kelib chiqishi va uning davolanishiga oid bergan savollariga batafsil javob oldilar.

“Pensiya ishi” kafedrasi qoshidagi “Yosh budjetchi” ilmiy toʻgaragi faoliyati

“Yosh budjetchi” ilmiy toʻgaragining rahbari N.Yuldasheva iqtidorli talabalar bilan ishlagan holda, davlat pensiya ta’minoti tizimining turli mavzulari doirasida ilmiy-tadqiqot ishlari olib bormoqda.

“Yosh budjetchi” ilmiy toʻgaragi iqtidorli talabalar bilan ishlashni tashkil etish borasida quyidagi faoliyatlarni olib boradi:

  • iqtidorli talabalarni aniqlash va tanlash, moyilligiga qarab, ularni maqsadli tayyorlashni tashkil etish;
  • iqtidorli talabalar faoliyatini shakllantirish va rivojlantirish dasturini ishlab chiqish;
  • ta’lim olayotgan iqtidorli talabalarning intellektual salohiyatini davriy ravishda aniqlab borish;
  • iqtidorli talabalarni ilmiy tadqiqot ishlarni mustaqil ravishda bajarishga oʻrgatish;
  • iqtidorli talabalarni oʻquv reja doirasidagi mutaxassislik fanlari boʻyicha oladigan bilimlarini mustaqil ravishda ilmiy tadqiqot ishlarini bajarish negizida chuqur va mukammal egallashlariga shart-sharoitlar yaratish va koʻmaklashish.

Bog`lanish uchun ma'lumotlar:

Manzil: 100000, Amir Temur shoh koʻchasi, 60-a uy, Metroning “Minor” bekati.

Tel: (99871) 235-12-91.

E-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

BOG`LANISH

Toshkent Moliya Instituti

  • Manzil: 100000 Toshkent shahri, A.Temur ko`chasi 60A
  • Telefon: (8 371) 234-53-34
  • Faks: (8 371) 234-11-48
  • Email: admin@tfi.uz
  • Ishonch telefoni: (8 371) 235-77-66
  • Jamoat transporti: 10,17,19,24,38,51,60,67,72,93,115,140
  • Ish tartibi: 09:00 dan 18:00 gacha

Hozir saytda

Hisoblagich

uz certified

Top
We use cookies to improve our website. By continuing to use this website, you are giving consent to cookies being used. More details…