Informatsion-kommunikatsion texnologiyalar kafedrasi

Kafedra tarixi

Kafedra 1991-yili “Iqtisodiy axborotlarni qayta ishlashni avtomatlashtirilgan sistemasi” (IAQIAS) nomi bilan tashkil qilingan bo‘lib, unga t.f.d, professor A.Qobulov rahbarlik qilgan. O‘sha vaqtda kafedrada 7 nafar pedagog-xodim faoliyat ko‘rsatgan.

1997-2003-o‘quv yillarida kafedra “Informatsion texnologiyalar va modellashtirish” deb qayta nomlangan va unga i.f.n, dotsent A.Kenjaboyev kafedra mudiri lavozimiga tayinlangan, bu davrda 30 dan ortiq pedagog-xodimlar faoliyat ko‘rsatgan.

XXI asr - axborot texnologiyalari asri ekanligini inobatga olinib 2006-yili institut ilmiy Kengashining qaroriga asosan kafedra “Informatsion texnologiyalar” deb yuritila boshlandi.

2005-2006-o‘quv yili davomida kafedrada 38 nafardan ortiq pedagog-xodimlar faoliyat ko‘rsatib, bular: 1 nafar akademik, 6 nafar professor, 15 nafar fan nomzodi, 12 nafar katta o‘qituvchi hamda 4 nafar assistentlardir.

2005-2006-o‘quv yilida O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi V.Q.Qobulov, injenerlar akademiyasining akademigi M.I.Irmatov, texnika fanlari doktori, professor, Respublikada xizmat ko‘rsatgan ixtirochi Z.Sh.Afzalov, texnika fanlari doktori, professor R.H.Ayupov, texnika fanlari doktori, professor A.V.Qobulov, iqtisod fanlari doktori, professor A.T.Kenjaboevlar tomonidan “Moliyaviy tashkilot va muassasalarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va tizimlaridan foydalanish samaradorligini oshirish” yo‘nalishi bo‘yicha ilmiy maktab yaratildi.

Buning natijasida 2 ta doktorlik dissertatsiyalari himoya qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iste’dod” fondi grant sovrindorlari sifatida i.f.d., professor A.T.Kenjaboev Rossiya va Germaniya (1999, 2004-yillarda), t.f.d., professor Z.Sh.Afzalov, katta o‘qituvchi M.Tillashayxovalar Xitoy (2004-yil) davlatlarida informatsion texnologiyalar yo‘nalishi bo‘yicha o‘z malakalarini oshirib kelganlar. Hindiston elchixonasining yo‘llanmasi bo‘yicha “Internet texnologiyalar yordamidagi ta’lim” dasturi asosida kafedraning dotsenti i.f.n. E.Ergashev, katta o‘qituvchisi A.Abdullayevlar Dehlidagi nufuzli oliy ta’lim muassasalarida o‘z malakalarini oshirib qaytdilar (2010-yil).

2010-2011-o‘quv yilida kafedra nomi axborotlashgan jamiyat talablaridan kelib chiqqan holda Informatsion-kommunikatsion tnxnologiyalar kafedrasi deb yuritilib, Kredit-iqtisod fakultetiga biriktirildi.

Kafedra huzurida 08.00.06 — “Ecanometrika va statistika” bo‘yicha ilmiy seminar muntazam ishlab turibdi. Seminar faoliyatining 2014-2015-o‘quv yillarida 2 ta doktorlik dissertatsiyasi muhokama qilingan. Iqtidorli talabalar uchun kafedrada “XXI asr – axborot asri” kabi to‘garaklar muntazam ravishda faoliyat ko‘rsatmoqda.

Xalqaro hamkorlik borasida kafedra Germaniyaning Gamburg Informatsion texnologiyalar universiteti, Xitoyning Shanxay universiteti hamda Rossiya Federatsiyasining Rostov-Don shahridagi Janubiy Rossiya iqtisod va servis universitetlari bilan o‘zaro ilmiy aloqada ishlar olib bormoqda. Kafedraning katta o‘qituvchisi A.Abdullayev maqsadli aspirantura faoliyatini aynan Rostov-Donning mazkur universitetida davom ettirmoqda.

Kafedraning asosiy maqsadi:

Milliy iqtisodni modernizatsiya qilish sharoitida axborotlashtirish milliy tizimini shakllantirishni chuqurlashtirish hamda axborotlashgan jamiyatni shakllantirishda munosib o‘rin egallash hisoblanadi.

Kafedraning ilmiy yo‘nalishi

Moliyaviy tizimlarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish samaradorligini belgilab berishdan iborat.

Kafedra o ‘quv-uslubiy ishlari

20161020 10344620161020 103348Kafedrada o‘qitiladigan bakalavriat yo‘nalishidagi fanlarning har biridan Davlat ta’lim standartlariga mos namunaviy va ishchi o‘quv dasturlari ishlab chiqilgan hamda ular bo‘yicha ma’ruza matnlari har o‘quv yili boshiga yangilanib kelinmoqda. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” talablaridan kelib chiqqan holda kafedrada o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha o‘quv qo‘llanma va darsliklar tayyorlashga ham katta e’tibor qaratilib kelinmoqda. 1998-2015-yillari davomida 70 dan ortiq o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar va 5 ta monografiya chop etildi.

Tasdiqlangan o‘quv rejasiga muvofiq kafedra tomonidan quyidagi fanlar o‘qitilmoqda:

20161020 10361520161020 103406Bakalavriatda:

Informatika va axborot texnologiyalari;

Iqtisodiy-matematik usullar va modellar.

 Magistraturada:
Axborot tizimlari.
 
 
Kafedraning innovatsion faoliyati
 20150604 085536IMG 20150228 063053Kafedrada ilmiy-innovatsion faoliyat quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshirilmoqda:

1. Masofaviy o‘qitish tizimi bo‘yicha.

2. Moliya-bank sohasida informatsion-kommunikatsion texnologiyalarni qo‘llash.

3. Sug‘urta tashkilotlarida informatsion-kommunikatsion texnologiyalarni qo‘llash.

4. Pensiya ta’minotida informatsion-kommunikatsion texnologiyalarni qo‘llash.

Ilmiy-tadqiqot ishlari

CAM0021920150604 144837Kafedra pedagog-xodimlari tomonidan bir qancha yo‘nalishlarda ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda:

1. Ro‘ziyev A. Sug‘urta tashkilotlarida informatsion-kommunikatsion texnologiyalarni qo‘llash.

2. Tillashayxova M. Masofaviy o‘qitish tizimini takomillashtirish.

3. Raximov N. Pensiya ta’minotida informatsion-kommunikatsion texnologiyalarni qo‘llash samaradorligini oshirish.
Kafedra shiori:

KOMPUTER TARMOQLARIDAN ELEKTRON TIJORAT SARI

Bog‘lanish uchun ma’lumotlar:

Telefon: (99871) 235-46-34

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

 

 

 

 

BOG`LANISH

Toshkent Moliya Instituti

  • Manzil: 100000 Toshkent shahri, A.Temur ko`chasi 60A
  • Telefon: (8 371) 234-53-34
  • Faks: (8 371) 234-11-48
  • Email: admin@tfi.uz
  • Ishonch telefoni: (8 371) 235-77-66
  • Jamoat transporti: 10,17,19,24,38,51,60,67,72,93,115,140
  • Ish tartibi: 09:00 dan 18:00 gacha

Hozir saytda

Hisoblagich

uz certified

Top
We use cookies to improve our website. By continuing to use this website, you are giving consent to cookies being used. More details…