Welcome to Official web site of Tashkent institute of finance   Click to listen highlighted text! Welcome to Official web site of Tashkent institute of finance Powered By GSpeech

Iqtisodiyot nazariyasi

1

Asatullayev Xurshid Sunnatullayevich

Iqtisod fanlari nomzodi, dotsent

Kafedra tarixi

2“Iqtisodiyot nazariyasi” kafedrasi 1991-yil Toshkent moliya instituti tashkil etilgandan keyin o‘z faoliyatini boshlagan. “Umumiqtisodiy nazariya va iqtisodiy pedagogika” kafedrasi nomi bilan 2009-yilda O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ruxsati va Institut Kengashining qaroriga muvofiq kafedra ikki mustaqil kafedraga, ya’ni “Iqtisodiyot nazariyasi” va “Iqtisodiy pedagogika va psixologiya” kafedrasiga ajratildi.

3

Kafedra Toshkent moliya instituti tarkibida faoliyat yuritayotgan kafedralarning reytingida faxrli 3-o‘rinni egallashga sazovor bo‘lgan.Bugungi kunda kafedrada i.f.d., professorlardan–T.T.Jo‘rayev, A.Vahobov, E.Akromov, Z.Toshmatov, D.Rasulova, i.f.n., dotsentlardan–B.Rustamov, H.Hakimov, X.Asatullayev, L.Ulichkina, D.Bababekova, D.Djumanov, H.Axmedov, U.Zaynutdinova, katta o‘qituvchilardan–S.Abdulxalilova, Z.Allaberganov, M.Nuralieva, N.Xasanxonova, Sh.Shodmonov, G.Xolikulova, D.Shadieva, assistentlardan–R.Qalandarov, O.Namozov, B.Tursunov, B.Ro‘zievlar iqtisodchi bakalavr va magistrlarni tayyorlashda faol ishtirok etib kelmoqdalar. Kafedra tashkil topgandan beri kafedraga atoqli iqtisodchi olimlar prof. T.Djumaqulov, prof. T.Djurayev, i.f.n. D.Djumanovlar rahbarlik qilishgan. Bugungi kunda kafedraga i.f.n., dots. X.S.Asatullayev rahbarlik qilib kelmoqda.

O‘quv-uslubiy ishlar

56Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan bakalavriaturaning barcha ta’lim yo‘nalishlari uchun “Iqtisodiyot nazariyasi”, “Iqtisodiy ta’limotlar tarixi”, 5A230102-Iqtisodiyot magistratura mutaxassisligi uchun “Real sektorni davlat tomonidan tartibga solish”, “Ijtimoiy sohada biznes”, “Ijtimoiy sohani indikativ rejalashtirish”, “Iqtisodiy – ijtimoiy jarayonlarni modellashtirish va prognozlash”, “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi”, “Korxona iqtisodiyoti va innovatsiya”, “Mikroiqtisodiyot-2”, “Ijtimoiy sohada indikativ rejalashtirish”, “O’zbekistonning ijtimoiy iqtisodiy rivojlanish strategiyasi” va “Ijtimoiy soha iqtisodiyoti” fanlari o‘qitiladi. Kafedradan o‘qitiladigan barcha fanlardan o‘quv-uslubiy ta’minot to‘liq amalga oshirilgan. Oxirgi 5 yilda kafedrada 6 ta o‘quv qo‘llanma, 20 tadan ortiq o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar yaratilgan. O‘quv adabiyoti yaratishda professorlar – T.Jo‘rayev, D.Rasulova dotsentlardan – X.Asatullayev, D.Djumonov, D.Bababekova va L.Ulichkina va kafedraning boshqa o‘qituvchilari faol ishtirok etib kelishmoqda. Hozirgi o‘quv jarayoniga pedagogik texnologiyalarning samarali usullarini amaliyotga qo‘llash bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Kafedrada o‘qitiladigan barcha fanlardan o‘quv-uslubiy komplekslar, ta’lim texnologiyalari, taqdimotlar va video ma’ruzalar yaratilgan.

78

Kafedra professor o‘qituvchilari T.Jo‘rayev tomonidan yaratilgan darslik “Yilning eng yaxshi darsligi va o‘quv adabiyoti muallifi” Respublika tanlovining g‘olibi bo‘lishdi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi hamda “Iste‘dod” jamg‘armasining II darajali diplomi bilan taqdirlanishdi.

Bakalavriat:

Iqtisodiy nazariya;

Iqtisodiy ta’limotlar tarixi.

Magistratura:

Korxona iqtisodiyoti va innovatsiya;

Mikroiqtisodiyot-2;

Real sektorda sifatni boshqarish;

Ilmiy tadqiqot metodologiyasi;

Ijtimoiy sohada biznes;

Ijtimoiy sohani indikativ rejalashtirish;

Ozbekistonning ijtimoiy iqtisodiy rivojlanish strategiyasi;

Ijtimoiy iqtisodiy jarayonlarni modellashtirish va prognozlash;

Ijtimoiy soha iqtisodiyoti.

Kafedraning inovatsion faoliyati

9Magistraturaning “Iqtisodiyot” mutaxassisligida ta‘lim olayotgan magistrlar amaliyotlarini Toshkent Bank kollejida, Toshkent Hisob kredit kollejida, Yashnabot Axborot texnologiyalar kollejida o‘tkazmoqdalar. Bundan tashqari Chilonzor kommunal xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kolleji, Yashnabot kompyuter kasb-hunar kollejlari bilan hamkorlik aloqalarini o ‘rnatgan. 

11

Kafedra 2017-yil 5-may kunlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan o‘tkazilgan “Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar VIII - respublika yarmarkasida” faxriy yorliq bilan taqdirlandi. Mazkur yarmarkada 8 million so‘mdan ortiq innovatsion shartnomalar imzolandi.

Kafedra 2015-2017 yil yakunlari bo‘yicha kafedralar reytingida 3-o‘rinni egallaganligi uchun III darajali diplom bilan taqdirlandi.

Ilmiy tadqiqot ishlari

12Kafedra Ilmiy ishlar natijalari petent, monografiya, ilmiy maqola va ma’ruza tezislari ko‘rinishida chop etilgan. Masalan, oxirgi 3 yilda 4 ta patent, 6 ta monografiya, 4 ta o‘quv qo‘llanma, 5 o‘quv-uslubiy qo‘llanma, respublika ilmiy jurnal va to‘plamlarida 85 ta, xorijiy jurnallarda 28 ta maqola nashr etilgan. Ilmiy-tadqiqot ishlar natijasi bo‘yicha kafedrada quyidagi 4 ta doktorlik dissertatsiyasi tayyorlanmoqda. 13Bundan tashqari kafedra professor-o‘qituvchilari F-1 ilmiy grantini yutib yana 3 ta grant loyihasini tayyorlab topshirish ustida ish olib borishmoqa.

Iqtisodiyot nazariyasi” kafedrasida qoshida ilmiy seminar tashkil etilgan bo‘lib, unga i.f.d., professor T.Jo‘rayev rahbarlik qilib kelmoqda. Kafedra ilmiy seminarida pedagog xodimlar tomonidan amalga oshirilayotgan dolzarb mavzulardagi ilmiy tadqiqotlar, o‘quv uslubiy qo‘llanmalar, fan ma’ruza matnlari, monografiyalar muhokama qilinadir. Shuningdek, kafedraning katta ilmiy xodim izlanuvchi va mustaqil tadqiqotchilari tomonidan ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishda va yangi zamonaviy o‘quv adabiyotlarini yaratishda zamonaviy va xorijiy adabiyotlar-dan innovatsion foydalanishga erishlmoqda.

14Kafedrada ilmiy-tadqiqot ishlari quyidagi yo‘nalishlarda olib boriladi:

  • Milliy iqtisodiyotni innovatsion rivojlanishini moliyaviy ta’minlashning nazariy uslubiy asoslarini takomillashtirish (D.Shadiyeva)
  • O‘zbekistonda sug‘urta faoliyatini modernizatsiya qilishning samarali yo‘nalishlarini shakllantirish (G.Xalikulova).
  • Tejamkorlik tamoyillari va uni ro‘yobga chiqarishning tashkiliy-iqtisodiy asoslarini takomillishtirish (Z.Allaberganov).
  • Bozor munosabatlari takomillashuvi sharoitida ish haqini takomillashtirishning nazariy-uslubiy asoslari (O.Mamadiyorov).

Ilmiy tadqiqot ishlari

Ma‘naviyat saboqlari darslari reja asosida o‘tiladi. Institut ma‘naviyat bo‘limi tomonidan rejalashtirilgan “Kafedra haftalik”lari muntazam talabalar turar joyida respublikamiz milliy iqtisodiyotida ro‘y berayotgan tarkibiy o‘zgarishlar, turli iqtisodiy yangiliklar kafedraning yetakchi professor-o‘qituvchilari ishtrokida o‘tkazib kelinmoqda.

16OzR IIV Akademiyasining “Ijtimoiy gumanitar” kafedralari ilmiy metodik Kengash raisi polkovnik Sharif Rahimovich Qobilov 9 dekabr Xalqaro korruptsiyaga qarshi kurash kuni munosabati bilan Toshkent moliya institutida “Ta’lim muassasalarida korruptsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asoslari!” mavzusida oz qarashlarini bayon eetilar. O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarda yoshlar huquqiy savodxonligini oshirish, huquqbuzarlikni oldini olishda turli noqonuniy xarakatlar, jumladan korruptsiya va unga xos illatga qarshi kurashish alohida e’tibor masalasi bo‘lib kelmoqda.

Kafedra pedagog – xodimlari tomonidan ekskursiya korinishidagi “Qishloq xojaligi uskunalari va oziq – ovqat sanoat texnologiyalari” ochiq muloqot tashkil etilmoqda. Mavzu yuzasidan “Ozekspomarkaz”da qishloq xojaligi va oziq-ovqat sanoatiga ixtisoslashtirilgan “UzAgroExpo – 2017” hamda “UzProdExpo – 2017” XIII xalqaro korgazmalariga tashrif buyurilib talabalar iqtisodiy savodxonligi mustahkamlanmoqda.

Iqtidorli talabalar bilan ishlash

Kafedrada iqtidorli talabalar bilan ishlash reja asosida tashkil qilingan. Moliyaviy menejment fakltetida katta o‘qituvchi Z.Allaberganov “Yosh menejer” nomli iqtidorli talabalar to‘garagini tashkil qilgan.

15Ushbu to‘garak doirasida talabalar ilmiy ma’ruzalar, ilmiy maqolalar tayyorlaydilar hamda institut miqyosida tashkil qilinadigan an’anaviy anjumanda ma’ruza bilan chiqadilar.

Bunday to‘garak Hisob va audit fakultetida katta o‘qituvchi O.Mamadiyorov tomonidan “Hisobchi” to‘garagi tashkil qilingan. Ushbu to‘garak doirasida talabalar ilmiy ma’ruzalar tayyorlaydilar va fan doirasida o‘z bilimlarini takomillashtiradilar, kafedra tomonidan har yili o‘tkaziladigan konferensiyaga va “Iqtisodiyot nazariyasi” fanidan olimpiadaga tayyorlanadilar.

Quvonarlisi shundaki “Kredit-iqtisod” fakulteti talabasi Xolmurodov Sunnatillo 2012-yilda “Iqtisodiyot nazariyasi” fanidan o‘tkazilgan fan olimpiadasida faxrli 3-o‘rinni, 2013-yilda esa eng yuqori 1-o‘rinni egallagan.

Bog‘lanish uchun ma’lumotlar:

Manzil: 100000, A.Temur shoh ko‘chasi 60a uy. Metroning “Minor” bekati.

Tel: (99871) 2351772

E-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

BOG`LANISH

Toshkent Moliya Instituti

  • Manzil: 100000 Toshkent shahri, A.Temur ko`chasi 60A
  • Telefon: (8 371) 234-53-34
  • Faks: (8 371) 234-11-48
  • Email: admin@tfi.uz
  • Ishonch telefoni: (8 371) 235-77-66
  • Jamoat transporti: 10,17,19,24,38,51,60,67,72,93,115,140
  • Ish tartibi: 09:00 dan 18:00 gacha

Hozir saytda

Hisoblagich

uz certified

Top
Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech
We use cookies to improve our website. By continuing to use this website, you are giving consent to cookies being used. More details…