Baholash ishi va investitsiyalar

Zoyirov Laziz Subxonovich

Iqtisod fanlari nomzodi, dotsent

Qabul kunlari:

Kafedra tarixi

“Baholash ishi va investitsiyalar” kafedrasi Toshkent moliya institutining mutaxassislar tayyorlovchi yetakchi va shu bilan birgalikda yosh kafedralaridan biri hisoblanadi. Kafedra “Investitsiya va qimmatli qogʻozlar” kafedrasi negizida shakllanib, dastlab, u 1998 — yilning 2 — sentyabridan “Investitsion loyihalarni moliyalashtirish” kafedrasi sifatida tashkil etilgan. Kafedraning tashkil etilishiga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida 1998 — yilning fevral oyida “Bank-moliya tizimini isloh qilish” mavzusida boʻlib oʻtgan majlisi asos boʻlib, unda Prezident I.A.Karimov tomonidan iqtisodiyotga chet el investitsiyalarini jalb qilish borasida xalqaro moliyaviy institutlarning kredit liniyalaridan yetarli darajada foydalanilmayotganligi tanqid qilinib, xalqaro moliyaviy institutlarning kredit liniyalari bilan ishlash borasida loyihalarni moliyalashtirish yoʻnalishi boʻyicha mutaxassislar yetishmasligi muammosi alohida koʻtarilgan edi. Ushbu yig’ilishda mazkur muammoni hal qilish yuzasidan respublikamiz Prezidenti I.A.Karimov tashabbusi asosida Toshkent moliya institutida “Loyihalarni moliyalashtirish” yoʻnalishi boʻyicha mutaxassislar tayyorlashni yoʻlga qoʻyish vazifasi yuklatildi. Mazkur vazifani bajarish maqsadida 1998-1999 oʻquv yilida Toshkent moliya institutida “Loyihalarni moliyalashtirish” yoʻnalishi boʻyicha mutaxassislar tayyorlash yuzasidan “Investitsion loyihalarini moliyalashtirish” kafedrasi tashkil etildi. Mazkur kafedra mustaqillik yillarida Oʻzbekistonda “Loyihalarni moliyalashtirish” yoʻnalishi boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydigan ilk kafedralardan biriga aylandi.

Oʻtgan yillar davomida kafedraga rahbarlik qilgan va uning faoliyatini boshqarish va rivojlantirishga munosib hissa qoʻshgan shaxslar:

1. Dastlab,1998-1999 yillarda — professor Gʻozibekov D.

2. 1999-2000 yillarda — dots. Karimov N.

3. 2000-2002 yillarda — kat. oʻq. Sultanov M.

4. 2002-2003 yillarda — dots. Joʻraev A.

5. 2003-2006 yillarda — dots. Gʻanixoʻjaev B.

6. 2006-2015 yillarda — i.f.n., dots. Nosirov E.

7. 2015 — yil 4 — iyundan boshlab — i.f.n., dots v.b. Zoyirov Laziz Subxonovich rahbarlik qilib kelmoqda.

Toshkent moliya instituti Kengashining (2014 yil 5 noyabrdagi 2-sonli) navbatdan tashqari yigʻilishining “Institut tashkiliy tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritish toʻg’risida”gi bayonnomasi va institut rektorining shu mazmundagi 2014 yil 7 noyabrdagi 381-sonli buyrugʻiga binoan “Loyihalarni moliyalashtirish” va “Moliya bozori va qimmatli qogʻozlar” kafedralaridagi tarkibiy va tuzilmaviy oʻzgarishlarga asosan “Baholash ishi va investitsiyalar” kafedrasi tashkil etildi.

Hozirgi kunda kafedrada 29 nafar professor-oʻqituvchi, jumladan, 3 nafar fan doktori, professor va 7 nafar fan nomzodi, dotsent, 12 nafar katta oʻqituvchi va 7 nafar assistent asosiy shtat boʻyicha va oʻrindoshlik asosida faoliyat yuritib kelmoqda.

Kafedraning asosiy maqsadi:

Kafedraning asosiy maqsadi “Ta’lim toʻg‘risida”gi Qonun va Kadrlar tayyorlash Milliy dasturining ustuvor vazifalarini ta’minlash doirasida investitsiyalarni tashkil etish, ularni moliyalashtirish uchun zamon talablablariga javob beruvchi va jahon andozalariga mos yetuk mutaxassis kadrlarni tayyorlashdan iborat.

Kafedraning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
  • Oliy ta’limning davlat ta’lim standartlariga muvofiq tuzilgan oʻquv rejalarda belgilangan ma’ruzalar, amaliy va boshqa turdagi mashg‘ulotlarni yuksak nazariy, ilmiy, uslubiy va kasbiy darajada oʻtkazish;
  • talabalarning bitiruv malakaviy ishlari va magistrlik dissertatsiyalariga, bitiruvoldi malakaviy amaliyotlariga va mustaqil ishlariga rahbarlik qilish;
  • talabalar bilimini reyting tizimi asosida adolatli baholash;
  • talabalarning nazariy bilim va koʻnikmalarini amaliyot bilan bog‘lash uchun shart-sharoit yaratish;
  • kafedra fanlari boʻyicha oʻquv dasturlarini ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqqa taqdim etish, shuningdek, turdosh kafedralar tomonidan tayyorlangan oʻquv dasturlarini muhokama qilish;
  • darslik, oʻquv, uslubiy va koʻrgazmali qoʻllanmalarni tayyorlash va nashr etiladigan boshqa darslik, oʻquv qoʻllanma va oʻquv-uslubiy adabiyotlarni muhokama qilib borish;
  • nodavlat ta’lim muassasalari buyurtmalari boʻyicha zaruriy oʻquv-uslubiy adabiyotlarni tayyorlashda ishtirok etish;
  • iqtidorli talabalar bilan ishlash, ularni fan olimpiadalariga, turli tanlovlarga tayyorlash, ilmiy izlanishlar olib borishi va mustaqil ta’lim olishining shakl va uslublarini takomillashtirish;
  • kafedra professor-oʻqituvchilariga ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish uchun shart-sharoit yaratish;
  • tugallangan ilmiy-tadqiqot ishlarini muhokama etish va keyingi bosqichlarga tavsiya etish;
  • ta’lim, fan va ishlab chiqarishning integratsiyalashuvini ta’minlash;
  • kafedra professor-oʻqituvchilarining oʻquv, oʻquv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy va tashkiliy ishlar boʻyicha shaxsiy rejalarini koʻrib chiqish va tasdiqlash;
  • tajribali professor-oʻqituvchilarning ish tajribalarini oʻrganish, umumlashtirish va tarqatish, yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini oʻzlashtirish va ularni dars jarayoniga tatbiq etish;
  • kafedra professor-oʻqituvchilarining xorijiy tillarni, asosan ingliz tilini oʻrganishi uchun shart-sharoit yaratish, ingliz tilida ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarni oʻtishni tashkil etish;
  • institut, mamlakat va xalqaro miqyosdagi ilmiy-amaliy anjumanlarda ilmiy ishlar bilan ishtirok etish, shu bilan birga, zamonaviy va dolzarb ilmiy yoʻnalishlardagi tadbirlarni tashkil etish.
Oʻquv-uslubiy ishlar

Tasdiqlangan oʻquv rejasiga muvofiq “Baholash ishi va investitsiyalar” kafedrasi tomonidan quyidagi fanlar oʻqitilmoqda:

Bakalavriat:

  • Mulk, qiymat va narxning nazariy asoslari;
  • Mulkchilik tizimi va xususiylashtirish asoslari;
  • Mulkni klasterlash bahosi va narxi;
  • Koʻchmas mulkni baholash;
  • Baholash faoliyatini tartiblashtirish
  • Baholash ishi;
  • Investitsiyalarni tashkil etish va moliyalashtirish;
  • Xorijiy investitsiyalar;
  • Harakatdagi mulkni baholash;
  • Investitsiyalar portfelini boshqarish.

Magistratura:

  • Investitsiya siyosati;
  • Rieltorlik faoliyati;
  • Biznes qiymatini baholash;
  • Qimmatli qogʻozlarni baholash;
  • Loyihaviy moliyalashtirish;
  • Koʻchar mulk qiymatini baholash;
  • Koʻchmas mulk qiymatini baholash;
  • Investitsiya loyihalarini boshqarish ;
  • Investitsiya loyihalari ekspertizasi.

Kafedraning innovatsion faoliyati

Kafedrada nazariy bilimlar bilan bir qatorda talabalarning amaliy bilimlarni egallashlari uchun keng sharoitlar yaratib berilgan. Bakalavriatning “Baholash ishi” yoʻnalishida tahsil olayotgan talabalar amaliyotni koʻchmas mulk birjasida, baholash kompaniyalarida, banklarda oʻtab kelmoqdalar. Shuningdek, magistraturaning “Investitsiyalarni boshqarish” mutaxassisligida ta’lim olayotgan magistrantlar oʻz amaliyotlarini Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirligida, Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot vazirligida, tijorat banklarida va turli xoʻjalik yurituvchi subyektlarda oʻtab, nazariy bilimlarini amaliy bilimlar bilan mustahkamlab kelmoqdalar.

Ilmiy-tadqiqot ishlari

Katta ilmiy xodim va mustaqil tadqiqotchilarning ilmiy ishlari mavzulari institut kengashi tomonidan tasdiqlangan. Hozirgi kunda har bir kafedra a’zosi oʻziga biriktirilgan mavzu asosida ilmiy rahbarlari bilan kelishilgan holda tuzilgan ish rejalariga muvofiq ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar. Ilmiy — tadqiqot ishlari va erishilgan natijalar kafedra yigʻilishlarida muntazam muhokama qilib boriladi.

Bog'lanish uchun ma'lumotlar:

Manzil: 100000, Amir Temur shoh koʻchasi, 60-A uy. Metroning “Minor” bekati.

Telefon: (99871) 234-01-98

E-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

BOG`LANISH

Toshkent Moliya Instituti

  • Manzil: 100000 Toshkent shahri, A.Temur ko`chasi 60A
  • Telefon: (8 371) 234-53-34
  • Faks: (8 371) 234-11-48
  • Email: admin@tfi.uz
  • Ishonch telefoni: (8 371) 235-77-66
  • Jamoat transporti: 10,17,19,24,38,51,60,67,72,93,115,140
  • Ish tartibi: 09:00 dan 18:00 gacha

Hozir saytda

Hisoblagich

uz certified

Top
We use cookies to improve our website. By continuing to use this website, you are giving consent to cookies being used. More details…