Menejment va marketing

Kafedra tarixi

“Menejment va marketing" kafedrasi 1991-yilda akademik Murod Sharifxo‘jaev tashabbusi asosida “Menejment" kafedrasi nomi bilan tashkil etilgan. Dastlabki kunlardan boshlab kafedra pedagog-xodimlari "Menejment va marketing asoslari", “Menejment nazariyasi”, "Marketing", “Mehnat iqtisodiyoti. Inson taraqqiyoti”, “Strategik boshqarish”, “Strategik menejment”, “Innovatsion menejment”, “Iste’molchi xulq atvori”, “Sifat menejmenti” kabi 20 dan ortiq fanlardan institut bakalavr ta’lim yo ‘nalishi va magistratura mutaxassisligidagi talabalarga ta’lim berib kelmoqdalar. Kafedra yildan-yilga o‘z faoliyatini kengaytirib bormoqda. 2002-yilda “Kadrlar tayyorlash milliy dastur”iga suyangan holda kafedra bazasida 5340200 – “Menejment" (sohalar va tarmoqlar bo ‘yicha) ta’lim yo‘nalishi ochildi. Hozirda kafedra bazasida 5230200 - “Menejment” (tarmoqlar va sohalar) bo‘yicha mutaxassis-kadrlar tayyorlanyapti. Kafedra o‘z faoliyati davomida respublikamizning boshqaruv tizimiga va korxonalar faoliyatiga yetuk mutaxassislarni, shuningdek, o ‘z sohasini mukammal o‘zlashtirgan pedagog-olim va faol iqtisodchilarni tayyorlab kelmoqda. Respublikamizda «Menejment va marketing» sohasini rivojlantirishda faol xizmat ko‘rsatib o‘z ulushini qo‘shgan va qo‘shib kelayotgan pedagog-xodimlar i.f.d., prof.E.Nabiyev, i.f.d., prof.,F.Nazarova, i.f.n., dots.T.Ermatov, i.f.n., dots.G.Xamdamova, i.f.n., dots.M.Abdukarimova, i.f.n. O.Sayidahmedov, k.o ‘q. N.Raxmatullayeva, k.o ‘q,F.Bozorova, k.o ‘q.Z.Musayeva, o ‘q.S.G‘oyipnazarov, o‘q. S.Mamurov, o‘q. M.Vohidova, o‘q. G.Boltaboyeva, o‘q. Z.Safarova , F.Ilhomjonovalar shu kafedraning faxrli a’zolaridir. 2014-2015-o‘quv yilida 5A230201 – “Menejment” (Xizmatlar sohasi) bo‘yicha magistratura ta’lim yo‘nalishi ochildi. Bu yo‘nalishda quyidagi fanlar o‘qitilmoqda:

  1. Strategik boshqarish;
  2. Tizimli menejment nazariyasi;
  3. Rivojlangan mamlakatlar bozor tajribasi.

Hozirgi kunda kafedrada 2 nafar professor, 5 nafar fan nomzodi va dotsentlar, shuningdek, 3 nafar katta o‘qituvchi va assistentlar faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Bugungi kunda i.f.n., dots. X.S.Asatullayev kafedra mudiri vazifasini bajarib kelmoqda.

Kafedraning professor-o ‘qituvchilari tomonidan Davlat ta’lim standartlari talabiga asosan, bakalavriat bo ‘yicha 2 ta fandan o ‘quv dasturi va 19 ta fandan ishchi o ‘quv dasturlari tayyorlandi. Jumladan: "Menejment va marketing asoslari", “Menejment nazariyasi”, "Marketing", “Mehnat iqtisodiyoti. Inson taraqqiyoti”, “Birja va yarmarka faoliyatini boshqarish”, “Strategik marketing”, “Strategik menejment”, “Innovatsion menejment”, “Iste ‘molchi xulq atvori”, “Sifat menejmenti”, “Xalqaro menejment”.
Modul tizimi asosida barcha fanlardan elektron o ‘quv-uslubiy majmualar yaratilgan va institutning VEB-saytiga kiritilgan. Shuningdek, “Menejment va marketing asoslari” fanidan rus va ingliz tillarida o ‘quv-uslubiy majmua yaratilgan.

O‘quv-uslubiy ishlar 

65Kafedraning pedagog-xodimlari tomonidan Davlat ta’lim standartlari talabiga asosan, bakalavriat bo ‘yicha 15 ta fandan o‘quv dasturi va ishchi o‘quv dasturlari tayyorlandi. Jumladan: "Menejment. Мarketing", “Menejment”, "Marketing", “Mehnat iqtisodiyoti”, “Strategik menejment”, “Innovatsion menejment”, “Sifat menejmenti”, “Xalqaro menejment”.
Modul tizimi asosida barcha fanlardan elektron o‘quv-uslubiy majmualar yaratilgan va institutning VEB-saytiga kiritilgan. Shuningdek, “Menejment. Marketing” fanidan rus va ingliz tillarida o ‘quv-uslubiy majmua yaratilgan.

Kafedra pedagog-xodimlari muntazam ravishda malaka oshirmoqdalar. TDIU qoshidagi malaka oshirsh 42markazlarida 2 nafar o‘qituvchi o‘z malakalarini oshirdilar. Kafedradagi turli ishlarda barcha pedagog-xodimlar faol ishtirok etdilar. Kafedra pedagog-xodimlaridan E.Nabiev, G.Xamdamova, X.Asatullaev, N.Raxmatullaeva, S.G‘oyipnazarovlar xalqaro va Respublika ilmiy anjuman to‘plamlarida, jurnallarda o‘zlarining ilmiy maqolalari, tezislari bilan 2016-2017-o‘quv yili davomida muntazam faol qatnashib kelmoqdalar.

Kafedraning innovatsion faoliyati

2009-yildan boshlab innovatsion g‘oyalarni amaliyotga joriy etish maqsadida kafedra tomonidan korxonalar bilan 40 dan ortiq shartnomalar tuzilgan. Jumladan, OATB “Turon bank” hamkorligida kafedra qoshida maxsus o‘quv xonasi jihozlanib, ushbu markazda “Yosh menejer” hamda “Yosh marketolog” to‘garagi faoliyat yuritmoqda. Kollejlar bilan hamkorlik shartnomalari tuzilib, joylarda kafedra filiallari tashkil etilgan. Shuningdek, “O‘zqishloqxo‘jalikmashlizing” kompaniyasi bilan ham hamkorlik ishlari yo‘lga qo‘yilgan. Bitiruvchi talabalarning “O‘zqishloqxo‘jalikmashlizing” kompaniyasi misolidagi bitiruv malakaviy ishlari himoyasi kompaniyaning o‘zida 2015-2016-o‘quv yilidan boshlab tashkil etilgan va faol ishtirok etgan iqtidorli talabalar estalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Dotsent X.Asatullayev tomonidan “Marketing”, “Menejment” fanlaridan elektron darslik yaratganligi uchun 2016-yilda 4 ta patent yutib olindi.

Ilmiy-tadqiqot ishlari

Kafedraning ilmiy-tadqiqot yo‘nalishi “Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida iqtisodiyot tarmoqlariga samarali menejment va marketingni joriy etish bo‘yicha ilmiy-amaliy ishlanmalarni yaratish” bo‘lib, kafedraning ilmiy-tadqiqot ishlariga pedagog-xodimlar, doktorant va tadqiqotchilar jalb etilgan. Hozirgi kunda har bir kafedra a’zosi o ‘ziga biriktirilgan mavzu asosida ilmiy rahbarlari bilan kelishilgan holda tuzilgan kalendar ish-rejalariga muvofiq ilmiy tadqiqotlarini olib bormoqdalar. Shuningdek, kafedramiz pedagog-xodimlari tomonidan yaratilgan “Xalqaro menejment”, “Menejment. Marketing”, “Marketing” singari o ‘quv qo‘llanmalar 2016-yilda nashr etildi.

Kafedrada hozirgi vaqtda A-2-22 – “Mahallalarda tadbirkorlikka ko‘maklashuvchi maslahat markazlarini tashkil etish va ular faoliyati rivojlantirishga oid uslubiy tavsiyalar ishlab chiqish” va YoA-2-10 – “Agrar sohani boshqarishning iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish” nomli amaliy grantlar mavjud.

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar

912Kafedrada ma’naviyat-ma’rifat ishlari bo‘yicha belgilangan rejaga muvofiq amalga oshirilmoqda. Jumladan, institut ma’ruzalar zali, ARM zalida, talabalar turar joyida kafedra haftaliklari o‘tkazildi.          

2016-2017-o‘quv yilida yoshlarning zamonaviy texnika va texnologiyalarga bo‘lgan qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlash, ularda ijodiy tafakkur va yaratuvchanlik qobiliyatini rivojlan-tirish maqsadida guruh rahbarlari “Moliyaviy menejment” fakulteti talabalarini 118“O‘zekspo-markaz”da №2, №3, №4, №5, №6 pavilonlarida bo‘lib o‘tgan barcha ko‘rgazmalarga tashrif uyurdilar.

2016-yil 8-yanvar kuni Toshkent moliya instituti “Menejment va marketing” kafedrasi mudiri X.Asatullayev boshchiligida kafedra pedagog-xodimlari: dotsent G.Xamdamova, katta o`qituvchi N.Raxmatullayeva, katta o`qituvchi F.Bozorova, o`qituvchi S.G`oipnazarov, o`qituvchi S.Ma’murovlar tashabbusi bilan yangi yil arafasida Minor mahallasi, 2-tupik 15-uyda istiqomat qiluvchi, bugungi kunda 2-guruh nogironlik nafaqasida bo`lgan, ijtimoiy muhofazaga muhtoj Nuriddinov Karim Qurbonovichning holidan xabar olish uchun uyiga tashrif buyurdilar. Shuningdek, o`qituvchilar xayriya tadbirlarini amalga oshirdilar.

O‘z navbatida tadbirda qatnashgan korxona va tashkilotlar ham bitiruvchilar bilan bevosita suhbat o‘tkazish, o‘zlariga zarur bo‘lgan kadrlarni ishga tanlab olish, o‘zaro manfaatli shartnomalar va kelishuvlar rasmiylashtirish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

Shuningdek, tadbir davomida iqtidorli talabalarni qo‘llab-quvvatlash ishlarida faol ishtirok etgan hamda institut moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga hissa qo‘shgan qator banklarga tashakkurnomalar e’lon qilindi.

Bog’lanish uchun ma’lumotlar:

Manzil: 100000, Kichik xalqa yo’li ko’chasi 7 uy.

Tel: (99871) 234-04-88

E-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

BOG`LANISH

Toshkent Moliya Instituti

  • Manzil: 100000 Toshkent shahri, A.Temur ko`chasi 60A
  • Telefon: (8 371) 234-53-34
  • Faks: (8 371) 234-11-48
  • Email: admin@tfi.uz
  • Ishonch telefoni: (8 371) 235-77-66
  • Jamoat transporti: 10,17,19,24,38,51,60,67,72,93,115,140
  • Ish tartibi: 09:00 dan 18:00 gacha

Hozir saytda

Hisoblagich

uz certified

Top
We use cookies to improve our website. By continuing to use this website, you are giving consent to cookies being used. More details…