Mintaqaviy iqtisodiyot

Kafedra tarixi

4“Mintaqaviy iqtisodiyot” kafedrasi Respublikamizda mintaqaviy iqtisodiyot fanini5 rivojlantirish va zamon   talabidan kelib chiqib, Toshkent moliya institutida 2008- yilda “Iqtisodiy geografiya va ekologiya” kafedrasi bazasida tashkil topgan. Bu kafedra sobiq Toshkent xalq xo‘jaligi institutining eng keksa kafedralaridan biri bo‘lib, 1935-yilda iqtisod fanlari doktori, professor A.S.Kastyak tomonidan tuzilgan. Keyinchalik uzoq yillar davomida kafedrani i.f.d., professor A.A. Azatyan, 1987-yildan i.f.d., prof. Q.N. Abirqulov boshqargan. Toshkent moliya instituti tashkil etilgandan so‘ng, kafedra mudiri lavozimida 1991-2002 yillarda g.f.n., dots. S.O.Islomov, 2002-2007-yillarda g.f.n. dots. Sh.A.Azimov, 2007-2011-yillarda katta o‘qituvchi I.A.Abulqosimov, 2011-2016-yillarda 6g.f.n., dots. Z.T.Abdalovalar ishlagan. Hozirgi7 paytda esa kafedrani i.f.n. A.A.Rafiyev boshqarmoqda.

“Mintaqaviy iqtisodiyot” kafedrasi yetuk ilmiy salohiyatga ega bo‘lib, kafedrada1 nafar fan doktori va 5 nafar fan nomzodi ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishmoqda.  Kafedra  pedagog-xodimlari “Mintaqalar iqtisodi”, “Mintaqalar iqtisodiy salohiyotini baholash”, “Mintaqalarni strategik rivojlantirish” yo‘nalishlarida ilmiy tadqiqot ishlari olib borishmoqda.

O‘quv-uslubiy ishlar

8Kafedrada ilmiy metodik ishlar ham yaxshi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, darslik, o‘quv9 qo‘llanmalar, o‘quv-uslubiy adabiyotlar va fanlar bo‘yicha zamonaviy o‘quv texnologiyalar tayyorlangan. Jumladan, prof.Z. Yuldoshev va X.Xalilova tomonidan “Milliy va jahon iqtisodiyoti”, Z.T.Abdalova, D. Yormatovalar tomonidan “Ekologiya”, Z.T.Abdalovava Z.Tojievalar hammualliflikda   “Iqtisodiy geografiya va ekologiya”, M.Tojiev tomonidan “Hayot faoliyati xavfsizligi ” va “Fuqaro muhofazasi” nomli bir qator darsliklar va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar yaratildi.

“Mintaqaviy iqtisodiyot” kafedrasida oliy ta’limning davlat ta’lim standartlariga muvofiq quyidagi fanlar o‘qitilmoqda: 2016/2017-o‘quv yilidan boshlab, kafedrada11 xorijiy adabiyotlar tarjimasi asosida birinchi bosqich talabalari uchun “Mintaqaviy iqtisodiyot” 10fani kiritildi va uning o‘quv-uslubiy majmuasi yaratildi.

Bakalavriatda o‘qitilayotganfanlar:

  • “Milliy va jahon iqtisodiyoti;
  • “Hayot faoliyati xavfsizligi”;
  • Mintaqaviy iqtisodiyot.

Kafedraning innovatsion faoliyati

12Kafedraning olib borayotgan ilmiy tadqiqot yo‘nalishlari mamlakatning iqtisodiy13 rivojlanishi va mintaqalar taraqqiyoti nuqtai nazaridan quyidagi uslubiy va amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan ilmiy ishlanmalarni yaratishga qaratilgan:

  • Alohida mintaqalarning iqtisodi;
  • Mintaqalaro‘rtasidagi iqtisodiy aloqalar;
  • Mintaqaviy tizimlar;
  • Ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish;
  • Iqtisodiyotning mintaqaviy jihatlari.

Ilmiy tadqiqot ishlari15

Kafedrada rejalashtirilgan ilmiy tadqiqot ishlariga asosan tugallangan ilmiy-tadqiqot 14ishlarini muhokama etish, tugatilgan ilmiy ishlarni nashr etishga tavsiya qilish, talabalarning ilmiy tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish yaxshi yo‘lga qo‘yilgan.

Kafedrada har oyda ilmiy seminarlar tashkil etilgan bo‘lib, unda mintaqaviy iqtisodiyotning dolzarb muammolari va fanlar bo‘yicha o‘qitiladigan ma’ruzalarning muhokamasi masalalari ko‘rib chiqiladi.

Kafedra tomonidan mintaqalarni barqaror rivojlantirish va milliy iqtisodiyotning hududiy16 masalalari bo‘yicha bir nechta respublika ilmiy-amaliykonferensiyasi o‘tkazildi. 172015-yil dekabr oyida “Iqtisodiyotni modernizatsiyalashning jahon tajribasi va uning milliy iqtisodiyotdagi xususiyatlari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazilgan.Kafedraning ilmiy tadqiqot mavzusi “Mintaqlarni barqaror rivojlantirish va milliy iqtisodiyotning hududiy muvozanatligini ta’minlash masalalari” deb nomlangan.

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar

Institut ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha ishlab chiqilgan rejaga asosan kafedra rejasi shakllantirilgan. Kafedrada ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha mas’ul, dots.X.Xalilova hamda boshqa barcha kafedra a’zolari tomanidan kafedra haftaliklari va boshqa3 tadbirlar muntazam ravishda o‘tkazilib kelinmoqda.

2Bog‘lanish uchun ma’lumotlar

Manzil: 100000, Amir Temurshohko‘chasi, 60A-uy. Metroning “Minor” bekati.

Tel: (99871) 235-13-21

E-mail:This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

BOG`LANISH

Toshkent Moliya Instituti

  • Manzil: 100000 Toshkent shahri, A.Temur ko`chasi 60A
  • Telefon: (8 371) 234-53-34
  • Faks: (8 371) 234-11-48
  • Email: admin@tfi.uz
  • Ishonch telefoni: (8 371) 235-77-66
  • Jamoat transporti: 10,17,19,24,38,51,60,67,72,93,115,140
  • Ish tartibi: 09:00 dan 18:00 gacha

Hozir saytda

Hisoblagich

uz certified

Top
We use cookies to improve our website. By continuing to use this website, you are giving consent to cookies being used. More details…