Welcome to Official web site of Tashkent institute of finance   Click to listen highlighted text! Welcome to Official web site of Tashkent institute of finance Powered By GSpeech

Moliya kafedrasi

1

Malikov Toxir Sattorovich

Iqtisod fanlari doktori, Professor

Kafedra tarixi

Toshkent moliya institutining Moliya kafedrasi mamlakatimiz iqtisodiyot tarmoqlarida faoliyat ko‘rsatuvchi malakali mutaxassislar tayyorlashda ulkan hissa qo‘shib kelayotgan kafedralardan biri hisoblanadi. Xususan, mazkur kafedra negizida tayyorlangan mutaxassislar moliya-bank, soliq hamda iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida faoliyat yuritmoqda. Hozirgi kunda kafedra tomonidan tayyorlanadigan 5230600 – Moliya bakalavriyat ta’lim yo‘nalishida 1200 ga yaqin, magistraturaning “5А230604 -Xalqaro moliya” va 5А230601 - “Davlat moliyasini boshqarish” mutaxassisliklarida esa 70 tadan ortiq magistrantlar ta’lim olmoqda.

“Moliya” kafedrasi institutning dastlabki kafedralaridan biri bo‘lib, u 1933-yilda tashkil topgan. 1941-yilda kafedra mudiri etib professor A.Shmidt tayinlangan va uning rahbarligida 1943-yilda aspirantura tashkil qilingan. Prof. A.Shmidtdan keyin kafedraga prof I.Tog‘ayev, keyin M.Qoriyev mudirlik qildilar. 1959-yildan 1989-yillargacha kafedraga prof. X.Sobirov boshchilik qildi. 1989-2011-yillarda kafedraga Q.Yahyoyev, dots. S.Nuruddinov, dots. Z.Sirojiddinova, dots. N.Jumayev, dots. H.Jamolov, prof. N.Haydarov, dots. G‘.Yahshiboyev, dots. K. Karimova, dots. U.Burxonov,  dotsent v.v.b. K.Sharifxodjayeva, dotsent v.v.b O.Kamolov mudurlik qildilar. 2017-yil noyabr oyidan kafedraga iqtisod fanlari doktori, professor Malikov Toxir Sattorovich rahbarlik qilib kelmoqda.

Hozirgi kunda kafedra respublikamizdagi va dunyodagi moliya-iqtisod sohasida mutaxassislar tayyorlovchi yetakchi oliy o‘quv yurtlari bilan, xususan, O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi, Toshkent Davlat iqtisodiyot universiteti, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasi, Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot akademiyasi, M.V.Lomonosov nomidagi Moskva Davlat universiteti, Sankt-Peterburg iqtisodiyot va moliya universtiteti bilan keng aloqa o‘rnatgan.

Shu bilan birgalikda, kafedra respublikamizdagi kadrlar iste’molchisi hisoblangan tashkilotlar bilan o‘zaro yaqin aloqalar o‘rnatgan, bular qatoriga O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, uning hududiy Boshqarma va bo‘limlari, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Davlat soliq qo‘mitasi va boshqalarni kiritish mumkin.

Hozirgi kunda kafedrada 73 nafar professor-o‘qituvchi, jumladan, 4 nafar fan doktori, professor va 15 nafar fan nomzodi, dotsent, 30 nafar katta o‘qituvchi va 24 nafar assistent asosiy shtat bo‘yicha va o‘rindoshlik asosida faoliyat yuritib kelmoqda.

Kafedraning asosiy maqsadi

“Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun va Kadrlar tayyorlash Milliy dasturining ustuvor vazifalarini ta’minlash doirasida moliya sohasida zamon talabiga va jahon andozalariga mos bo‘lgan yetuk iqtisodchi-mutaxassis kadrlarni tayyorlashdan iborat.

O‘quv-uslubiy ishlar

23Hozirgi kunda kafedraning asosiy shtatdagi 45 ta pedagog-xodimi bakalavriatda 6 ta fandan, magistratura yo‘nalishlarida esa 7 ta fandan dars mashg‘ulotlarini olib bormoqdalar. Kafedrada yetakchi professorlar sifatida T.Malikov, N. Xaydarovlar doimiy ravishda iqtisodiyotning eng dolzarb masalalari bo‘yicha respublikaning taniqli iqtisodchilari ishtirokida talabalarga ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar, muammoli va ochiq ma’ruzalarni tashkillashtirib kelmoqdalar. Tasdiqlangan o‘quv rejasiga muvofiq “Moliya” kafedrasi tomonidan jami 13 ta fan o‘qitilib kelinmoqda. Shundan 6 tasi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida, magistratura mutaxassisliklarida 7 ta fan o‘qitilib kelinmoqda.

45

Bakalavriatda: “Moliya”, “Moliyaviy nazorat”, “Xalqaro moliya munosabatlari”, “Moliyaviy risklar nazariyasi”, “Korporativ moliya”, “Davlat xaridi va narxlar”  fanlari o‘qitilmoqda.Moliya”, “Moliyaviy nazorat”, “Xalqaro moliya munosabatlari” (ingliz tilida), “Moliyaviy risklar nazariyasi”, “Korporativ moliya”, “Narx va narxlarni shakllantirish”, “Davlat xaridi va narxlar“ fanlari o‘qitilmoqda.

Magistratura mutaxassisliklarida esa:“Davlat moliyasini boshqarish”, “Xalqaro moliya”, “Byudjet-soliq siyosati”, “Davlat qarzlarini boshqarish” “Ijtimoiy sohani moliyalashtirish”, “Xorijiy mamlakatlar moliya tizimi”, “Moliyaviy risklarini boshqarish”, “Xalqaro fond bozorlari tahlili” fanlari o‘qitilmoqda. 

Ilmiy-tadqiqot ishlari

Kafedraning ilmiy-tadqiqot yo‘nalishi “Globallashuv sharoitida moliya tizimi barqarorligini ta’minlashning ilmiy asoslari”ga qaratilgan. Kafedraning ilmiy-tadqiqot yo‘nalishiga pedagog-xodimlar hamda ilmiy izlanuvchilar jalb etilgan. Hozirgi kunda har bir kafedra a’zosi o‘ziga biriktirilgan mavzu asosida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqda va ilmiy-tadqiqot ishi yuzasidan respublikaning iqtisodiy yo‘nalishdagi jurnallarda ilmiy maqolalari chop etilgan.

6

Kafedra pedagog-xodimlarining ilmiy-tadqiqot ishlari va erishilgan natijalar har oyda kafedra umumiy yig‘ilishida muhokama etiladi. Kafedra pedagog-xodimlarining ilmiy-tadqiqot ishlari bilan qamrab olish darajasi 90 foizni tashkil etadi. Oxirgi besh o‘quv yilda kafedra pedagog-xodimlardan Sh.Jalilov, D.Rustamov va J.Ataniyozovlar O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi qoshida tashkil etilgan Birlashgan ixtisoslashgan kengashda nomzodlik dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qilishdi va Oliy Attestatsiya Komissiyasining iqtisod fanlari nomzodi ilmiy darajasini olishga muvaffaq bo‘ldilar.

So‘ngi besh o‘quv yilida kafedra pedagog-xodimlaridan Sh.Jalilov “Yoqilg‘i energetika korxonalari soliqqa tortish mexanizmini takomillashtirish masalalari”, D.Rustamov “Ijtimoiy sug‘urtani rivojlantirish samaradorligini oshirish yo‘nalishlari”, B.Mamatov, I.Kulliev, M.Pulatova “O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarida mijozlarning kreditga layoqatliligini baholash amaliyoti va uni takomillashtirish” mavzusidagi monografiyalarini chop ettirishdi.

2017 yil J.Ataniyazov “Moliya sanoat guruhlarini shakllantirish: nazariy-amaliy jihatlar va istiqbollari” mavzusidagi monografiyasi hamda D.Rustamov, M.Abdullayeva, Z.Jumanazarovalarning “Xorijiy davlatlar pensiya tizimi” mavzusidagi ilmiy risolasi chop etildi.

Respublika miqyosida: Moliya kafedrasi katta o‘qituvchisi M.A.Sharapova rahbarligida Moliya-iqtisod fakulteti 4-bosqich MM-61 guruhi talabasi Faxriddinov Zafar Moliya-kredit fanidan institut miqyosida o‘tkazilgan olimpiadaning Respublika bosqichida ishtirok etdi.

7Toshkent moliya instituti Moliya-iqtisod fakulteti “Moliya” kafedrasi pedagog-xodimlari ilmiy-tadqiqot faoliyat doirasida respublikamiz ilmiy jurnallarida ilmiy maqolalari bilan ishtirok etib kelishmoqda. Jumladan, kafedra pedagog-xodimlaridan T.Malikov, J.Ataniyazov, Sh.Jalilov, N.Jiyanova, O.Komolov, Ye.Axunova, X.Axmedov, V.Nuritdinova, M.Sharapova, R.Toshmatova, N.Ismoilova, A.Umarova, Sh.Rajabov, F.Odilov, D.Tojibekova, Sh.Shermuxamedova, F.Musayeva, M.Abdullayeva, S.Tuhtabayeva va boshqalar tomonidan 2017-2018 o‘quv yilida xorijiy va mahalliy nufuzli ilmiy jurnallarda maqolalar chop etildi.

“Moliya” kafedrasi pedagog-xodimlari N.Haydarov, T.Malikov, O.Komolov, Sh.Sultonov, Q.Chinqulovlar ITD-2 “Hududlarda xizmat ko‘rsatish va servis sohasini rivojlantirishda moliyaviy institutlarning roli” amaliy tadqiqotida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishmoqda.

Bundan tashqari, kafedra tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot Vazirligi bilan o‘zaro integratsion hamkorlik, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan o‘zaro integratsion hamkorlik, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo Vazirligi bilan o‘zaro integratsion hamkorlik, O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi bilan o‘zaro integratsion hamkorlik o‘rnatilgan.

Moliya” kafedrasining Oliy ta’lim muassasa (OTM)lari, fan va ishlab chiqarishning o‘zaro innovatsion hamkorligini tashkil etish va rivojlantirish bo‘yicha ma’lumot

Moliya” kafedrasining Oliy ta’lim muassasa (OTM)lari, fan va ishlab chiqarishning o‘zaro innovatsion hamkorligini tashkil etish va rivojlantirish bo‘yicha ma’lumot Oliy ta’lim muassasa (OTM)lari, fan va ishlab chiqarishning o‘zaro innovatsion hamkorligini tashkil etish va rivojlantirishga doir “Moliya” kafedrasining 2017-2018 o‘quv yiliga mo‘ljallangan o‘quv rejasi bo‘yicha kafedra qoshida yetuk pedagog-xodimlar, tegishli ishlab chiqarish korxonalari vakillari, katta ilmiy xodim-izlanuvchi, mustaqil-tadqiqotchi-izlanuvchi, magistrant va iqtidorli talabalar tarkibidan iborat innovatsion guruhlar shakllantirish ko‘zda tutilgan.

82017 yil 10-12 may kunlari Toshkent shahrida X Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar yarmarkasida  “Moliya” kafedrasi tomonidan quyidagi korxonalar bilan shartnomalar tuzildi:

  • “Arslon asri” fermer xo‘jaligi (10 000 0000 so‘mlik);
  • “Barchinoy Shaxnoza” fermer xo‘jaligi (2 000 000 so‘mlik).

2017-2018 o‘quv yilida mazkur loyiha asosida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda moliyaviy barqarorlikni ta’minlash masalalariga qaratilgan o‘quv ilmiy seminar tashkil etish va korxonalarning ilmiy-texnologik muammolari o‘rganilib, ularning yechimini ishlab chiqish borasida mutaxassislik fanlaridan kurs ishi, bitiruv malakaviy ishlari, magistrilik va doktorlik dissertatsiyalari mavzularini shakllantirish rejalashtirilgan.

2017 yil noyabr oyida 2017 yil 10 mayda tuzilgan 1-V-sonli “Innovatsion xizmatlar ko‘rsatish va o‘zaro hamkorlik qilish to‘g‘risida” xo‘jalik shartnoma asosida “Arslon asri” fermer xo‘jaligiga “Moliya” kafedrasi pedagog- xodimlar tomonidan o‘tkazilgan ilmiy seminarlar natijasida  jami 9040000 so‘mlik jihoz berildi.

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar

Kafedrada ma’naviy-ma’rifiy ishlar tasdiqlangan reja asosida olib boriladi. Pedagog-xodimlar tasdiqlangan ish rejalari asosida talabalarga murabbiylik qilib, ular bilan “Ustoz-shogird” tamoyili asosida ish olib bormoqdalar. Qolaversa, kafedra haftaliklari va ma’naviyat kunlari doirasida talaba yoshlarning ma’naviy jihatdan yetuk qilib shakllantirish va ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish uchun bir qancha tadbirlar uyushtirib kelinmoqda. Jumladan, talabalar bilan turli dolzarb mavzularda davra suhbatlari, uchrashuvlar olib boriladi. Talabalar ishtirokida Toshkent shahri va respublikamizning diqqatga sazovor bo‘lgan joylariga tashriflar uyushtirib turiladi.

9Talaba-yoshlar uchun ma’naviy-ahloqiy va tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 6-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-2124-sonli Qarorida belgilangan vazifalarni izchil amalga oshirish maqsadida fakultet hamda talabalar turar joyida qator ma’naviy-ma’rifiy, ijtimoiy-siyosiy, tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan tadbirlar uyushtirilib kelinmoqda.

10“Moliya” kafedrasi haftaligi doirasida 2017 yil 19 sentabrda “Yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlikni oldini olish dolzarb masala” mavzusida tadbir o‘tkazildi. Bugungi kunda talaba yoshlarni turli jinoiy ishlarda qatnashib qolishlarini oldini olish, ularga bu borada keng tushintirishlar olib borish  tadbir maqsadi bo‘ldi.

2017 yil 27 sentabr kuni Toshkent moliya institutida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning joriy yil 19 sentabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida so‘zlagan nutqining mazmun-mohiyatini professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar o‘rtasida keng tushuntirish maqsadida institutga O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining siyosiy sharhlovchisi Qobilbek Karimbekov ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi.

Qobilbek Karimbekov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning joriy yil 19 sentabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida so‘zlagan nutqida mamlakatimizda islohotlarning izchillik bilan hayotga tadbiq etib borilayotganligini, Yurtboshimizning nutqida keltirilgan qator globall muammolar va uning echimi to‘g‘risidagi takliflar xalqaro hamjamiyat tomonidan yuqori baholanganligini ta’kidladi.

11O‘zbekiston Respublikasi bayrog‘i qabul qilinganligining 26 yilligini munosib nishonlash maqsadida 1-sonli talabalar turar joyida “Bayrog‘imiz, g‘urur va faxrimiz timsolidir” mavzusidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi Akademiyasi dotsenti, yuridik fanlari nomzodi Asadov Shavkat G‘aybullaevich ishtirok etdilar.Tadbirda Davlat bayrog‘i va uning ramzi bugungi O‘zbekiston hududida qadimda mavjud bo‘lgan davlatlar bilan tarixan bog‘liqlikni anglatishi hamda respublikaning milliy-madaniy an’analarini o‘zida mujassamlashtirishi haqida suhbati bo‘ldi.

2017 yil 6 dekabrda “Giyohvandlik - asr vabosi, undan yoshlarimizni asraylik!” mavzusidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbirda Toshkent shahar IIB jinoyat qidiruv boshqarmasi giyohvand moddalar bilan bog‘liq jinoyatlar bo‘limi boshliq o‘rinbosari Sh.S.Otamurodov, Yunusobod tumani 50- oilaviy poliklinika oliy toifaliy shifokorlari Z.M.Nasriddinova, L.V.Xolovalar ishtirok etdilar.

12Toshkent shahar IIB jinoyat qidiruv boshqarmasi giyohvand moddalar bilan bog‘liq jinoyatlar bo‘limi boshliq o‘rinbosari Sh.S.Otamurodov so‘zga chiqib, giyohvandlik kabi ijtimoiy-iqtisodiy xavfli illatga qarshi kurashda Milliy xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qo‘mitasi, Ichki ishlar vazirligi, prokuratura organlari, barcha vazirlik va idoralar mas’uliyat bilan faoliyat olib borayotganligini aytib o‘tdi.

Kafedrada faoliyat yuritayotgan ustoz-murabbiylar tomonidan doimiy ravishda talabalarning yashash sharoitlari bilan yaqindan tanishish, ularning holidan xabardor bo‘lish maqsadida 1-Talabalar turar joyiga va ayniqsa ijarada yashaydigan talabalarning manzillariga tashriflar uyushtiriladi.

Ustoz-shogird tizimini yanada kengaytirish maqsadida guruh murabbiylari har bir guruh uchun ma’lumot bazalarini yaratib borib, ularning darsga qatnashish davomatlari, o‘quv fanlarini o‘zlashtirish darajasi, institut ichki tartib qoidalariga rioya etish holatlari, shuningdek ularning odob-ahloqlari yuzasidan monitoring yuritish yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ushbu monitoring asosida ular fakultet rahbariyatiga hisobotlar, hamda talabalarning ota-onalariga ma’lumotlar berib, ularni o‘z farzandlarning hatti-harakatidan habardor qilib boradilar.

Bog‘lanish uchun ma’lumotlar:

Manzil: 100000, A.Temur shoh ko‘chasi 60a uy. Metroning “Minor” bekati.

Tel: (99871) 2340479

 

BOG`LANISH

Toshkent Moliya Instituti

  • Manzil: 100000 Toshkent shahri, A.Temur ko`chasi 60A
  • Telefon: (8 371) 234-53-34
  • Faks: (8 371) 234-11-48
  • Email: admin@tfi.uz
  • Ishonch telefoni: (8 371) 235-77-66
  • Jamoat transporti: 10,17,19,24,38,51,60,67,72,93,115,140
  • Ish tartibi: 09:00 dan 18:00 gacha

Hozir saytda

Hisoblagich

uz certified

Top
Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech
We use cookies to improve our website. By continuing to use this website, you are giving consent to cookies being used. More details…