Chet tillari

Kafedra tarixi

“Chet tillari” kafedrasi 1991-yilda tashkil topgan. Kafedrada milliy va rus guruhlarga dars 3 xil tilda ingliz, nemis va fransuz tillarida darslar olib boriladi.

Bu davr mobaynida kafedrani dotsent B.Jurayev, 1996-yildan dotsent D.Abidova, 2007-yildan 2016-yilgacha faxriy dotsent M.Nabiyeva boshqarishgan. 2016-yildan boshlab yosh mutaxassis I.Haydarov kafedra mudiri sifatida tayinlandi.

Uzoq davr mobaynida kafedrada f.f.n.T.P.Cherepanova, p.f.n. X.Saidniyazova, f.f.n.Saidkarimova, f.f.n. M.Mirzamuhamedova, p.f.n. O.S.Yazishina, p.f.n. S.T.Akobirova, G.Zuparova, M.Hamidova, R.Karimova, Sh.Rashidova, M.Djabborova, dotsent R.Qodirova, R.Azimbayeva kabi pedagog-xodimlar dars bergan. Ularning ayrimlari hozirgi kungacha dars berib kelmoqda.

Talabalar kontingenti oshishi bilanoq kafedra jamoasiga zamonaviy bilimga ega yangi yosh kadrlar kelib qo‘shilib, talabalar bilan ishlash va chet tilida dars berish borasidagi pedagogik mahoratlarini oshirish uchun tinimsiz o‘z ustilarida ishlashmoqda.

Shu yillar mobaynida juda ko‘p o‘qituvchilar o‘z bilimini chet mamlakatlarda oshirib kelishga muvaffaq bo‘ldilar. Jumladan, AQShda (M.Nabiyeva, M.Aripova), Angliyada (M.Nabiyeva, J.Elboyev), Hindistonda (G.Qulahmedova, M.Aripova), Germaniyada (N.Muradova). Pedagog-xodimlar o‘z malakalarini oshirish maqsadida videokonferensiyalarda, xalqaro institutlar tadbirlarida, Gyote instituti DAAD, Uzbekiston Jahon tillari universitetida o‘tkaziladigan turli tanlovlarda qatnashib kelishmoqda.

Hozirgi kunda kafedrada 31.5 taqsim birligi mavjud. Bulardan 1 nafar kafedra mudiri, 1 nafar faxriy dotsent, 22 nafar katta o‘qituvchi va 10 nafar assistent o‘qituvchi faoliyat olib bormoqda.

Kafedrada 3 o‘quv intizomiga ko‘ra bakalavr (ingliz tili, fransuz tili va nemis tili ) va 1 o‘quv intizomi – magistratura (ingliz tili) bo‘yicha dars olib borilmoqda.

Ilmiy tadqiqot ishlari

2Chet tillariga juda katta e’tibor qaratilayotgan hozirgi davrda milliy ta’limni3 rivojlantirish uchun pedagog-xodimlarimiz ilmiy-ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishib, monografiya va ilmiy maqolalarini chop ettirishmoqda (N.Muradova, F.Ibragimova). O‘quv qo‘llanmalar: M.Nabiyeva, G.Qulahmedova, Sh.Mamadayupova, D.Nigmatova, F.Ishanxodjayeva, N.Hoshimovalar ko‘plab didaktik o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar ustida ish olib borishmoqda.

Respublika va institut miqyosida bo‘lib o‘tgan ko‘plab tadbirlarda pedagog-xodimlarimiz qatnashib kelishmoqda. (M.Bozorova, Sh.Muradova, X. Sodiqova, Sh.Hamrayeva, D.Madaliyeva). O‘qituvchilar katta mas’uliyat bilan O‘zbekiston Respublikasida chiqarilayotgan barcha farmon va7 farmoyishlarga, Davlat normativ hujjatlariga asoslanib talabalar orasida4 tushuntirish va targ‘ibot ishlarini olib borishmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Chet tillarini o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Farmoni qabul qilinishi munosabati bilan chet tili o‘qituvchilari o‘z professional bilimlarini oshirish uchun salmoqli ishlar qilinmoqda.

Ko‘p yillik tajribaga ega yetakchi o‘qituvchilar yosh mutaxassislarga pedagogik mahoratini oshirish sirlarini o‘rgatmoqda va darslarda zamonaviy pedagogik texnologiyalar qo‘llanilishi katta samara bermoqda.

O‘quv-uslubiy ishlar

Hozirgi kunda “Chet tillari” kafedrasining asosiy shtatdagi 34 nafar pedagog-xodimi barcha ta’lim yo‘nalishlarida bakalavriatda 5 ta fandan, magistratura mutaxassisliklarida esa 3 ta fandan dars mashg‘ulotlarini olib bormoqdalar. Kafedrada yetakchi pedagog-xodimlardan – M.Nabiyeva, J. Elboyev, G.Zuparova, R.Azimboyeva, N.Murodova va boshqalar talabalarga bilim berib kelmoqda.

Kafedrada o‘qitilayotgan fanlar bo‘yicha o‘quv dasturlar, amaliy mashg‘ulotlar va talabalar bilimini reyting asosida baholash mezonlari, test savollari variantlari, yozma ish variantlari va boshqa zarur materiallar mavjud. Talabalarni adabiyotlar bilan ta’minlanish darajasini oshirish maqsadida kafedrada o‘qitiladigan fanlardan darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar, amaliy mashg‘ulotlarning pedagogik texnologiyalarini tayyorlashga alohida ahamiyat beriladi.

Kafedrada doimiy ravishda ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar, to‘garaklar tashkillashtirilib kelinmoqda. Kafedraning ilmiy salohiyatini yanada oshirish maqsadida muntazam ravishda amaliy ishlar olib borilmoqda.

Ma‘naviy-ma‘rifiy ishlar

5«Chet tillari» kafedrasi pedagog-xodimlari tomonidan 2015-yil6 20-noyabrda 2-sonli talabalar turar joyida kafedra haftaligi doirasida «Terrorizm va uning jamiyatda tug‘dirayotgan xavfi» mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

2016-yil 11-13-yanvar kunlari o‘tkazilgan sport musobaqalarida kafedra pedagog-xodimlari institut miqyosida volleybol sport turi bo‘yicha sovrinli 2-o‘rinni qo‘lga kiritdilar. 2-sonli talabalar turar joyida kafedra haftaligi doirasida buyuk shoir, mutafakkir Alisher Navoiy va Mirzo Boburga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi.

2-sonli talabalar turar joyida kafedra haftaligi doirasida buyuk Sohibqiron Amir Temurga bag‘ishlangan Amir Temur faxrimiz, g‘ururimiz mavzusida9 8davra suhbati o‘tkazildi.

2016-yil 25-aprelda Sug‘urta fakulteti qiz talabalarining kiyinish odob-axloqi haqida institut miqyosida davra suhbati, TMI qoshidagi 2-son akademik litsey o‘qituvchilari hamda o‘quvchilari ishtirokida “Fashion and style” mavzusida ochiq dars o‘tkazildi.

2016-yil 5-may kuni Toshkent moliya instituti “Chet tillari” kafedrasining pedagog-xodimlari va TMI qoshidagi 2-son akademik litsey o‘qituvchilari hamda o‘quvchilari ishtirokida “9-may – Xotira va qadrlash kuni” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Bog’lanish uchun ma’lumotlar:

Manzil: Toshkent shahri, A. Temur ko’chasi, 60 a uy

Tel: (99871) 2351482

E-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

BOG`LANISH

Toshkent Moliya Instituti

  • Manzil: 100000 Toshkent shahri, A.Temur ko`chasi 60A
  • Telefon: (8 371) 234-53-34
  • Faks: (8 371) 234-11-48
  • Email: admin@tfi.uz
  • Ishonch telefoni: (8 371) 235-77-66
  • Jamoat transporti: 10,17,19,24,38,51,60,67,72,93,115,140
  • Ish tartibi: 09:00 dan 18:00 gacha

Hozir saytda

Hisoblagich

uz certified

Top
We use cookies to improve our website. By continuing to use this website, you are giving consent to cookies being used. More details…