Soliqlar va soliqqa tortish

 

Jo‘rayev Abdug‘affor Safarovich

Iqtisod fanlari doktori, professor

Qabul vaqti:

1968-yilda Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan. Oliy iqtisodiy ma’lumotga ega. Iqtisod fanlari doktori, professor. 1985-1991-yillarda Toshkent xalq xo‘jaligi instituti (hozirgi Toshkent Davlat iqtisodiyot universiteti)ni tamomlagan. 1986-1988-yillarda harbiy xizmatda bo‘lgan. O’qishni tamomlagach o‘z mehnat faoliyatini 1991-1997-yillarda Surxondaryo viloyati Denov shahri Davlat soliq inspektori, bosh nazoratchi-taftishchi, inspektsiya boshlig‘i o‘rinbosari lavozimlarida olib borgan. 1997-yili Toshkent moliya instituti sirtqi bo‘lim aspiranturasini muvaffaqiyatli tamomlab, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit” ixtisosligi bo‘yicha dissertatsiya yoqlagan va iqtisod fanlari nomzodi ilmiy darajasiga sazovor bo‘lgan. 1997-1998-yillarda Surxondaryo viloyati Davlat soliq boshqarmasi maxsus nazorat-taftish bo‘limi boshlig‘i, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari lavozimlarida mehnat qilgan. 1998-2000-yillarda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Axborot-tahlil boshqarmasi etakchi mutaxassisi, nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashi huzuridagi guruh bosh mutaxassisi bo‘lgan. 2000-2001-yillarda Sirdaryo viloyati Davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i, 2002-2003 yillarda Toshkent moliya instituti “Loyihalarni moliyalashtirish” kafedrasi katta o‘qituvchisi, kafedra mudiri lavozimlarida mehnat qilgan. 2003-2005-yillarda Toshkent moliya instituti “Soliq va sug‘urta ishi” kafedrasi mudiri, 2005-2006 yillarda Soliq va sug‘urta ishi fakulteti dekani lavozimida ishlagan. 2005-yilda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi qoshidagi Birlashgan ixtisoslashgan kengashda 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit” ixtisosligi bo‘yicha doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. 2006-yildan bo‘yon “Soliqlar va soliqqa tortish” kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

 

“SOLIQLAR VA SOLIQQA TORTISH” KAFEDRASINING TARIXI

Kafedraning shiori: “Yetuk soliqchi kadrlarni tayyorlash – bosh maqsadimiz”.

    Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davri talablaridan kelib chiqib, soliq va sug‘urta tashkilotlarida mutaxassislarga bo‘lgan talabni hisobga olib, 1991-yil 13- maydagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 3-iyundagi qaroriga muvofiq Toshkent moliya instituti tashkil etilgandan so‘ng 1993-yilda “Moliya” kafedrasi negizida yangi “Soliq va sug‘urta” kafedrasi tashkil qilindi.

2003-yil sentyabr oyidan e‘tiboran kafedraning nomi “Soliqqa tortish va sug‘urta ishi” deb yuritila boshlandi. 2004-yilning dekabr oyidan esa ushbu kafedra negizida “Soliqlar va soliqqa tortish” va “Sug‘urta ishi” kafedralari tashkil etildi. 2004-yildan hozirgacha kafedrani iqtisod fanlari doktori, professor Jo‘rayev Abdug‘affor Safarovich boshqarib kelmoqda. Kafedra 5230800-“Soliqlar va soliqqa tortish” bakalavriat ta‘lim yo‘nalishida o‘quv jarayonlarini olib boradi.

Kafedra respublikamiz oliy o‘quv yurtlari bilan bir qatorda, bir necha nufuzli xorijiy oliy o‘quv yurtlari bilan ham hamkorlik aloqalarini o‘rnatgan. Ular jumlasiga G.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti, M.Lomonosov nomidagi Moskva Davlat universiteti, AQShning Texas qishloq xo‘jaligi va mexanika universiteti, Chexiya iqtisodiyot va menejment oliy maktabi, Chexiya Sentral Bogemiya universiteti va boshqalar.

Kafedra pedagog xodimlari hozirgi kunda dolzarb hisoblangan respublikamiz soliq tizimi faoliyatidagi mavjud muammolarni bartaraf etish borasida izlanishlar olib bormoqdalar.

1234

    Kafedra tashkil etilgan paytdan boshlab hozirgi kunga qadar mazkur yo‘nalish bo‘yicha 18 kishi doktorlik va nomzodlik dissertatsiyalarini, jumladan 5 kishi doktorlik dissertatsiyasini va 13 kishi nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildilar.Institutda modul tizimi asosida o‘qitishning sifati va samaradorligini o‘zaro uyg‘unlashtirish uslubiyatini joriy qilish orqali kafedra tomonidan Kadrlar tayyorlash milliy dasturini to‘laqonli ta‘lim tizimiga joriy etish, respublikamiz iqtisodiyotiga mustaqil fikrlaydigan, o‘z kasbiy faoliyatiga mas’uliyat bilan yondashadigan va istiqlol g‘oyalariga sadoqatli bo‘lgan barkamol avlodni voyaga yetkazish asosiy ustuvor maqsad sifatida belgilab olingan.

“SOLIQLAR VA SOLIQQA TORTISH” KAFEDRASIDA O‘QUV-USLUBIY ISHLAR 

Kafedra ta’lim jarayoni kadrlar tayyorlash milliy dasturi, “Ta’lim to‘g‘risid”agi Qonuni hamda boshqa me’yoriy hujjatlarga rioya qilingan holda tashkil etilgan. 5230800 - “Soliqlar va soliqqa tortish” ta’lim yo‘nalishi talabalariga tasdiqlangan o‘quv va ishchi reja asosida o‘quv jarayoni tashkil etilgan bo‘lib, sakkizta fan yuzasidan ta’lim jarayoni olib borilmoqda.

Bular umumiy yuklama hajmiga ko‘ra fanlar bo‘yicha quyidagicha:

  • “Soliqlar va soliqqa tortish” - 108 soat
  • Yuridik shaxslarni soliqqa tortish” -226 soat
  • Jismoniy shaxslarni soliqqa tortish” -130 soat
  • “Soliq nazariyasi” - 192 soat
  • “Soliq tizimida dasturiy mahsullar” - 102 soat
  • “Soliqstatistikasi va prognozi” - 82soat
  • “Chet mamlakatlar soliq tizimi” -150 soat
  • “Soliq ma’murchiligi asoslari” - 72 soat.

5687

“Soliqlar va soliqqa tortish” ta’lim yo’nalishi bitiruvchilari mamlakatimizda iqtisodiyotning turli soxalarida samarali faoliyat olib bormoqdalar. “Soliqlar va soliqqa tortish” kafedrasi tomonidan “Soliqlar va soliqqa tortish” ta’lim yo’nalishi bo’yicha tayyorlanadigan mutaxassis kadrlarning ish bilan bandligi monitoringi muntazam olib boriladi.  

Diagramma

“Soliqlar va soliqqa tortish” yo’nalishi bo’yicha 2015 yilda o’qishni tamomlagan bitiruvchilar faoliyati

(iqtisodiyot sohalari bo’yicha)

 

51

Kafedrada o‘qitiladigan fanlarning har biridan modul tizimiga asoslangan elektron majmualar, o‘quv-uslubiy majmualar, amaliy ish o‘yinlari, keys stadilar, slaydlar, jadvallar va boshqa ko‘rgazmali qurollar tayyorlangan va ulardan o‘quv jarayonida keng foydalanilmoqda. Bundan tashqari har bir fandan modul tizimiga asoslangan elektron majmualar internet platformasiga joylashtirilgan.

Mualliflar A.Vahobov, A.Jo’rayevlar tomonidan “Soliqlar va soliqqa tortish” darsligi, A.Jo‘rayev tomonidan “Yuridik va jismoniy shaxslarni soliqqa tortish”, “Jismoniy shaxslarni soliqqa tortish”, A.Jo‘rayev va N.Artiqovlar tomonidan “Soliq huquqi”, “Soliq huquqi asoslari”, A.Jo‘rayev va G‘.Safarovlar tomonidan “Soliq nazariyasi”, A.Jo‘rayev va M.Usmanovalar hammuallifligida “Jismoniy shaxslarni soliqqa tortish”, A.Jo‘rayev va S.Shirinovlar tomonidan “Soliq statistikasi va prognozi” o‘quv qo‘llanmalari yaratildi. Shuningdek, “Soliqlar va soliqqa tortish” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bitiruvchi kurs talabalari uchun bitiruv malakaviy ishini bajarish yuzasidan uslubiy qo‘llanma (A.Jo‘rayev, A.Amanov, M.Usmanova), “Soliqlar va soliqqa tortish” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun “Yuridik shaxslarni soliqqa tortish” fanidan kurs ishi bajarish bo‘yicha uslubiy qo‘llanma (A.Jo‘rayev, A.Amanov) yaratildi.

131415161718

Kafedra pedagog xodimlari o‘quv mashg‘ulotlarini olib borishda multimedia jihozlaridan, mavzular bo‘yicha ishlab chiqilgan Power Point formatidagi taqdimotlardan hamda boshqa kompyuter texnologiyalaridan, audio va video jihozlardan foydalanishmoqda.

Shuningdek, ma‘ruza va amaliy mashg‘ulot darslari respublikamizda amalda soliqlar va boshqa majburiy to’lov turlarining hisoblanish uslubiyatini tavsiflovchi tarqatma materiallar, tahliliy jadvallar, slaydlar hamda ko‘rgazmali qurollardan foydalangan holda olib borilmoqda.

192021222324

“SOLIQLAR VA SOLIQQA TORTISH” KAFEDRASINING INNOVATSION FAOLIYATI 

25“Soliqlar va soliqqa tortish” kafedrasi tashkil qilinganidan so‘ng kafedraning pedagog xodimlari chet el grantlari asosida xorijiy mamlakatlarda tajriba orttirib, o‘z malakalarini oshirmoqdalar. Xususan, Amerika Qo‘shma Shtatlarining Davlat departamenti granti asosida kafedraning katta o‘qituvchilari A.Inoyatov (2004 yilda) va O.Shodievlar (2005 yilda) Texas A&M Universitetyda, kafedra dotsenti M.Usmanova (2010 yilda) va kafedra katta o’qituvchisi N.Yakubova (2011 va 2012 yillar) Chexiya Respublikasining Iqtisodiyot va menejment oliy maktabida, kafedra mudiri, prof. A.Jo’rayev va katta o’qituvchi A.Artikovlar (2014 yil) Chexiyaning Sentral Bogemiya universiteti (CENTRAL BOHEMIA UNIVERSITY)da tajriba almashinuvida bo‘ldilar. Mazkur tashriflar natijasida Chexiyaning Iqtisodiyot va menejment Oliy maktabi bilan Tempus hamda Erazmus Mundus dasturlari doirasida loyihalar yaratilishi mumkin bo’lgan sohalar xususida chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi.26

Bundan tashqari, kafedraning pedagog xodimlari bir qator loyihalarda ishtirok etishmoq-dalar. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiya-larni rivojlantirishni muvofiqlash-tirish qo‘mitasining fundamental va amaliy tadqiqotlar hamda innovatsiya ilmiy-texnika dasturlarini shakllantirishga oid normativ - huquqiy hujjatlarning amaliyotga tatbig‘ini ta‘minlash maqsadida O‘zbekiston-Xitoy do‘stlik hamjamiyatining “Kichik biznes subʼektlari faoliyatini moliyalashtirish” nomli grantidagi seminar treningda o‘quv mashg'ulotlar olib bormoqda.

“SOLIQLAR VA SOLIQQA TORTISH” KAFEDRASIDA ILMIY-TADQIQOT ISHLARI

 “Soliqlar va soliqqa tortish” kafedrasining strategik ilimiy mavzusi:

“Iqtisodiy taraqqiyotga erishishda soliq siyosatini yanada takomilillashtirish yo`llari”

“Soliqlar va soliqqa tortish” kafedrasining ustuvor ilmiy yo‘nalishi “Iqtisodiy taraqqiyotga erishishda soliq siyosatini yanada takomillashtirish yo‘llari” hisoblanadi.

27Kafedraning ilmiy salohiyati 57,1 foiz, shu jumladan, ilmiy salohiyatlilarning o‘rtacha yoshi 41 yoshni tashkil etadi. Ilmiy-tadqiqot yo‘nalishi kafedra faoliyatini eng asosiy va ajralmas qismi bo‘lgani holda, mazkur yo‘nalishdagi ishlarga kafedraning pedagog xodimlari, tadqiqotchi ilmiy xodimlari va izlanuvchilari jalb etilgan.

Kafedrada olib borilayotgan ilmiy ishlar mavzulari institut Kengashi tomonidan tasdiqlangan. Ilmiy ishlarning qay darajada kechayotganligi va erishilayotgan natijalar kafedraning har oylik yalpi yig‘ilishlarida muhokama etib boriladi. So‘nggi yillar mobaynida kafedra pedagog xodimlari va tadqiqotchilaridan N.Kuziyeva, B.Sanakulovalar doktorlik dissertatsiyasini, F.Sharipov, I.Niyazmetov Sh.Sobirov, A.Amanov, M.Usmanova, M.Abishevlar nomzodlik dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qildilar.28

 Kafedra pedagog xodimlari faoliyatida respublika va xorij jurnallarida ilmiy maqolalar bilan chiqishlar alohida ahamiyatga ega bo‘lib, ularning har biri o‘zlarining ilmiy ish mavzularining dolzarb jihatlarini o‘zida mujassam etgan ilmiy maqolalari bilan chiqishlar qilmoqdalar.

2014-2015-2016 yillarda kafedra pedagog xodimlari tomonidan 3ta monografiya (dotsent A.Amonovning “Qishloq xo‘jaligi korxonalarini soliqqa tortishning metodologik asoslari”, katta o‘qituvchi O.Meyliyevning “Hududiy iqtisodiyotni rivojlantirishda soliqlarning o‘rni”, ilmiy xodim-izlanuvchi B.Sanaqulovaning “Kichik tadbirkorlik sub‘ektlarini soliqqa tortish mexanizmini takomillashtirish orqali iqtisodiy o‘sishni ta‘minlash”), 74ta ilmiy maqola (shundan 34tasi xorijda), 250ta tezislar nashr etilgan.

302014-yilda kafedrada 1 nafar katta ilmiy xodim-izlanuvchi Sanaqulova Barnogul faoliyat yuritgan. Mazkur yil davomida B.Sanaqulova tomonidan (hammualliflikda) “Kichik biznes va tadbirkorlikni soliqqa tortish” nomli darslik, “Kichik tadbirkorlik sub‘yektlarini soliqqa tortish mexanizmini takomillashtirish orqali iqtisodiy o‘sishni ta’minlash” mavzusidagi monografiya chop etilgan, 3ta ilmiy maqola (shundan 1tasi xorijda) nashr etilgan.

2014-2015 yillar uchun kafedra katta ilmiy xodim-izlanuvchisi Sanaqulova B. tomonidan YoF-1-16-“Kichik korxonalarni soliqqa tortish mexanizmi va soliq yukini aniqlash metodologiyasini takomillashtirish istiqbollari” mavzusidagi jami 40 mln. so‘mlik davlat granti olingan.  

Kafedrada xususiy tadbirkorlik sub’yekti XICHK “YUKPP” bilan 2014-yil 10- fevralda tuzilgan hamkorlik shartnomasi bo‘yicha 9 mln. 300 ming so‘mlik mablag‘ jalb etilgan.

 

 Soliqlar va soliqqa tortish” kafedrasi bilan bog‘lanish uchun ma‘lumotlar:

Manzil: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Kichik halqa yo‘li ko‘chasi, 7-uy, 408-xona

Tel.: (99871) 235-73-62

E-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

 

 

 

 

BOG`LANISH

Toshkent Moliya Instituti

  • Manzil: 100000 Toshkent shahri, A.Temur ko`chasi 60A
  • Telefon: (8 371) 234-53-34
  • Faks: (8 371) 234-11-48
  • Email: admin@tfi.uz
  • Ishonch telefoni: (8 371) 235-77-66
  • Jamoat transporti: 10,17,19,24,38,51,60,67,72,93,115,140
  • Ish tartibi: 09:00 dan 18:00 gacha

Hozir saytda

Hisoblagich

uz certified

Top
We use cookies to improve our website. By continuing to use this website, you are giving consent to cookies being used. More details…