Moliyaviy menejment

1

Tashmuradova Buvsara Egamovna

Iqtisod fanlari doktori, professor

 

Kafedra tarixi

Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida ta’lim tizimini takomillashtirish va isloh etishda bir qancha mutaxassisliklar qatorida moliyaviy menejment mutaxassisligiga ham keng talab vujudga keldi.

Toshkent moliya institute moliyaviy mutaxassisliklarni iqtisodiyot tarmoqlariga yetkazib beradigan tayanch oily ta’lim muassasasi sanalib bunday zamon talabiga monand 2001 yilda institutning magistratura bo‘limi qoshida “Moliya va kredit” kafedrasi tashkil etildi. 2004-yildan kafedra “Moliyaviy menejment” kafedrasi deb nomlanadi va “Moliyaviy menejment” fakultetiga qaraydi. Shu kunga qadar kafedraga i.f.d. prof. B.E.Toshmurodova mudirlik qilmoqda.

Qisqa muddatda institut rahbariyatining amaliy koʻmagida kafedraning moddiy-texnik bazasi mustahkamlandi, zaruriy texnika va aloqa vositasi bilan ta’minlandi. Kafedraga ilmiy-pedagogik faoliyatni olib borish uchun yosh mutaxassis kadrlar jalb etildi.

Kafedrada 20 dan ortiq pedagog-xodim faoliyat yuritadi, shu jumladan, 1nafar fan doktori, professor, 6 nafar fan nomzodi, dotsent, 8 nafar katta oʻqituvchi, 4 nafar katta ilmiy xodim izlanuvchi hamda 5 nafar assistant faoliyat yuritmoqda.

Tasdiqlangan o`quv rejasiga muvofiq kafedra tomonidan quyidagi fanlar o`qitilmoqda:

Bakalavr yo‘nalishlarida:

  • Moliyaviy menejment;
  • Korporativ moliya;
  • Moliya bozori.

 Magistratura mutaxassisliklarida:

  • Zamonaviy korporativ boshqaruv;
  • Korporativ moliya strategiyasi;
  • Korporativ soliq menejmenti;
  • Birja ishi;
  • Qimmatli qog`ozlar bozori faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish;
  • Ilmiy tadqiqot metod.
Institut rektorining 2014-yil 3-oktyabrdagi “Institutda electron modul tizimi boʻyicha ma’lumotlarning ichki (Internet) platformalarini tashkil etishni jadallashtirish toʻgʻrisida”gi 344-sonli buyrugʻi ijrosini ta’minlash maqsadida kafedraning bakalavriat ta’lim yoʻnalishida oʻqitiladigan fanlardan toʻliq matnli modul tizimiga asoslangan electron majmualarning ichki (Internet) platformalari tashkil etildi. Kafedrada oʻqitiladigan fanlardan toʻliq matnli modul tizimiga asoslangan electron majmualarning ichki (Internet) platformalarini yangilab boorish yuzasidan kafedra pedagog-xodimlari tomonidan tegishli chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.

2016-2017-oʻquv yili uchun kafedrada oʻqitiladigan barcha fanlar boʻyicha oʻquv-uslubiy majmualar yangilanib, tegishli tartibda rasmiylashtirildi va tasdiqlandi. Oʻquv yili davomida ular takomillashtirib boriladi. Jumladan, qabul qilingan yangi qonun, Prezident farmonlari, hukumat qarorlari hamda amaldagi qonunlarga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar e’tiborga olinib oʻquv-uslubiy majmualar yangilanib, zamonaviy oʻquv adabiyotlari bilan boyitib boriladi. Kafedra pedagog-xodimlari malaka oshirish jarayonida egallagan tajribalari asosida ma’ruza va seminar mashgʻulotlarida pedagogik va axborot texnologiyalaridan keng foydalanib kelmoqdalar.

Kafedrada akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan turli yoʻnalishlarda keng hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan va hamkorlik shartnomalari tuzilgan. Shu bilan birgalikda kafedra pedagog-xodimlari hamkorlikdagi ta’lim muassasalarining oʻquv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy ishlarida ishtirok etib kelmoqdalar.

O‘quv uslubiy jihatdan kafedra pedagog-xodimlari tomonidan kafedrada o‘qitiladigan fanlar doirasida darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, uslubiy qo‘llanmalar talabga muvofiq darajada yaratilib kelinmoqda. Jumladan 2015-2016-oʻquv yilida kafedra pedagog-xodimlari dotsent E.Elmirzayev tomonidan “Korporativ moliya” fanidan oily oʻquv yurtlari talabalari uchun dasrlik nashr etildi hamda bu darslik asosida J.Qurbonov bilan hammualiflikda electron darslik yaratildi va patent olindi, B.Toshmurodova, N.Tursunova, M.Zokirjonovlar hammuallifligida “Финансовый менеджмент” fanidan seminar mashgʻulotlari uchun oily oʻquv yurtlari talabalariga o‘quv qo‘llanma yaratildi, shuningdek F.Muxammedov tomonidan “Birja ishi” fanidan kurs ishlarini bajarish yuzasidan uslubiy qo‘llanma hamda J.Qurbonov tomonidan “Korporativ moliya” fanidan kurs ishlarini bajarish bo‘yicha uslubiy qoʻllanma yaratildi va nashr etildi.

Kafedrada o`qitiladigan fanlar va ilmiy-tadqiqot ishlari doirasida nashr etilgan darslik, o`quv qo`llanma, monografiya, o`quv-uslibiy qo`llanma va uslubiy qo`llanmalar:

  • B.E.Toshmurodova, S.E.Elmirzayev, Korporativ moliya strategiyasi, O`quv qo`llanma. – T.: Iqtisod-moliya, 2013. – 128 b.
  • B.Toshmurodova, O.Xamdamov, Moliyaviy menejment. O`quv qo`llanma. – T.: Iqtisod-moliya. 2012. – 160 b.
  • Ф.А.Хамидова и др., Основы рынка ценных бумаг: учебное пособие. – Т.: Tafakkurbo`stoni, 2012. – 144 c.
  • A.Hamidova va boshqalar. Birja ishi. O`quv qo`llanma. – T.: Noshir, 2013. – 216 bet.
  • Toshmurodova B., Elmirzayev S., Korporativ soliq menejmenti. O`quv qo`llanma. – T.: Mumtoz so‘z. 2010. – 104 b.
  • S.Elmirzaev, N.Qurbonqulova. O`zbekistonda soliq menejmentini rivojlantirish istiqbollari. – T.: Tamaddun, 2013. – 156 b.
  • A.Botirov, S.Elmirzayev. Kichik tadbirkorlik subyektlarini soliqqa tortish amaliyotini takomillashtirish yo‘llari. – T.: Tamaddun, 2013. – 164 b.
  • J.Isakov, Xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirishda kreditning roli va uning samaradorligi. – T.: Iqtisod-moliya, 2012. – 228 b.
  • J.J.Qurbonov, S.E.Elmirzayev. Korporativ moliya-fanidan elektron darslik. 04.04.2016-y. DGU 03695 raqamli patent.
  • J.J.Qurbonov. Intellekt tezkor savol-javob electron dasturi. 11.11.2015-y. DGU 03418 raqamli patent.

Kafedraning oliy oʻquv yurtlari va ilmiy muassasalar bilan hamkorligi

1. Kafedra respublikamizdagi turdosh oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik asosida yaqindan hamkorlik qilib kelmoqda, xususan TDIU bilan o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot ishlari doirasida pedagog-xodimlari orasidan moliya mutaxassisligi boʻyicha fan doktorlarini tayyorlash borasida hamkorlik olib borilmoqda.

2. Kafedra korporativ boshqaruv ilmiy-ta’lim markazi bilan ilmiy seminarlarda faol qatnashmoqdalar.

3. Oʻzbekiston Respublikasi bank moliya akademiyasi bilan monografiya va risolalar tayyorlanmoqda, ilmiy-nazariy konferensiyalar tashkil etilmoqda.

4. Kafedraning pedagog-xodimlari oʻquv yili davomida Germaniya, Rossiya, Korea, Qozog‘iston, Malayziya davlatlarida oʻtkazilgan xalqaro ilmiy va amaliy anjumanlarda oʻz ilmiy maqolalari bilan ishtirok etdilar, Rossiya Federatsiyasining «Молодой учёный» nomli xalqaro ilmiy jurnallarida maqolalarini nashr etdilar. Istiqbolda Rossiya Federatsiyasining Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti bilan ilmiy-tadqiqot ishlari hamda oʻquv-uslubiy adabiyotlarni yaratish doirasida xalqaro aloqalarni oʻrnatish hamda hamkorlikda ilmiy-amaliy konferensiyalar tashkil etish rejalashtirilgan.

Ilmiy-tadqiqot ishlari

Kafedraning ilmiy-tadqiqot yo`nalishi asosan “Respublikamizda moliyaviy menejment tizimini samarali tashkil etish va takomillashtirish” bo‘lib, kafedraning ilmiy-tadqiqot ishlariga katta ilmiy xodim, mustaqil izlanuvchi va pedagog-xodimlar keng jalb etilgan.

Katta ilmiy xodim-izlanuvchi va mustaqil izlanuvchilarning ilmiy ishlari mavzulari institut Ilmiy Kengashi tomonidan tasdiqlangan. Hozirgi kunda har bir kafedra a’zosi o‘ziga biriktirilgan mavzu asosida ilmiy rahbarlari bilan kelishilgan holda tuzilgan kalendar ish rejalariga muvofiq ilmiy tadqiqotlarini olib bormoqdalar. Ilmiy tadqiqot ishlari va erishilgan natijalar har oyda kafedra umumiy yig`ilishida muhokama etiladi.

Kafedra a’zolaridan B.Umarov, S.Elmirzayev, O.Hamdamovva J.Qurbonovlar katta ilmiy xodim hamda va J.Isakovlar mustaqil izlanuvchi bo‘lib ilmiy faoliyatlarini olib borishmoqda. Shuningdek yosh kadr-xodimlar ham ilmiy ishlarining yo‘nalishini belgilab olishgan va bu bo‘yicha bosqichma-bosqich o‘z ishlarini davom ettirishmoqda.

Kafedrada dotsent F.Xamidova 2012-2016-yillarga mo`ljallangan “O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning fundamental asarlari negizida iqtisodiy sistemologiyaning nazariy-metodologik asoslari va qo`llanishi tamoyillarini rivojlantirish” fundamental ilmiy tadqiqotlar doirasida bajarilgan Davlat grantiga 2012-2014-yillarida rahbarlik qilgan va hozirgi kunda grant a’zosi.

Kafedra har yili o‘tkaziladigan respublika innovatsion yarmarkalarda o‘z innovatsion mahsulotlari bilan faol qatnashadi va buni natijasida ko‘plab boshqa oliy ta’lim muassasalari va real sector korxonalari bilan innovatsion hamkorlik shartnomalari tuzadi. Xususan, bunday mahsulotlar kafedrada innovatsion ta’lim metodikasiva uslubiy ta’minotini yaratish bo`yicha kafedra katta o`qituvchisi J.Qurbonov «Intellekt tezkor savol-javob elektron dasturi»ni yaratdi va patent oldi hamda J.Qurbonov va S.Elmirzayev hammualliflikda «Korporativ moliya» fanidan elektron darslik yaratishdi va patent olishdi.

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar

Yoshlar orasida ijtimoiy-siyosiy hamda mafkuraviy dunyoqarashni yuksaltirish, ma’naviyatimizga, milliy qadriyatlarimiz va an’analarimizga hurmat tuygʻusini shakllantirish, yoshlarning qalbi va ongi, sogʻlom tafakkuri uchun kurashish taqozo etilayotgan bugungi kunda ma’naviy-ma’rifiy ishlarga alohida e’tibor qaratish, ma’naviyatni yoshlar ongiga singdirish kafedra tomonidan olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlarning oʻzagini tashkil etadi. Kafedraning 2015-2016-oʻquv yiliga moʻljallangan ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar rejasi “Moliyaviy menejment” kafedrasining 2016-yil 19-iyuldagi 13-sonli majlisida muhokama qilingan hamda 2016-yil 19-iyul kuni ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha prorektor F.Muhamedov tomonidan tasdiqlangan. Kafedraning pedagog-xodimlari ushbu rejaga asosan rejalashtirilgan yigʻilish va tadbirlarni oʻz vaqtida amalga oshirib kelmoqdalar. Kafedrada 16 nafar oʻqituvchi asosiy shtatda boʻlib, shulardan 1 nafari “Moliyaviy menejment” va 1 nafari “Budjet hisobi va davlat jamg‘armalari” fakultetlarining akademguruhlariga murabbiy sifatida biriktirilgan. Har bir ustoz-murabbiy oʻz faoliyatiga mas’uliyat bilan yondoshib, “Ma’naviyat va ma’rifat” soatlarini ishchi rejaga asosan bugungi kunning dolzarb muammolariga aloqador masalalarda olib bormoqdalar.

Oʻquv yili davomida kafedra haftaliklari va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar oʻtkazilib kelinmoqda. Shulardan:

2016-yil 23-martdaToshkent moliya instituti moliyaviy menejment fakulteti “Moliyaviy menejment” kafedrasining kafedra haftaligi doirasida 3 – sonl iturarjoyida “Navro‘z – xayr-sahovat, mehr-muruvvat” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Kafedra mudiri B.Toshmurodova qadimdan Navro‘z bayramining keng miqyosda nishonlanishi an’anaga aylangani, O‘zbekistonda Navro‘zning milliy xalq bayrami sifatida nishonlanishi ko‘p ming yillik milliy qiyofamiz, olijanob urf-odatlarimizning betakror ifodasi ekanligi, shuningdek, ushbu bayram mehr-muruvvat, ezgulik va sahovat kabi ulug‘ fazilatlarni sifatida talqin etilishi haqida to‘xtalib o‘tdi.

Talabalar turar joyida tashkil etilgan davra suhbat iiliq taasurotlar bilan yakunlandi. Tadbirdan so‘ng 3-sonli turar joyi talabalariga xayriya oshi tarqatildi.

“Moliyaviy menejment” kafedrasi qoshidagi “Moliyaviy menejerlar” ilmiy toʻgaragi faoliyati

“Moliyaviy menejerlar” ilmiy toʻgaragining rahbari O.Xamdamov iqtidorli talabalar bilan ishlagan holda, iqtidorli talabalar bilan “Moliyaviy menejment” va “Korporativ moliya” fanlarining turli mavzulari doirasida ilmiy-tadqiqot ishlari olib bormoqda.

“Moliyaviy menejment” fakulteti “Moliyaviy menejment” kafedrasining “Moliyaviy menejerlar” ilmiy toʻgaragi iqtidorli talabalar bilan ishlashni tashkil etish borasida quyidagi faoliyatlarni olib boradi:

  • iqtidorli talabalarni aniqlash va tanlash, moyilligiga qarab, ularni maqsadli tayyorlashni tashkil etish;
  • iqtidorli talabalar faoliyatini shakllantirish va rivojlantirish dasturini ishlab chiqish;
  • ta’lim olayotgan iqtidorli talabalarning intellektual salohiyatini davriy ravishda aniqlab borish;
  • iqtidorli talabalarni ilmiy tadqiqot ishlarni mustaqil ravishda bajarishga oʻrgatish;

iqtidorli talabalarni oʻquv reja doirasidagi mutaxassislik fanlari boʻyicha oladigan bilimlarini mustaqil ravishda ilmiy tadqiqot ishlarini bajarish negizida chuqur va mukammal egallashlariga shart-sharoitlar yaratish va koʻmaklashish.

Bog`lanish uchun ma’lumotlar:

Manzil: 100000, Amir Temur shoh ko‘chasi, 60-a uy.

Tel: (99871) 235-37-48

E-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

BOG`LANISH

Toshkent Moliya Instituti

  • Manzil: 100000 Toshkent shahri, A.Temur ko`chasi 60A
  • Telefon: (8 371) 234-53-34
  • Faks: (8 371) 234-11-48
  • Email: admin@tfi.uz
  • Ishonch telefoni: (8 371) 235-77-66
  • Jamoat transporti: 10,17,19,24,38,51,60,67,72,93,115,140
  • Ish tartibi: 09:00 dan 18:00 gacha

Hozir saytda

Hisoblagich

uz certified

Top
We use cookies to improve our website. By continuing to use this website, you are giving consent to cookies being used. More details…