Moliyaviy tahlil

Kafedra tarixi

Kafedraning yangi tarixi, respublikamiz Prezidentining 1991-yil 13-maydagi farmoniga ko‘ra Toshkent xalq xo‘jaligi instituti bazasida Toshkent moliya institutini tashkil etilishi va shu bilan birga mustaqilligimizning tarixiy, taraqqiyot yo‘li bilan hamohangdir.

Kafedra jamoasi mamlakatimizni yetuk iqtisodchi kadrlar bilan ta‘minlash borasidagi sa‘y harakatlari, ilmiy-tadqiqot ishlanmalari bilan Vatan ravnaqiga munosib hissa qo‘shib kelgan.

Kafedrani qator yillar davomida respublikamiz tahlil maktabini faollari bo‘lgan prof. S.V.Abdulatipov, prof. A.Ibragimov, dots. Х.Axmadjonov, prof. A.Abdug‘aniyev, dots. M.Raximov, dots. N.Ishonqulov, dots. B.Hakimov, dots. Z.Sagdillayevalar boshqarib kelishgan.

Kafedra tayanch kafedra sifatida “Buxgalteriya hisobi va audit” ta‘lim yo‘nalishi va uning negizida tayyorlanadigan “Buxgalteriya hisobi”, “Audit” mutaxassisliklari uchun kadr chiqaruvchi, shuningdek, iqtisod ta‘lim sohasining barcha yo‘nalishlari uchun xizmat ko‘rsatuvchi kafedra sifatida faoliyat yuritadi.

Ta‘lim yo‘nalishi va mutaxassisliklarini tugatgan talabalar iqtisodiyotning turli sektorlaridagi xo‘jalik yurituvchi subyektlari boshqaruvida, chet el firma va kompaniyalarida amaliyotchi buxgalter, sertifikatlangan xalqaro darajadagi professional buxgalter lavozimlarida, turli tijorat va notijorat tashkilotlarida ekspert-analitik, iqtisodchi lavozimlarida faoliyat yuritib kelmoqdalar.

Kafedra pedagog-xodimlari va oliy malakali iqtisodchi buxgalterlari, auditor va analitik ekspertlari ishtirokida Respublikamizning iqtisodiy, moliyaviy salohiyatini o‘stirishda muhim ahamiyatga ega fundamental va amaliy grantlar olib borilmoqda.

Kafedrada xorijiy tillarda o‘quv mashg‘ulotlari olib borishga, shuningdek ingliz va boshqa xorijiy tillarda bitiruv malakaviy ishlar va magistrlik dissertatsiyalari himoyalariga, chet el nashrlarida ilmiy maqola va tezislarni chop etishga muhim ahamiyat berilmoqda.

Oʻquv-uslubiy ishlar

Hozirgi kunda kafedraning 15 nafar pedagog-xodimi bakalavriat ta’lim yoʻnalishlarida 4 ta fandan hamda magistratura bo‘limida 1 ta fandan ma’ruza va amaliy mashgʻulotlarni olib bormoqdalar.

Tasdiqlangan oʻquv rejasiga muvofiq kafedra tomonidan quyidagi fanlar oʻqitilmoqda:

  • Iqtisodiy tahlil;
  • Iqtisodiy tahlil nazariyasi;
  • Iqtisodiy tahlil va audit;
  • Moliyaviy va boshqaruv tahlili;
  • Iqtisodiyot subyektlari moliyaviy holatining tahlili.

Institut rektorining 2014-yil 3-oktabrdagi “Institutda elektron modul tizimi boʻyicha ma’lumotlarning ichki (Internet) platformalarini tashkil etishni jadallashtirish toʻgʻrisida”gi 344-sonli buyrugʻi ijrosini ta’minlash maqsadida kafedraning bakalavriat ta’lim yoʻnalishida oʻqitiladigan fanlardan toʻliq matnli modul tizimiga asoslangan elektron majmualarning ichki (Internet) platformalari tashkil etildi.

Kafedrada oʻqitiladigan fanlardan toʻliq matnli modul tizimiga asoslangan elektron majmualarning ichki (Internet) platformalarini yangilab borish yuzasidan kafedra pedagog-xodimlari tomonidan chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.

2016-2017-oʻquv yili uchun kafedrada oʻqitiladigan barcha fanlar boʻyicha oʻquv-uslubiy majmualar yangilanib, tegishli tartibda rasmiylashtirildi. Oʻquv yili davomida ular takomillashtirib borilmoqda. Jumladan, qabul qilingan yangi qonun, Prezident farmonlari, hukumat qarorlari hamda amaldagi qonunlarga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar e’tiborga olinib oʻquv-uslubiy majmualar yangilanib, zamonaviy oʻquv adabiyotlari bilan boyitib borilmoqda.

Kafedra pedagog-xodimlari malaka oshirish jarayonida egallagan tajribalari asosida ma’ruza va seminar mashgʻulotlarida pedagogik va axborot texnologiyalaridan keng foydalanib kelmoqdalar.

Kafedrada akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan turli yoʻnalishlarda keng hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, Toshkent bank kolleji, TMI qoshidagi 1- va 2-sonli Moliya akademik litseylar bilan hamkorlik shartnomalari tuzilgan. Ushbu ta’lim muassasalari bilan kafedraning hamkorlik aloqalariga I.Urmanbekova mas’ul etib belgilangan. Shu bilan birgalikda kafedra pedagog-xodimlari hamkorlikdagi ta’lim muassasalarining oʻquv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy ishlarida ishtirok etib kelmoqdalar.

Kafedrada ta‘lim jarayoni kadrlar tayyorlash milliy dasturi, ta‘lim to‘g‘risidagi qonun hamda boshqa me‘yoriy hujjatlarga rioya qilgan holda tashkil etilgan. Kafedrada o‘quv rejasiga muvofiq quyidagi fanlar o‘qitiladi.

Bakalavriat ta‘lim yo‘nalishida “Iqtisodiy tahlil nazariyasi”, “Moliyaviy va boshqaruv tahlili”, “Iqtisodiy tahlil”, “Iqtisodiy tahlil va audit”, “Financial and managerial analysis”, “Economical analysis”, мagistratura mutaxassisliklarida “Iqtisodiyot subyektlari moliyaviy holatining tahlili”, “Financial accounting” (Moliyaviy hisob), “Financial management” (moliyaviy menejment), “Managerial accounting” (Boshqaruv hisobi) fanlari o‘qitiladi. Shuningdek, institut qoshidagi moliya va bank xodimlarining malakasini oshirish institutida “Balans tahlili” kursi bo‘yicha real sektor korxonalari va aksionerlik-tijorat banklari xodimlari o‘qitilmoqda.

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar

1214Kafedrada ma’naviy-ma’rifiy ishlar tasdiqlangan reja asosida olib boriladi. Pedagog-xodimlar tasdiqlangan ish rejalari asosida talabalarga murabbiylik qilib, ular bilan "Ustoz-shogird" tamoyili asosida ish olib bormoqdalar. Doimiy ravishda talabalar bilan har xil dolzarb mavzularda davra suhbatlari, uchrashuvlar olib boriladi. Talabalar ishtirokida Toshkent shahri va respublikamizning diqqatga sazovor bo‘lgan joylariga tashriflar uyushtirib turiladi.

Xalqaro hamkorlik

Kafedra AQSh, Angliya, Xitoy, Yaponiya, Malaziya, Janubiy Koreya, Hindiston, Chexiya, Rossiya davlatlari oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan holda pedagog-xodimlar malakasini oshirish, tajriba almashish, talabalar almashinuvi, xalqaro firma va kompaniyalarda o‘quv amaliyotlarini tashkil etilishi, ilmiy tadqiqot ishlarining amalga oshirilishi, yangi avlod o‘quv adabiyotlarining yaratilishi va chop etilishi, xalqaro konferensiyalar va seminarlar tashkil etilishi shaklida olib borilmoqda. Hozirgi kunda kafedra respublikamizdagi va dunyodagi moliya, iqtisod sohasida mutaxassislar tayyorlovchi yetakchi oliy o‘quv yurtlari bilan keng aloqa o‘rnatgan, xususan, kafedra pedagog-xodimlarida B.Hakimov 2014-yilda Hindiston Respublikasi Tadbirkorlikni rivojlantirish institutida malaka oshirdi, U.Yakubov 2015 yil 9-15-aprel kunlari Tempus dasturining “UZDOC: O‘zbekiston oliy ta‘lim muassasalaridagi doktorlik ta‘limining sifatini oshirish” loyihasi doirasida Ispaniyaning Granada universitetida navbatdagi seminar-treningdа ishtirok etdi.

Ilmiy tadqiqot ishlari

111Kafedrada ilmiy maktabni shakllantirishga, maktabning nufuzini oshirishga, ilmiy tadqiqotlar samardorligini oshirishga qaratilgan ishlar tizimli shaklda tashkil etilmoqda. Jumladan, “Iqtisodiyot subyektlari moliyaviy holatini tahlil etish uslubiyoti va uni takomillashtirish” (M.Rahimov, Z.Sagdillayeva), “Korxonalar moliyaviy holatini reyting baholash va uni takomillashtirish” (B.Hakimov, N.Qalandarova), “Innovatsion faoliyat va uning samaradorligini baholash uslubiyotini takomillashtirish” (M.Rahimov, A.Ruzmamatov), “Tadbirkorlikda soliq yukini optimallashtirishni analitik yechimlari” 34(G.Ibragimov, N. Mavlanov), “Auditorlik faoliyatida tahliliy amallardan foydalanish uslubiyotini takomillashtirish” (A.Karimov, I.Choryiev), “Iqtisodiy nochorlikni baholash algoritmi va uning amaliy yechimlari” (M.Amirdinova), “Kichik biznes subyektlarida soliqlanish jarayonini optimallashtirish” (A.Abdullayev) mavzulari doirasidagi tadqiqotlar olib borilmoqda.

Bo‘glanish uchun ma‘lumotlar:

Manzil: Toshkent shahri, Amir Temur shoh ko‘chasi, 60a-uy.

Tel.: (+99871) 234-04-99

E-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

BOG`LANISH

Toshkent Moliya Instituti

  • Manzil: 100000 Toshkent shahri, A.Temur ko`chasi 60A
  • Telefon: (8 371) 234-53-34
  • Faks: (8 371) 234-11-48
  • Email: admin@tfi.uz
  • Ishonch telefoni: (8 371) 235-77-66
  • Jamoat transporti: 10,17,19,24,38,51,60,67,72,93,115,140
  • Ish tartibi: 09:00 dan 18:00 gacha

Hozir saytda

Hisoblagich

uz certified

Top
We use cookies to improve our website. By continuing to use this website, you are giving consent to cookies being used. More details…