O´zbek va rus tillari

1

Husanov Nishonboy Abdusattorovich

Filologiya fanlari doktori

Kafedra tarixi

O‘zbekiston Respublikasining ”Ta’lim to‘g‘risida”gi, ”Davlat tili haqida”gi qonunlari hamda ”Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”da respublikadagi oliy ta’lim muassasalarining rusiyzabon guruhlarida o‘zbek tilini ikkinchi til(davlat tili) sifatida o‘qitish hamda o‘zbek guruhlarida jahon tillaridan biri bo‘lgan rus tilini o‘rgatishni yanada takomillashtirish ko‘zda tutilgan. 

“O‘zbek va rus tillari” kafedrasi 1991-yilda tashkil etilgan bo‘lib, 1991-1996-yillarda kafedraga dotsent Dildora G‘ulomova rahbarlik qilgan. 1996-yil 16-oktabrdan professor Husanov Nishonboy Abdusattorovich mudirlik qilmoqda. Kafedra respublika oliy o‘quv yurtlaridagi turdosh kafedralaridan amalga oshirayotgan o‘quv, ilmiy va uslubiy ishlari bilan ajralib turadi. Kafedra jamoasi 11 nafar pedagog-xodimdan (bir nafar fan doktori, professor, 4 nafar fan nomzodi, dotsent, 6 nafar katta o‘qituvchi, 1 nafar o‘qituvchi), kabinet mudiri va laborantdan iborat.

O‘quv-uslubiy ishlar

Tasdiqlangan o‘quv rejasiga muvofiq kafedra tomonidan quyidagi fanlar o‘qitilmoqda:

Bakalavriat:

  • “O‘zbek tili”;
  • “Rus tili”;
  •  “Akademik yozuv va notiqlik”

Magistratura:

  •  “Nutq madaniyati”

2016-2017-oʻquv yili uchun kafedrada oʻqitiladigan barcha fanlar boʻyicha oʻquv-uslubiy majmualar yangilanib, tegishli tartibda rasmiylashtirildi. Oʻquv yili davomida ular takomillashtirib borilmoqda. Jumladan, qabul qilingan yangi qonun,  Prezident farmonlari, hukumat qarorlari hamda amaldagi qonunlarga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar e’tiborga olinib oʻquv-uslubiy majmualar yangilanib, zamonaviy oʻquv adabiyotlari bilan boyitib borilmoqda.

Kafedra pedagog-xodimlari malaka oshirish jarayonida egallagan tajribalari asosida ma’ruza va seminar mashgʻulotlarida pedagogik va axborot texnologiyalaridan keng foydalanib kelmoqdalar. 

Kafedrada akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan turli yoʻnalishlarda keng hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan.

Kafedraning innovatsion faoliyati

“O‘zbek va rus tillari” kafedrasining pedagog-xodimlari dars jarayonida institutda mavjud bo‘lgan texnik vositalardan unumli foydalanmoqdalar.

Barcha pedagog-xodimlar yangi pedagogik texnologiyalarning samarali usullaridan foydalanib dars o‘tmoqda va ixtisoslik bo‘yicha o‘z malakalarini oshirib bormoqdalar.

O‘quv adabiyotlarini yaratishda professor N.Husanov va dotsentlar – A.Saparov, D.Rasulmuhamedova, katta o‘qituvchilar – N.Dilmurodova va R.Xo‘jaqulovalar faol ishtirok etmoqdalar. Kafedrada o‘qitiladigan barcha fanlardan o‘quv-uslubiy komplekslar, ta’lim texnologiyalari, taqdimotlar va videoma’ruzalar yaratilgan.

Kafedraning ilmiy-tadqiqot ishlari

2Ilmiy ishlar natijalari monografiya, ilmiy maqola va ma’ruza tezislari ko‘rinishida chop 3 etilgan. Kafedra o‘zbek va rus tillarining leksik xususiyatlari, xususan, iqtisodiy so‘z va terminlarning shakllanishi, qo‘llanilishi bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib boradi. Filologiya fanlari doktori N.Husanovning “Ozbek antroponimlari tarixi” (2014), “Shayx Sulaymon Buxoriy” (2015) monografiyalariozbek iqtisodiy terminologiyasiga bagishlangan 10 dan ortiq ilmiy maqolalari, dotsent D.Rasulmuhamedovaning ilmiy jurnallardagi maqolalari, katta oqituvchi N.Dilmurodovaning respublika va xorijda ilmiy maqolalari chop etilgan. Oxirgi 5 yilda 2 ta monografiya, 4 ta o‘quv qo‘llanma, respublika ilmiy jurnal va to‘plamlarda 20 ta, xorijiy jurnal va to‘plamlarda 7 ta maqola nashr etilgan.

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar

4Kafedra pedagog-xodimlari tashkil etiladigan barcha jamoat ishlari va5 ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda faol ishtirok etib kelishmoqda. Kafedraning ma’naviy-ma’rifiy ishlari rejaga asosan institut miqyosida “Moliyaviy menejment” fakultetida va institutning “Talabalar turar joyi”da turli sana va bayramlarga bag‘ishlangan anjumanlar, davra suhbatlari, uchrashuvlar va boshqa tadbirlar o‘tkazib boriladi. Jumladan, “O‘zbek va rus tillari” kafedrasi jamoasi tomonidan “Til – millat ko‘zgusi”, “Alisher Navoiyning buyuk merosi”, “Zahiriddin Muhammad Bobur –shoh va shoir” mavzusida institut miqyosida ma’naviy- ma’rifiy anjumanlar tashkillashtirildi.

6Shuningdek barcha talabalar turar joylarida ham davra suhbatlari7 o‘tkazildi. 

Kafedraning 6 nafar pedagog-xodimlari “Moliyaviy menejment” fakultetining akademguruhlarida murabbiylik qilishadi. Shuningdek, jamoatchilik asosida N.Diyorova fakultet xotin-qizlar kengashi raisi, N.Husanov “Moliyachi” gazetasi bosh muharriri sifatida faoliyat yuritadi.

Talabalarning darsdan tashqari bo‘sh vaqtlarini unumli o‘tkazishlarini ta’minlash va o‘zbek tilidagi bilimlarini oshirish hamda rus tilini mukammal o‘rgatish maqsadida kafedrada “Til va terminologiya” hamda “Любители 8русского языка9 to‘garaklari faoliyat yuritadi.

Bog‘lanish uchun ma’lumotlar:

Manzili: 100000, Amir Temur ko‘chasi, 60-A uy.

Tel: (99871) 234-85-52

 E-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

BOG`LANISH

Toshkent Moliya Instituti

  • Manzil: 100000 Toshkent shahri, A.Temur ko`chasi 60A
  • Telefon: (8 371) 234-53-34
  • Faks: (8 371) 234-11-48
  • Email: admin@tfi.uz
  • Ishonch telefoni: (8 371) 235-77-66
  • Jamoat transporti: 10,17,19,24,38,51,60,67,72,93,115,140
  • Ish tartibi: 09:00 dan 18:00 gacha

Hozir saytda

Hisoblagich

uz certified

Top
We use cookies to improve our website. By continuing to use this website, you are giving consent to cookies being used. More details…