O´zbekiston tarixi

Kafedra tarixi

Mustaqillik sharofati bilan vatanimiz tarixini oʻrganish, uni oʻqitishga boʻlgan munosabat tubdan oʻzgardi. Respublikaning barcha ta’lim muassasalari, jumladan oliy oʻquv yurtlarida ham “Oʻzbekiston tarixi” fanini oʻqitish yoʻlga qoʻyildi. “Oʻzbekiston tarixini oʻrganish va oʻqitishning yagona kontsepsiyasi yaratildi, yangi oʻquv dasturlari, darsliklar va qoʻllanmalar tayyorlandi.

1991-yilda Toshkent moliya instituti tashkil etilgach, shu yili uning tarkibida “Tarix” kafedrasi oʻz faoliyatini boshladi. Qisqa muddatda institut rahbariyatining amaliy koʻmagida kafedraning moddiy-texnik bazasi mustahkamlandi, zaruriy texnika va aloqa vositasi bilan ta’minlandi. Kafedraga ilmiy-pedagogik faoliyatni olib borish uchun yosh mutaxassis kadrlar jalb etildi.

1991-1996-yillarda kafedra tarkibi 8 nafar pedagog-xodimdan iborat boʻlgan. 1997-yilda “Tarix” kafedrasi nomi oʻzgarib, “Oʻzbekiston tarixi” kafedrasi sifatida qayta tashkil etildi.

1997-yildan 2011-yilgacha kafedraga t.f.d., prof. Qamariddin Usmonov, 2011-2014-yillar davomida t.f.n. F.Ziyayev, 2014-2015-yillarda katta oʻqituvchi A.Xolbekov rahbarlik qilib kelishgan. Bugungi kunda kafedrada 11 nafar, shu jumladan, 2 nafar fan doktori, professor, 4 nafar fan nomzodi, dotsent, 1 nafar institut faxriy dotsenti, 6 nafar katta oʻqituvchi, faoliyat yuritmoqda.

Oʻquv-uslubiy ishlar

Hozirgi kunda kafedraning 11 nafar pedagog-xodimi bakalavriat ta’lim yoʻnalishlarida 3 ta fandan ma’ruza va amaliy mashgʻulotlarni olib bormoqdalar.
Tasdiqlangan oʻquv rejasiga muvofiq kafedra tomonidan quyidagi fanlar oʻqitilmoqda:
•Oʻzbekiston tarixi;
•Ma’naviyat asoslari. Dinshunoslik;
•Madaniyatshunoslik.
Institut rektorining 2014-yil 3-oktabrdagi “Institutda elektron modul tizimi boʻyicha ma’lumotlarning ichki (INTERNET) platformalarini tashkil etishni jadallashtirish toʻgʻrisida”gi 344-sonli buyrugʻi ijrosini ta’minlash maqsadida kafedraning bakalavriat ta’lim yoʻnalishida oʻqitiladigan fanlardan toʻliq matnli modul tizimiga asoslangan elektron majmualarning ichki (INTERNET) platformalari tashkil etildi.
Kafedrada oʻqitiladigan fanlardan toʻliq matnli modul tizimiga asoslangan elektron majmualarning ichki (INTERNET) platformalarini yangilab borish yuzasidan kafedra pedagog-xodimlari tomonidan chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.
2016-2017-oʻquv yili uchun kafedrada oʻqitiladigan barcha fanlar boʻyicha oʻquv-uslubiy majmualar yangilanib, tegishli tartibda rasmiylashtirildi. Oʻquv yili davomida ular takomillashtirib borilmoqda. Jumladan, qabul qilingan yangi qonun,  Prezident farmonlari, hukumat qarorlari hamda amaldagi qonunlarga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar e’tiborga olinib oʻquv-uslubiy majmualar yangilanib, zamonaviy oʻquv adabiyotlari bilan boyitib borilmoqda.
     Kafedra pedagog-xodimlari malaka oshirish jarayonida egallagan tajribalari asosida ma’ruza va seminar mashgʻulotlarida pedagogik va axborot texnologiyalaridan keng foydalanib kelmoqdalar.
Kafedrada akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan turli yoʻnalishlarda keng hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, Toshkent bank kolleji, TMI qoshidagi 1- va 2-sonli Moliya akademik litseylar bilan  hamkorlik shartnomalari tuzilgan. Ushbu ta’lim muassasalari bilan kafedraning hamkorlik aloqalariga S.Tulyaganova mas’ul etib belgilangan. Shu bilan birgalikda kafedra pedagog-xodimlari hamkorlikdagi ta’lim muassasalarining oʻquv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy ishlarida ishtirok etib kelmoqdalar.
    Jumladan, kafedra professori, t.f.d. Q.Usmonovning akademik litsey va kasb-hunar kollejlari 1-bosqich oʻquvchilari uchun “Oʻzbekiston tarixi (1917-1991-yillar)”,  2-bosqich oʻquvchilari uchun “Oʻzbekiston tarixi (Milliy istiqlol davri)”, umumta’lim maktablari  oʻquvchilari uchun “Tarixdan hikoyalar” (5-sinf), “Oʻzbekiston tarixi” (8-sinf) nomli darsliklari doimiy ravishda qayta nashr etilib kelinmoqda.        
2015-2016-oʻquv yilida kafedra pedagog-xodimlari Q.Usmonov, M.Sodiqov, S.Burxonovalar hammuallifligida “Oʻzbekiton tarixi” fanidan oliy oʻquv yurti notarix yoʻnalishi talabalari uchun dasrlik, B.Karimov, F.Ziyayev, S.Tulyaganova hammuallifligida “Oʻzbekiston tarixi” fanidan seminar mashgʻulotlari uchun uslubiy hamda “Madaniyatshunoslik” fanidan oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar, SH.SHayakubov tomonidan “Oʻzbekiston tarixi” fanidan mustaqil ta’limni tashkil etish” nomli uslubiy qoʻllanma nashr etildi.


Kafedraning oliy oʻquv yurtlari va ilmiy muassasalar bilan hamkorligi  

1. Kafedra OʻzR FA Tarix instituti bilan ilmiy hamkorlik doirasida pedagog-xodimlar orasidan tarix mutaxassisligi boʻyicha fan doktorlarini tayyorlash borasida hamkorlik qilmoqda.
2. Kafedra a’zolari OʻzR FA Tarix instituti qoshidagi akademik Yahyo Gʻulomov nomidagi ilmiy seminarlarda faol qatnashmoqdalar.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi qoshidagi «Oʻzbekistonning yangi tarixi» markazi bilan vatanimiz tarixiga doir monografiya va risolalar tayyorlanmoqda, ilmiy-nazariy konferensiyalar tashkil etilmoqda.
4. Kafedraning pedagog-xodimlari oʻquv yili davomida  Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida, Ukraina davlatida oʻtkazilgan xalqaro ilmiy va amaliy anjumanlarda oʻz ilmiy maqolalari bilan ishtirok etib, Rossiya Federatsiyasining «Учёный XXI века», «Молодой учёный» nomli xalqaro ilmiy jurnallarida maqolalarini nashr etdilar. Istiqbolda Rossiya Federatsiyasining Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti bilan ilmiy-tadqiqot ishlari hamda oʻquv-uslubiy adabiyotlarni yaratish doirasida xalqaro aloqalarni oʻrnatish hamda hamkorlikda  ilmiy-amaliy konferensiyalar tashkil etish rejalashtirilgan.

Ilmiy-tadqiqot ishlari

Kafedra professori, t.f.d. Q.Usmonov ilmiy rahbarligida kafedra professor-oʻqituvchilari tomonidan soʻngi10 yillarda 10 dan ortiq monografiya, risolalar tayyorlandi va chop etildi. Kafedrada tarixiy manbalarni oʻrganish, ularni oʻquv jarayoniga tatbiq etish boʻyicha ilmiy-nazariy seminar faoliyat yuritmoqda. Kafedra pedagog-xodimlari ma’naviy-ma’rifiy ishlar yuzasidan ommaviy axborot vositalarida oʻz chiqishlari bilan muntazam qatnashib kelmoqdalar.
Kafedra pedagog-xodimlari Sh.Shayakubov, S.Tulyaganova, S.Burxonova, F.Ziyayev, A.Mingnorov, F.Adilovlar mahalliy va xorijiy nufuzli ilmiy jurnallarda “Oʻzbekiston tarixi”ning eng dolzarb masalalari yuzasidan ilmiy maqolalari bilan ishtirok etib kelmoqdalar.
Oʻtgan yillar davomida kafedra pedagog-xodimlari tomonidan bir qator ilmiy tadqiqot ishlari 11chop etildi, 12masalan:
•Q.Usmonov. Oʻzbekistonda parlament taraqqiyotining yangi bosqichi. Risola. –T., Gofur Gulom. 2004.
•Q.Usmonov, S.Burxonova. Oʻzbekiston: 15 bunyodkorlik yillari. Risola. –T., Iqtisod-moliya, 2006.
•Q.Usmonov, H.Haydarov. Jizzax tarixi. Monografiya. –T., Oʻqituvchi, 2009.
•Q.Usmonov, A. Vahobov, S.Burxonova. Bunyodkorlik yillari – tarixiy yutuqlar. Monografiya. –T., Oʻqituvchi, 2011.
•Sh. Shayakubov. Ilk oʻrta asrlarda Sugʻd. Monografiya. –T., Iqtisod-moliya, 2008.
13•A. Mingnarov. Turkistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlarning milliy matbuotda yoritilishi (1917-1918-yillar). Monografiya. –T., Istiqlol nuri, 2013.  14
•S. Tulyaganova. Mustaqillik yillarida Oʻzbekiston qishloqlarida mulkchilik munosabatlarining oʻzgarishi va erishilgan yutuqlar tarixi. Risola. – T., Moliya-iqtisod, 2015.
•Oʻzbekistonning eng yangi tarixi ijtimoiy fanlar rivojida. Oliy oʻquv yurtlariaro ilmiy-nazariy anjuman materiallari. –T.: Moliya-iqtisod, 2015.
•Sh. Shayakubov. Sugʻd konfederatsiyasi. Monografiya. –T.: Moliya-iqtisod, 2016.

 

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar

 Yoshlar orasida ijtimoiy-siyosiy hamda mafkuraviy dunyoqarashni yuksaltirish, ma’naviyatimizga, milliy qadriyatlarimiz va an’analarimizga hurmat tuygʻusini shakllantirish, yoshlarning qalbi va ongi, sogʻlom tafakkuri uchun kurashish taqozo etilayotgan bugungi kunda ma’naviy-ma’rifiy ishlarga alohida e’tibor qaratish, ma’naviyatni yoshlar ongiga singdirish kafedra tomonidan olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlarning oʻzagini tashkil etadi. Kafedraning 2015-2016 oʻquv yiliga moʻljallangan ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar rejasi “Oʻzbekiston tarixi” kafedrasining 2015-yil 29-avgustdagi 1-sonli majlisida muhokama qilingan hamda 2015-yil 29-avgust kuni ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha prorektor F.Muhamedov tomonidan tasdiqlangan. Kafedraning professor-oʻqituvchilari ushbu rejaga asosan rejalashtirilgan yigʻilish va tadbirlarni oʻz vaqtida amalga oshirib kelmoqdalar. Kafedrada 11 nafar oʻqituvchi asosiy shtatda boʻlib, shulardan 5 nafari “Moliya-iqtisod” fakultetining akademguruhlariga murabbiy sifatida biriktirilgan. Har bir ustoz-murabbiy oʻz faoliyatiga mas’uliyat bilan yondoshib, “Ma’naviyat va ma’rifat” soatlarini ishchi rejaga asosan bugungi kunning dolzarb muammolariga aloqador masalalarda olib bormoqdalar.

Oʻquv yili davomida kafedra haftaliklari va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar oʻtkazilib kelinmoqda. Shulardan:

2015-yil 12-noyabr kuni Toshkent moliya institutida Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi, tarix fanlari doktori, professor Qamariddin Usmonov tavalludining 80 yillik yubileyi munosabati bilan “Oʻzbekistonning eng yangi tarixi ijtimoiy fanlar rivojida” mavzusida ilmiy-nazariy anjuman oʻtkazildi.

2015-yil 22-dekabr kuni “Oʻzbekiston tarixi” 19kafedrasi professor-oʻqituvchilari tomonidan kafedra haftaligi doirasida Toshkent moliya instituti qoshidagi 1-sonli Talabalar turar joyida Axborot xurujlari va yoshlar tarbiyasi mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir oʻtkazildi.

Toshkent moliya instituti Moliya-iqtisod fakulteti kafedra haftaliklari doirasida “Mintaqaviy iqtisodiyot” va “Oʻzbekiston tarixi” kafedralarida 2015-yil 15-dekabr “Oʻzbek xalqining kelib chiqish tarixi” mavzusidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir oʻtkazildi.

2015-yil 26-dekabr kuni “Oʻzbekiston tarixi” kafedrasi professor-oʻqituvchilari tashabbusi bilan Toshkent moliya instituti talabalari tomonidan Toshkent shahrida joylashgan 1-sonli mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari uchun “Ezgulikka bir qadam” shiori ostida mehr-muruvvat tadbiri oʻtkazildi.

 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus ta’lim21 vazirligining 2016-yil 6-yanvardagi 87-03-32-sonli xatiga asosan 2016-yil 8-yanvar kuni “Prezident Islom Karimovning Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 23 yilligiga bagʻishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasini oʻrganish boʻyicha oliy ta’lim muassasalarida Maxsus kurs tashkil etish toʻgʻrisida” oʻtkazilgan videoseminarda Toshkent moliya instituti oʻquv va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha prorektorlari, boʻlim boshliqlari, fakultet dekanlari va dekan muovinlari, ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedralari mudirlari va professor-oʻqituvchilari faol ishtirok etdilar.

2016-yil 12-yanvar kuni “Tayanchim va suyanchim, faxru iftixorimsan, muqaddas Vatan!” shiori ostida Toshkent moliya instituti rahbariyati, “Ma’naviyat va ma’rifat” boʻlimi, Ustoz va murabbiylar Kengashi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati institut boshlang`ich tashkiloti hamda “Oʻzbekiston tarixi” kafedrasi tomonidan “JALOLIDDIN MANGUBERDI KURASH YOʻLI – MARDLIK VA VATANPARVARLIK, VATANGA SADOQAT TIMSOLI” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy “Jasorat darsi” tashkil etildi.

Shuningdek, ma’naviy-ma’rifiy ishlar borasida “Oʻzbekiston tarixi” kafedrasi professor-oʻqituvchilari Toshkent moliya instituti qoshidagi Moliya akademik litseyida 2015-yil 20-dekabr kuni “Oʻzbekistonda keksalarni e’zozlash – oliy qadriyat” mavzusida, 2015-yil 30-oktyabr kuni Milliy oʻzlikni anglash shaxs ma’naviy barkamolligi mezoni”   mavzusida, 2015-yil 28- noyabr kuni Ogohlikdavr talabimavzusida, 2015-yil 2-dekabr kuni “Konstitutsiya – huquq va erkinliklarimiz kafolati” mavzusida davra suhbatlari oʻtkazdilar.

Toshkent moliya instituti “Oʻzbekiston tarixi” kafedra haftaliklari doirasida

2015-yil 2-mart kuniAyol borki – olam munavvar” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi. Tadbirda Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi mas’ul kotibi, shoir Rustam Musurmon, “Vatanparvar” gazetasining muxbiri, shoira Nargiza Asadova, “Kasbiy ta’lim” kafedrasi dotsenti Umida Aglayeva, Moliya-iqtisod fakulteti dekani Istam Kulliyev, dekan muovini Inom Jumaniyozov, “Oʻzbekiston tarixi” kafedrasi mudiri Shomansur Shayakubov, kafedra pedagog-xodimlari, Moliya-iqtisod, Moliyaviy menejment fakultetlari talabalari ishtirok etishdi.

2015-yil 1- mart kuni “Oʻzbekiston tarixi” kafedrasi pedagog-xodimlari tomonidan kafedra haftaligi doirasida Toshkent moliya instituti qoshidagi 1-sonli Talabalar turar joyida Giyohvandlik – davr vabosimavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir oʻtkazildi.

Tadbirda soʻzga chiqqan “Oʻzbekiston tarixi” kafedrasi professor-oʻqituvchilari Sh.Shayakubov, A.Mingnorov, F.Adilov, K.Mahmudovlar soʻnggi 100 yil davomida giyohvandlik insoniyat uchun yechib boʻlmas muammoga aylanganligi, bugungi kunda bu balo tobora koʻproq odamlarni oʻz domiga tortayotganligi, giyohvand moddalarga ruju qoʻyganlarning asosiy qismini yoshlar tashkil etayotganligi, giyohvandlik ogʻir jinoyatlarning sodir etilishiga, oilalar va millat genofondining buzilishiga sabab boʻlayotganligi, dunyoda 500 milliondan ortiq odam giyohvandlik dardiga yoʻliqqanligi, buning oqibatida har yili 200 mingdan ortiq kishi hayotdan koʻz yumayotganligi, shu bilan birga, jahonda sodir etilayotgan jinoyatlarning 57 foizi giyohvandlar hissasiga toʻgʻri kelayotganligi va shu kabi salbiy oqibatlarga alohida toʻxtalib, bu illatning xavf-xatarining oldini olishda ularning kundalik turmush tarzida so­gʻlom hayot kechirish, ongli faoliyatda boʻlish zarurligini ta’kidlab oʻtdilar.

“Oʻzbekiston tarixi” kafedrasi qoshidagi “Yosh tarixchi” ilmiy toʻgaragi faoliyati

 “Yosh tarixchi” ilmiy toʻgaragining rahbari S.Burxonova iqtidorli talabalar bilan ishlagan holda, iqtidorli talabalar bilan “Oʻzbekiston tarixi”ning turli mavzulari doirasida ilmiy-tadqiqot ishlari olib bormoqda.

“Moliya-iqtisod” fakulteti “Oʻzbekiston tarixi” kafedrasining “Yosh tarixchi” ilmiy toʻgaragi iqtidorli talabalar bilan ishlashni tashkil etish borasida quyidagi faoliyatlarni olib boradi:

  • iqtidorli talabalarni aniqlash va tanlash, moyilligiga qarab, ularni maqsadli tayyorlashni tashkil etish;
  • iqtidorli talabalar faoliyatini shakllantirish va rivojlantirish dasturini ishlab chiqish;
  • ta’lim olayotgan iqtidorli talabalarning intellektual salohiyatini davriy ravishda aniqlab borish;
  • iqtidorli talabalarni ilmiy tadqiqot ishlarni mustaqil ravishda bajarishga oʻrgatish;
  • iqtidorli talabalarni oʻquv reja doirasidagi mutaxassislik fanlari boʻyicha oladigan bilimlarini mustaqil ravishda ilmiy tadqiqot ishlarini bajarish negizida chuqur va mukammal egallashlariga shart-sharoitlar yaratish va koʻmaklashish.

 

 

BOG`LANISH

Toshkent Moliya Instituti

  • Manzil: 100000 Toshkent shahri, A.Temur ko`chasi 60A
  • Telefon: (8 371) 234-53-34
  • Faks: (8 371) 234-11-48
  • Email: admin@tfi.uz
  • Ishonch telefoni: (8 371) 235-77-66
  • Jamoat transporti: 10,17,19,24,38,51,60,67,72,93,115,140
  • Ish tartibi: 09:00 dan 18:00 gacha

Hozir saytda

Hisoblagich

uz certified

Top
We use cookies to improve our website. By continuing to use this website, you are giving consent to cookies being used. More details…