Welcome to Official web site of Tashkent institute of finance   Click to listen highlighted text! Welcome to Official web site of Tashkent institute of finance Powered By GSpeech

A- A A+

Statistika

Kafedra tarixi

Oʻzbekiston Respublikasida ilk bor “Statistika” kafedrasi 1931- yilda tashkil topgan. Kafedra vujudga kelgan davrdan boshlab koʻplab mashhur professor-oʻqituvchilar yetishib chiqdi, jumladan: V.I.Romanovskiy, V.N.Krilov, K.I.Eydelnant, I.I. Ivanov, F.F.Korrel, S.M.Yugenburg, A.I.Gazulov, E.A.Akramov, N.M.Sagatov, M.Ya.Xamrayev va boshqalar. Toshkent moliya instituti “Statistika” kafedrasi Toshkent xalq xoʻjaligi instituti bazasida 1991- yilda tashkil etilgan. 1991-2003- yillar davomida kafedraga i.f.n., professor M.Xamrayev mudirlik qilgan. 2003-2012 -yillar davomida kafedraga i.f.d., professor X.Shodiyev mudirlik qilgan.

Hozirgi kunda kafedrada 12 ta professor-oʻqituvchi, jumladan, 4 ta fan doktori, professor, 3 ta fan nomzodi va dotsentlar, 4 nafar katta oʻqituvchi va 1 nafar assistentlar faoliyat koʻrsatmoqda: i.f.n. Rashitova,i.f.d., i.f.d.., professor X.Shodiyev, i.f.d., professor Z.Toshmatov, t.f.d., professor I.Xabibullayev, i.f.n., professor X.Xujakulov, i.f.n., dotsent S.Abdullayev, i.f.n. M.Umarova, katta oʻqituvchilar M.Xadjayeva, A.Kalanova, Gʻ.Ismoilov, B.Utanov, assistent A.Jamaldinova

Oʻquv – uslubiy ishlar

Tasdiqlangan oʻquv rejaga muvofiq kafedra tomonidan bakalavriat ta’lim yoʻnalishlarida quyidagi fanlar oʻqitiladi:

  • Statistika
  • Moliya statistikasi
  • Milliy hisoblar tizimi

Kafedra professor-oʻqituvchilari tomonidan soʻngi besh yil davomida quyidagi darslik va oʻquv qoʻllanmalari chop etildi:

  1. Shodiyev X. Moliya statistikasi: darslik. – T.: IQTISOD-MOLIYA, 2010-y. Muallif  X.Shodiyev.
  2. Statistika: darslik. Iqtisod-moliya. 2012- y. Mualliflar prof. Abdullayev Yo., Qudratova O.
  3. Iqtisodiy matematik usullar va modellar. Oʻquv qoʻllanma.T.: Tafakkur boʻstoni, 2012-y. Muallif prof. Xabibullayev I.X.
  4. Statistika boʻyicha praktikum. Oʻquv qoʻllanma. – T.: Tafakkur boʻstoni, 2012-y. Mualliflar Shodiyev X.A. va kafedraning boshqa prof-oʻqituvchilari
  5. Statistika darslik. – T.: Tafakkur boʻstoni, 2013-y. Mualliflar Shodiyev X., Xabibullayev I., Maxmudov B., Rashitova N., Umarova M.
  6. Statistika boʻyicha praktikum. Oʻquv qoʻllanma. – T.: IQTISOD-MOLIYA, 2015-y. Mualliflar Shodiyev X.A. va kafedraning boshqa professor-oʻqituvchilari
  7. Milliy hisoblar tizimi: darslik. – T.: IQTISOD-MOLIYA, 2015-y. Mualliflar Qoraboyev A., Gʻoyibnazarov B., Rashitova N.

Kollej va litseylar bilan hamkorlik

Kafedra Toshkent bank kolleji, Toshkent bank, hisob-kredit kollejlari bilan oʻquv-uslubiy, ilmiy- ma’naviy-ma’rifiy faoliyat yuzasidan xamkorlik shartnomalari tuzgan. Kafedra professor-oʻqituvchilari oʻquv yili davomida kollejlarda muntazam ravishda ilmiy-metodik seminarlar, ochiq darslar, davra suhbatlari oʻtkazib kelishadi.

Kafedraning ilmiy-tadqiqot ishlari

Kafedrada ilmiy maktabni shakllantirishga, maktabning nufuzini oshirishga, ilmiy tadqiqotlar samardorligini oshirishga qaratilgan ishlar tizimli shaklda tashkil etilmoqda. Jumladan, kafedrada quyidagi mavzularda ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda: “Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyotida tarkibiy siljishlarni statistik baholashning metodologiyasini takomillashtirish” (N.Rashitova); “Byudjet-soliq statistikasini takomillashtirish muammolari” (I.Xabibullayev, B.Utanov); “Investitsion qarorlar qabul qilishda statistik ma’lumotlar bazasini takomillashtirish masalalari” (X.Shodiyev, A.Kalanova); “Oʻzbekiston Respublikasi mehnat bozori statistik koʻrsatkichlarini takomillashtirish masalalari” (M.Umarova).

Kafedraning ma’naviy va ma’rifiy ishlari

Kafedra professor- oʻqituvchilari tomonidan turli mavzularda kafedra haftaliklari oʻtkaziladi. Kafedra oʻqituvchilari tomonidan akademik guruhlarga murabbiylik ishlari olib boriladi, xususan, HBA-80 guruhda B.Utanov. Murabbiylar talabalarning ma’naviy yetuk boʻlib yetishishlari uchun oʻz hissalarini qoʻshmoqdalar.

Bog`lanish uchun ma'lumotlar:

Manzil: 100000, A.Temur shoh koʻchasi, 60a uy, Metroning “Minor” bekati.

Tel: (99871) 235-07-79

E-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

BOG`LANISH

Toshkent Moliya Instituti

  • Manzil: 100000 Toshkent shahri, A.Temur ko`chasi 60A
  • Telefon: (8 371) 234-53-34
  • Faks: (8 371) 234-11-48
  • Email: admin@tfi.uz
  • Ishonch telefoni: (8 371) 235-77-66
  • Jamoat transporti: 10,17,19,24,38,51,60,67,72,93,115,140
  • Ish tartibi: 09:00 dan 18:00 gacha

Hozir saytda

Hisoblagich

uz certified

Top
Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech
We use cookies to improve our website. By continuing to use this website, you are giving consent to cookies being used. More details…