Welcome to Official web site of Tashkent institute of finance   Click to listen highlighted text! Welcome to Official web site of Tashkent institute of finance Powered By GSpeech

Sug´urta ishi

Abdurahmonov Ilyos Xurshidovich

Qabul kunlari:

Kafedra tarixi

Sug‘urta sohasi bo‘yicha tayyorlanayotgan bakalavr va magistrlarga ta’lim berish sifati va samaradorligini yanada oshirish, bu borada o‘quv adabiyotlari va darsliklarining yangi avlodini yaratish zaruriyatidan kelib chiqqan holda institut Ilmiy kengashining 2004-yil 28-oktabrdagi 3-sonli qarori va mazkur qarorni ijro etish yuzasidan qabul qilingan institut rektorining 2004-yil 7-dekabrdagi 166-son buyrug‘iga asosan “Sug‘urta ishi” kafedrasi tashkil etildi. 2004-2013-yillar mobaynida i.f.n.dots. X.Shennayev, 2013-2015-yillarda i.f.n.dots. I.Ochilovlar kafedra mudiri sifatida faoliyat ko`rsatishgan. 2015-yildan boshlab hozirgi davrga qadar i.f.n.dots. I.Abdurahmonov kafedrani boshqarib kelmoqda.

Qisqa muddatda institut rahbariyatining amaliy ko‘magida kafedraning moddiy-texnika bazasi mustahkamlandi, komputer texnikasi va aloqa vositasi bilan ta’minlandi. Kafedraga ilmiy-pedagogik faoliyatni olib borish uchun institut magistraturasini tugatgan yosh mutaxassislar jalb etildi. Kafedra 5231200 -“Sug`urta ishi” bakalavriat ta‘lim yo‘nalishida o‘quv jarayonlarini olib boradi.

Kafedra respublikamiz oliy o‘quv yurtlari bilan bir qatorda, bir necha nufuzli xorijiy oliy o‘quv yurtlari bilan ham hamkorlik aloqalarini o‘rnatgan. Ular jumlasiga G.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti, M.Lomonosov nomidagi Moskva Davlat universiteti, Chexiya iqtisodiyot va menejment oliy maktabi, Chexiya Sentral Bogemiya universiteti va Buyuk Britaniyaning UIS kolleji shular jumlasidandir.

Kafedra pedagog-xodimlari hozirgi kunda dolzarb hisoblangan respublikamiz sug`urta tizimi faoliyatidagi mavjud muammolarni bartaraf etish borasida izlanishlar olib bormoqdalar.

O‘quv-uslubiy ishlar

56Kafedra ta’lim jarayoni kadrlar tayyorlash milliy dasturi, “Ta’lim to‘g‘risid”agi qonuni hamda boshqa me’yoriy hujjatlarga rioya qilingan holda tashkil etilgan. 5231200 – “Sug`urta ishi” ta’lim yo‘nalishi talabalariga tasdiqlangan o‘quv va ishchi-reja asosida o‘quv jarayoni tashkil etilgan bo‘lib, to`qqista fandan ta’lim jarayoni olib borilmoqda.

Kafedrada o‘qitiladigan fanlarning har biridan modul tizimiga asoslangan elektron majmualar, o‘quv-uslubiy majmualar, amaliy ish o‘yinlari, keys-stadilar, slaydlar, jadvallar va boshqa ko‘rgazmali qurollar tayyorlangan va ulardan o‘quv jarayonida keng foydalanilmoqda. Bundan tashqari har bir fandan modul tizimiga asoslangan elektron majmualar internet platformasiga joylashtirilgan. Kafedra pedagog-xodimlari o‘quv 7mashg‘ulotlarini olib borishda multimedia jihozlaridan, mavzular bo‘yicha8 ishlab chiqilgan Power Point formatidagi taqdimotlardan hamda boshqa komputer texnologiyalaridan, audio va video jihozlardan foydalanishmoqda.

Shuningdek, ma‘ruza va amaliy mashg‘ulot darslari respublikamizda amalda soliqlar va boshqa majburiy to‘lov turlarining hisoblanish uslubiyatini tavsiflovchi tarqatma materiallar, tahliliy jadvallar, slaydlar hamda ko‘rgazmali qurollardan foydalangan holda olib borilmoqda.

Ilmiy tadqiqot ishlari

204Ilmiy-tadqiqot yo‘nalishi kafedra faoliyatini eng asosiy va ajralmas qismi bo‘lgani holda, mazkur yo‘nalishdagi ishlarga kafedraning pedagog xodimlari, tadqiqotchi ilmiy xodimlari va izlanuvchilari jalb etilgan. Kafedrada olib borilayotgan ilmiy ishlar mavzulari institut Kengashi tomonidan tasdiqlangan. Ilmiy ishlarning qay darajada kechayotganligi va erishilayotgan natijalar kafedraning har oylik yalpi yig‘ilishlarida muhokama etib boriladi.

13Kafedra pedagog xodimlari faoliyatida respublika va xorij jurnallarida ilmiy maqolalar bilan chiqishlar alohida18 ahamiyatga ega bo‘lib, ularning har biri o‘zlarining ilmiy ish mavzularining dolzarb jihatlarini o‘zida mujassam etgan ilmiy maqolalari bilan chiqishlar qilmoqdalar. Xususan I.X.Abdurahmonov, X.M.Shennayev, I.G‘.Kenjayev, O.T.Yuldashev, Q.M.Qo‘ldoshev va Sh.A.Zakirxodjayevalar shular jumlasidandir. O‘tgan yili davomida kafedra pedagog-xodimlari tomonidan bir qator darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar chop etildi, masalan:

1.X.M. Shennayev, G.T. Xalikulova, I.Abdurahmonov.-“Tashqi iqtisodiy faoliyat 21sug‘urtasi”. Darslik. – T.: Cho‘lpon nomidagi NMIU, 2014-y.22

2.X.Shennayev, I.K.Ochilov, I.G‘.Kenjayev, S.E.Shirinov.–“Sug‘urta ishi”. O‘quv qo‘llanma. – T.: Iqtisod-moliya, 2014-y.

3.I.K.Ochilov, D.Sultanov – “Sug‘urta hisobi va hisoboti”. O‘quv qo‘llanma. – T.: Iqtisod-moliya, 2013-y.

4.X.M.Shennayev. – “O‘zbekiston sug‘urta bozori”. O‘quv qo‘llanma. – T.: Iqtisod-moliya, 2013-y.

5.X.M.Shennayev, I.G‘.Kenjayev.- “Chet mamlakatlar sug‘urtasi”. O‘quv qo‘llanma. – T.:Iqtisod-moliya, 2012-y.

6.X.M.Shennayev, G.T.Xalikulova. -“Sug‘urta marketingi”. O‘quv qo‘llanma. – T.: Iqtisod-moliya, 2012-y.

Akademik litsey va kasb hunar kollejlari bilan hamkorlik

Kafedra tomonidan akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muntazam ravishda ishlar olib borilmoqda va buning natijasi sifatida bugungi kunda to‘rtta kasb-hunar kolleji bilan uzoq muddatli hamkorlik shartnomalari imzolanilishiga erishildi. Bular: Toshkent Bank kolleji, Toshkent moliya-iqtisodiyot kolleji, Toshkent iqtisodiyot va servis kolleji hamda O‘rta Chirchiq qurilish va iqtisodiyot kasb-hunar kollejlaridir.

Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan 2015/2016-o‘quv yili uchun hamkorlik rejasi ishlab chiqilgan bo‘lib, ushbu rejaga ko‘ra mazkur o‘quv yilida kollejlarni turli o‘quv adabiyotlari hamda ko‘rgazmali materiallar bilan ta’minlash, yana ikkita kasb-hunar kolleji bilan hamkorlik shartnomasi imzolash, uchta kasb-hunar kollejida kafedra filialini tashkil etish, to‘rtta kasb-hunar kollejida kafedra o‘qituvchilari tomonidan ochiq darslar tashkil etish hamda institut bitiruvchilarini kasb-hunar kollejlariga ishga yo‘llash masalalarini amalga oshirish ko‘zda tutilgan bo‘lib, hozirda mazkur reja bo‘yicha ishlar amalga oshirilib borilmoqda.

Kafedra pedagogik va axborot texnologiyalardan keng ko‘lamda foydalanib kelmoqda. “Sug‘urta” fakulteti o‘quv binosining ikkinchi qavatida “Alskom” sug‘urta kompaniyasi, “Gross Insurance” sug‘urta kompaniyasi va “Kapital sug‘urta” sug‘urta kompaniyalarining zamonaviy axborot texnologiyalari bilan jihozlangan bo‘lib, unda kafedra pedagog-xodimlari, qolaversa, amaliyotdan jalb qilingan amaliyotchilar ma‘ruza va amaliy mashg‘ulotlar olib bormoqdalar.

Ma`naviy-ma`rifiy ishlar

Buyuk kelajagimizning haqiqiy ma’noda yaratuvchisi hisoblangan yoshlarni yuksak bilimli, zamonaviy texnologiyalarni mukammal egallagan, ayni paytda, tarixan tarkib topgan milliy qadriyatlarimizning asl durdonalarini o‘zida mujassam etgan komil inson, barkamol avlod sifatida voyaga yetkazish institut doirasida o‘tgan o‘quv yillari davomida olib borilgan ma’naviy-ma’rifiy ishlarning o‘zagini tashkil etadi

Kafedrada 12 nafar pedagog-xodim asosiy shtatda bo‘lib, shulardan 7 nafari “Sug‘urta” fakultetining akademguruhlariga murabbiy sifatida biriktirilgan. Har bir ustoz-murabbiy o‘z faoliyatiga mas’uliyat bilan yondoshib, “Ma’naviyat va ma’rifat” soatlarini ishchi rejaga asosan bugungi kunning dolzarb muammolarini bartaraf etishga harakat qilgan holda olib bormoqdalar.

Bog’lanish uchun ma’lumotlar:

Manzil: 100084, Toshkent, X.Asomov ko’chasi, 7-uy.

Tel.: (99871) 234-70-46.

E-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.">This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

 

 

 

 

 

 

BOG`LANISH

Toshkent Moliya Instituti

  • Manzil: 100000 Toshkent shahri, A.Temur ko`chasi 60A
  • Telefon: (8 371) 234-53-34
  • Faks: (8 371) 234-11-48
  • Email: admin@tfi.uz
  • Ishonch telefoni: (8 371) 235-77-66
  • Jamoat transporti: 10,17,19,24,38,51,60,67,72,93,115,140
  • Ish tartibi: 09:00 dan 18:00 gacha

Hozir saytda

Hisoblagich

uz certified

Top
Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech
We use cookies to improve our website. By continuing to use this website, you are giving consent to cookies being used. More details…