Falsafa va O’zbekistonda demokratik jamiyatni qurish nazariyasi va amaliyoti

Primov Muxiddin Narzullaevich

Falsafa fanlari nomzodi

Qabul kunlari:

 

 

Kafedra tarixi

Falsafa kafedrasi 1991-yilda tashkil etilgan. Falsafa kafedrasi negizida “O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti” hamda “Ma’naviyat asoslari” kafedralari ajralib chiqqan.

2011-yildan Toshkent moliya institutida “Falsafa va O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti” kafedralarining qo‘shilishi natijasida “Falsafa” va O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti” kafedrasi shakllantirildi. 1991-2014-yillar davomida quyidagi pedagog-xodimlar kafedraga rahbarlik qilishgan: f.f.d. prof. N.Mamatov, f.f.d. prof. N.Shodiyev, f.f.d. prof. Z.Davronov, f.f.n. dots. M.Primov, f.f.n. dots. E.Rasulev, f.f.d. prof. R.Hasanov, s.f.n. I.Masharipov. 2015-yildan kafedraga f.f.n. dots. M.Primov rahbarlik qilib kelmoqda. Hozirgi kunda kafedrada 22 nafar pedagog-xodim, jumladan, 2 nafar fan doktori, professor, 8 nafar fan nomzodi, dotsent, 7 nafar katta o‘qituvchi va 5 nafar o‘qituvchi faoliyat yuritmoqda.

O‘quv-uslubiy ishlar

Tasdiqlangan o‘quv rejasiga muvofiq kafedra tomonidan quyidagi fanlar o‘qitilmoqda:

Bakalavriatda:

  • Falsafa (etika, estetika, mantiq);
  • Sotsiologiya;
  • Milliy g‘oya: asosiy tushuncha va tamoyillar;
  • O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti;
  • Huquqshunoslik. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o‘rganish;
  • Ma’muriy va jinoyat huquqi.

Magistraturada:

  • Ma’muriy va xo‘jalik huquqi;
  • Milliy g‘oya: O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish strategiyasi.

Kafedraning innovatsion faoliyati

Bakalavriatning 1-kurs barcha yo‘nalishlari uchun “Huquqshunoslik. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o‘rganish” fanidan, 4-kurs barcha yo‘nalishlari uchun “Milliy g‘oya: asosiy tushuncha va tamoyillar” fanidan, magistraturaning 1-kursning barcha mutaxassisliklari uchun “Milliy g‘oya: O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish strategiyasi” fanidan ma’ruzalar multimedia asosida tashkil etilgan.

Ilmiy-uslubiy ishlar

Kafedra pedagog-xodimlari o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha 3 ta darslik, 15 dan ortiq o‘quv qo‘llanma, 15 ta uslubiy qo‘llanma yaratganlar: Sharifxo‘jayev M., Shodiev N. va boshqalar. “O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti”. TMI, T., - 2004. E.Rasulev, V.Igoshin, A.Sultonova “Etika, estetika, logika”. Uslubiy qo‘llanma. TMI. 2015. R.Umarova. Sotsiologiya. O‘quv qo‘llanma. «Iqtisod-moliya», T., 2010. Hasanov R., Raximov S. va boshqalar. Milliy g‘oya: asosiy tushuncha va tamoyillar. O‘quv qo‘llanma. TMI. T., 2012. M.Qirg‘izboyev “O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti”. O‘quv qo‘llanma. «Navro‘z». 2014. O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyasini o‘rganish. O‘quv qo‘llanma. A.Qurbonov. «Iqtisod-moliya», T., 2009. M.X.Kadirova “Ma’muriy, jinoyat huquqi va protsessi”. TMI. 2015. A. Abdullayev Ta’lim va tarbiya jarayonlarining falsafiy-metodologik asoslari. TMI. 2014.    


Ilmiy tadqiqot ishlari

Kafedraning pedagog-xodimlari tomonidan 600 dan ortiq ilmiy maqola, monografiya va risolalar chop etildi: T.Norboyev. “O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning ijtimoiy-falsafiy muammolari”. Monografiya. TMI. 2014; Primov M. Davlat budjeti ustidan parlament nazorati: siyosiy partiyalar fraksiyasining pozisiyasi // Fuqarolik jamiyati jurnali, 2011; Z.Davronov “Fan, ta’lim, ma’naviyat fidoyilari”. T.: 2011; Norboyev T. “Fuqarolik jamiyati: ijtimoiy falsafiy ildizlari”//TMI. 2014; Rasulev E, “Nauka kak sotsialniy institut”.// “Falsafa va huquq”. №1. 2009; Abdullayeva G. “Globallashuv va intellektual resurslar”//“Muhofaza” №4. 2009; Parmanov F. Yoshlar siyosatida migratsiya jarayonini boshqarishning tashkiliy asoslari // Ijtimoiy fikr. Inson huquqlari jurnali 2014.

Ma’naviy-marifiy ishlar

Kafedra a’zolari o‘quv yili mobaynida ma’naviy-ma’rifiy, siyosiy-huquqiy va diniy mavzular bo‘yicha kafedra haftaliklarini talabalar uylarida va fakultetlarda o‘tkazib kelmoqdalar. Shu bilan birga kafedraning yetakchi pedagog-xodimlari respublikaning turli viloyatlarida bo‘lib, aholi o‘rtasida respublikaning ichki va tashqi siyosatiga taalluqli mavzularda ma’ruzalar o‘qiydilar. Tajribali pedagog-xodimlar respublika miqyosidagi o‘quv markazlarida m’anaviy-ma’rifiy tadbirlarda ma’ruzalari bilan ishtirok etishadi.

Kafedraning pedagog-xodimlari institutda olib borilayotgan barcha tashkiliy ishlarda faol ishtirok etadilar. Ular tomonidan respublikada ko‘zga ko‘ringan olim, shoir, mas’ul xodimlar, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari bilan uchrashuvlar tashkil etiladi. Bu ishlarning samaradorligini yanada oshishida kafedraning pedagog-xodimlari M.Primov, T.Norboyev, E.Rasulev, A.Abdullayev, A.Sultonova, A.Raxmonov va boshqa pedagog-xodimlari faol ishtirok etib kelmoqdalar.

Bog‘lanish uchun ma’lumotlar:

Manzil: 100000, Amir Temur shoh ko‘chasi, 60-A uy.

Tel: (99871) 235-16-64

Email: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

BOG`LANISH

Toshkent Moliya Instituti

  • Manzil: 100000 Toshkent shahri, A.Temur ko`chasi 60A
  • Telefon: (8 371) 234-53-34
  • Faks: (8 371) 234-11-48
  • Email: admin@tfi.uz
  • Ishonch telefoni: (8 371) 235-77-66
  • Jamoat transporti: 10,17,19,24,38,51,60,67,72,93,115,140
  • Ish tartibi: 09:00 dan 18:00 gacha

Hozir saytda

Hisoblagich

uz certified

Top
We use cookies to improve our website. By continuing to use this website, you are giving consent to cookies being used. More details…