Rektor

newrector

Xaydarov Nizomiddin Xamrayevich

Iqtisod fanlari doktori, professor

Boglanish uchun ma’lumotlar:

Qabul vaqti: Har kun: 08:00-11:00

Tel: (99871) 2345334

E-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.    Virtual qabulxona

Xaydarov Nizomiddin Xamrayevich 1962 yilda Samarqand viloyatida tug’ilgan. Oliy iqtisodiy ma’lumotga ega. Iqtisod fanlari doktori, professor. 1981 - 1983 yillarda harbiy xizmatda bo’lgan.1988 yilda Toshkent xalq-xo’jaligi institutini “Moliya va kredit” mutaxassisligini tugatgan. O’qishni bitirib ayni shu institutning “Moliya” kafedrasida assistent lavozimida ishlagan. 1993 yili Sankt-Peterburg iqtisodiyot va moliya universitetining kunduzgi aspiranturasini muvoffaqiyatli tamomlab, «Финансовое обеспечение инвестиционной деятельности предприятия (на примере предприятий с иностранными инвестициями)» mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini muvoffaqiyatli himoya qilgan va iqtisod fanlari nomzodi ilmiy darajasiga ega bo’lgan. 1994–1996 yillar mobaynida TDIU “Moliya va baholarni shakillantirish” kafedrasida katta o’qituvchi va dotsent lavozimlarida faoliyat ko’rsatgan. 1996–1997 yillarda O’zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasida “Moliya” fakultetida dekan lavozimida ishlagan. 1998–2006 yillarda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasida “Moliya, kredit va valuta munosabatlari” kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat yuritgan. 2003 yili “Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida korxonalar investitsiya faoliyatidagi moliya-soliq munosabatlarini takomillashtirish masalalalri (xorijiy investitsiyali korxonalar misolida)” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini muvoffaqiyatli himoya qilgan.2006–2008 yillarda TMIning “Moliya” kafedrasi mudiri. 2008-2010 yillarda “Moliya-iqtisod” fakulteti dekani lavozimida ishlagan. 2008 yildan “Moliya” ilmiy, 2013 yildan “Iqtisod va moliya” ilmiy-amaliy jurnallariining tahririyat kengashining a’zosi. 2013 yildan O’zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi huzuridagi 16.07.2013.I.31.01 raqamli ilmiy kengashning a’zosi.Xorijiy davlatlardan: AQSH, Yaponiya, Janubiy Koreya, Turkiya, Germaniya, Gollandiya, Hindiston hamda Belgiyada ilmiy va pedagogik faoliyati bo’yich malaka oshirib kelgan. 2015 yilda O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’limi vazirligi huzuridagi Bosh ilmiy metodik-markazda “Ta’lim sifati menejmenti” yo’nalishi bo’yicha malaka oshirgan. 2010 yilning 25 iyunidan Toshkent moliya instituti ilmiy ishlar bo’yich prorektori lavozimida faoliyat ko’rsatgan. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining №311 Qarori bilan 2017 yilning 23 mayidan Toshkent moliya instituti rektori lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

Rektorning vazifalari:

1. O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident qarorlari, Oliy Majlis palatalari va Vazirlar Mahkamasining ta’lim va yosh avlodni tarbiyalash sohasidagi qarorlarini ijrosini ta’minlashni tashkil etish. 2. Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi tadbirlarini bosqichma-bosqich amalga oshirishda Davlat ta’lim standartlari bajarilishini ta’minlash. 3. Xodimlarning mehnatini, ta’lim oluvchilarning o‘qishini tashkil etish, o‘qish sifatini oshirish hamda mehnat unumdorligini yuksaltirish, shuningdek qonun hujjatlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda, mehnat shartnomasida, to‘lov-kontrakt asosida mutaxassis tayyorlash bo‘yicha kontraktda ko‘zda tutilgan shart-sharoitlarni yaratish. 4. Xodimga u bajargan ish uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash shartlariga muvofiq o‘z vaqtida va to‘liq hajmda haq to‘lash hamda ta’lim oluvchilar stipendiyalarini belgilangan muddatda berilishini ta’minlash. 5. Mehnat, ijro va o‘quv intizomini, mehnatni muhofaza qilish shart-sharoitini ta’minlash. 6. Qonunchilikda ko‘zda tutilgan tartibga muvofiq xo‘jalik va moliya-iqtisodiyot faoliyatini boshqarish, ta’lim, institutning barcha moddiy-texnik bazasi va mol-mulkini saqlash va ulardan samarali foydalanish hamda moliya-xo‘jalik faoliyat natijalari bo‘yicha qabul qilingan qarorlar bo‘yicha to‘liq javob berish. 7. Qonunchilikda va institut Ustavida belgilangan vakolat doirasida moliya-xo‘jalik faoliyat bilan bog‘liq masalalarni hal etish, faoliyatning ba’zi yo‘nalishlari bo‘yicha mas’ul o‘rinbosarlari va bo‘linmalar boshliqlarini mas’ul deb belgilash hamda ular tomonidan yuklatilgan vazifalarni bajarilishini ta’minlash. 8. Qonunchilikka, jamoa va mehnat shartnomasiga muvofiq xodimlar tomonidan dam olish huquqini amalga oshirishni, ularga kafolatli va badal to‘lovlari to‘lanishni ta’minlash.9.Mehnat majburiyatlarini bajarishi munosabati bilan unga yetkazilgan zarar uchun xodimga haq to‘lash.10. Xodimlar hamda ta’lim oluvchilarning vakolatli organlari (jumladan, kasaba uyushmasi) huquqlariga rioya qilish, ularning faoliyatiga ko‘maklashish, mehnat, o‘qish va ijtimoiy-iqtisodiy masalalar bo‘yicha muzokaralar olib borish. 11. Mehnat Kodeksiga muvofiq jamoa shartnomalarini tuzish.12. O‘quv tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish, mehnat va o‘quv madaniyati va intizomi, ta’lim sifatini ko‘tarilishiga erishish, xodimlarning kasb mahoratini yuksaltirish.13. Xodimlar uchun kasbiy tayyorgarlik, boshqa kasbga o‘rgatish, malaka oshirish ishlarini olib borish. 14. Professor-o‘qituvchilarning «Iste’dod» jamg‘armasi, Davlat grantlari va talabalarni Davlat va nomdor stipendiyalari, jamoat tashkilotlari ko‘rik tanlovlarida qatnashishini tashkil qilish.15. Institut Kengashi, Vasiylik hamda ixtisoslashgan kengashlariga rahbarlik qilish.16. Fakultetlar va kafedralarni, boshqa tarkibiy bo‘lim va bo‘linmalarini boshqarish.17. Qonunchilikda ko‘zda tutilgan tartibga muvofiq nogiron xodimning mehnat qilish huquqini amalga oshirishini ta’minlash, nogiron bilan mehnat shartnomasi tuzishdan yoki xizmat yuzasidan uni yuqori lavozimga ko‘tarishdan bosh tortishga, ma’muriyat tashabbusi bilan ishdan bo‘shatishga, nogironligi uchun uni o‘z roziligisiz boshqa ishga o‘tkazishga yo‘l qo‘ymaslik (tibbiy-ijtimoiy ekspertizaning xulosasiga ko‘ra nogironning salomatligi bu kasb vazifalarini bajarishga monelik qilgan yoki nogironning yohud boshqa kishilarning salomatligi va mehnat xavfsizligiga tahdid qilgan hollar bundan mustasno). 18. Mehnat jamoasini moddiy-texnik resurslar va moliyaviy mablag‘lar bilan o‘z vaqtida ta’minlab borish, institutning moliyaviy ahvoli haqida mehnat jamoasini muntazam xabardor qilish. 19. Barcha xodimlar mehnat ta’tilini belgilangan tartibda rasmiylashtirish.20. Institut kasaba uyushmasi bilan hamkorlik qilish, o‘zaro takliflar va talablarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish. 21. Xodim o‘z mehnat vazifalarini bajarishi bilan bog‘liq holda mehnatda mayib bo‘lishi, kasb kasalligiga chalinishi yoki sog‘lig‘ining boshqacha tarzda shikastlanishi munosabati bilan uning hayoti yoki sog‘lig‘iga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash bo‘yicha o‘z fuqarolik javobgarligini O‘zbekiston Respublikasining «Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida»gi Qonunda belgilangan shartlar asosida va tartibda sug‘urtalash.22. O‘zbekiston Respublikasi «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida»gi Qonuniga muvofiq fuqarolarning yozma va og‘zaki, yohud elektron shakldagi murojaatlarini belgilangan tartibda va muddatda xolisona ko‘rib chiqishni ta’minlash.23. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga prorektor, dekan lavozimlariga nomzodlarni o‘rnatilgan tartibda kiritish hamda ularning buyruqlari bilan tayinlangan (dekanlar uchun - kelishilgan) nomzodlar bilan mehnat shartnomasini tuzish.24. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 yanvardagi «Ijro intizomini mustaxkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 12-sonli karoriga muvofiq institut xodimlari tomonidan ijro intizomiga rioya etish hamda xodimlar tomonidan ijro intizomiga qat’iy rioya etilishini ta’minlash.

O'quv ishlari bo’yicha prorektor

Qo‘ziyev Islomjon Ne’matovich

Iqtisod fanlari nomzodi, dotsent

Bog’lanish uchun ma’lumotlar:

Qabul vaqti: Har kuni: 09:00 -17:00

Tel: (99871) 2349032

E-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.   Virtual qabulxona

O'quv ishlari bo'yicha prorektorning vazifalari:

1. O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari va farmoyishlari, Oliy Majlis palatalari va Vazirlar Mahkamasining ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarini, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining normativ-huquqiy hujjatlarini, ko‘rsatmalarini bajarilishini ta’minlash. 2. Davlat ta’lim standartlari asosida ta’lim jarayonini tashkil etish va malakali kadrlar tayyorlashni ta’minlash, davlat ta’lim standartlariga muvofiq bilimlar mazmuni va tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan talablar majmuasini barcha dekanlar, kafedra mudirlari va pedagog kadrlar tomonidan to‘liq o‘zlashtirilishini tashkil etish. 3. O‘quv jarayonlariga oid masalalar bo‘yicha institut Kengashi qarorlari va rektor buyruqlarining bajarilishini tashkil qilish.4. TDunyo mamlakatlari ta’lim tizimining rivojlanish tendensiyalarini o‘rganish, «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonunda, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va boshqa ta’limga oid normativ-huquqiy hujjatlarda ko‘rsatilgan vazifalarni amalga oshirish borasidagi uslub va vositalarini ishlab chiqilishini tashkil etish va ularni amalga oshirilishini ta’minlash. 5. Ta’lim-tarbiya jarayonida o‘qitishning ilg‘or shakllarini, yangi pedagogik va axborot-kommunikatsion texnologiyalardan samarali foydalanishni tashkil etish. 6. Uzluksiz ta’lim tizimi uchun yangi avlod o‘quv adabiyotlarini yaratish konsepsiyasi talablariga muvofiq darsliklar va o‘quv-metodik adabiyotlar yaratilishi, tarjima qilinishini, darslik, o‘quv-uslubiy majmualar ta’minoti bo‘yicha nashriyot ishlarini tashkil etish.7. Barcha ta’lim yo‘nalishlarini o‘quv reja va dasturlari bilan ta’minlash. 8. O‘quv-uslubiy kengashga rahbarlik qilish, o‘quv jarayonini ta’minlaydigan bo‘limlar, dekanatlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish.9.O‘quv uslubiy boshqarma, fakultet va kafedralar ish rejalarini tasdiqlash va ularning bajarilishiga rahbarlik qilish.10. Talabalarning malakaviy amaliyotini tashkil etish. 11. Darslar sifatini oshirish, professor-o‘qituvchilar tomonidan shaxsiy ish rejalari bajarilishi ustidan nazorat olib borish.12. O‘quv rejalarini takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash.13. O‘quv va uslubiy konferensiyalarni tashkil etish, zamonaviy o‘quv-uslubiy tajribalarni umumlashtirish va ommalashtirish. 14. Ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor bilan birgalikda talabalarni Respublika va xalqaro miqyosdagi olimpiada tanlovlariga maqsadli tayyorlash, olimpiada natijalarini tahlil qilish, talabalarni Prezident va davlat stipendiyalariga tayyorlash ishlarini uzluksiz shaklda tashkil etish va boshqarish.15. Talabalar bilimini baholashning reyting tizimini tatbiq etish, talabalar bilimlarini ob’ektiv baholashni tashkil etish.16. Fanlarni o‘zlashtirmayotgan talabalarni institutdan chetlashtirish, o‘qishdan chetlashtirilganlarni o‘rnatilgan tartibda qayta tiklash, talabalarni kursdan kursga o‘tkazish, stipendiya tayinlash ishlarini tashkil etish hamda nazoratini olib borish.17. O‘quv mashg‘ulotlari jadvalini tuzish, tasdiqlash va bajarilishini nazorat etish, kafedralar o‘quv yuklamalari va yillik hisobotlarini tahlil qilish va o‘quv jarayonini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish.18. Talabalarni mustaqil ta’lim olishlari uchun innovatsion usul va vositalarini tatbiq etishni tashkil qilish. 19.Professor-o‘qituvchilar va o‘quv ishiga yordamlashuvchi xodimlar shtatlari bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish, kafedralar, bo‘limlarni malakali kadrlar bilan ta’minlash ishlarini tashkil etish, kafedra mudiri va fakultet dekani lavozimlariga istiqbolli yoshlarni maqsadli tayyorlashni tashkil etish.20.Pedagog kadrlar vakant lavozimlariga tanlov asosida ishga qabul qilishni tashkil etish, katta ilmiy xodim izlanuvchi va magistrlarni ishga qabul qilish bo‘yicha takliflar tayyorlash.21. O‘quv auditoriyalaridan unumli foydalanish yuzasidan takliflar ishlab chiqish.22. Kam ta’minlangan, ko‘p bolali oilalardan chiqqan talabalarning moddiy ahvoli haqidagi ma’lumotlarni olish va ularni ijtimoiy muhofaza qilish bo‘yicha muntazam ish olib borish.23. Birinchi kursga talabalikka qabul qilish ishlarini tashkil qilish, fakultet dekanlari tomonidan tayyorlangan talabalarni o‘qishdan chetlashtirish, akademik ta’til berish to‘g‘risidagi institut rektori buyruqlari loyihalarini ko‘rib chiqish.24. Institut Kengashi rejasi asosida o‘quv jarayoniga tegishli masalalarni belgilangan muddatda sifatli tayyorlashni tashkil qilish.25.Talabalar malakaviy amaliyotlarini tashkil etish va o‘quv ishlarni ishlab chiqarish korxonalari bilan integratsiyasini tashkil etish.26. O‘quv-uslubiy hisobotlarni belgilangan shakllarda rektoratga taqdim etilishini ta’minlash.27.O‘quv jarayonini samarali va sifatli tashkil etish bo‘yicha kafedralar faoliyatini nazorat etish.28. Mehnat va o‘quv intizomini buzgan pedagoglarga nisbatan chora ko‘rish va ular bilan shartnomani bekor qilish bo‘yicha takliflar tayyorlash.29. Kafedralar va fakultetlarning yillik faoliyati bo‘yicha hisobotlarini tahlil qilish va xulosalar chiqarish, professor-o‘qituvchilarning o‘quv-uslubiy faoliyatini zamonaviy usullarda baholashni amalga oshirish.30. Oliy ta’lim muassasalari bilan o‘quv-uslubiy yo‘nalishda doimiy hamkorlikni amalga oshirish, konferensiya, seminarlarda professor-o‘qituvchilarning faol ishtirokini ta’minlash, mahalliy hokimiyatlar bilan hamkorlikda ishlash. 31.Institutni o‘rnatilgan tartibda doimiy ichki attestatsiyadan o‘tkazish, tashqi attestatsiyaga tayyorlash va o‘tkazishda faol ishtirok etish.32. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 yanvardagi 12-sonli «Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq ijro intizomiga, mehnat va o‘quv intizomiga, mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasiga doir qoidalar, institutning Ustavi, Ichki tartib qoidalari, institut Kengashi qarorlari, rektor buyruqlari hamda ta’lim tizimiga doir normativ-huquqiy hujjatlarda quyilgan maqsad va vazifalarga, shuningdek, o‘zining xizmat vazifalariga rioya etish kabi vazifalarni amalga oshiradi.

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektor

Muxamedov Farxod Tursunbayevich

Iqtisod fanlari nomzodi, dotsent

 Bog’lanish uchun ma’lumotlar:

Qabul vaqti: Payshanba: 14:00-16:00, Shanba: 10:00-13:00

Tel: (99871) 2345334

E-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.   Virtual qabulxona

Muxamedov Farxod Tursunbaevich 1983 yil 10 sentyabrda Sirdaryo viloyati, Sirdaryo tumanida xizmatchi oilasiga tavallud topgan, millati o’zbek, ma’lumoti oliy, oilali. F.Muxamedov 2004 yildaToshkent Moliya institutining “Moliya-iqtisod” fakultetini, 2006 yilda shu institutning magistraturasini “Qimmatli qog’ozlar va birjaishi” mutaxassisligi bo’yicha bitirgan. U 2007 yildaToshkent moliya instituti “Qimmatli qog’ozlar bozori” kafedrasida assistent, 2007-2012 yillarda “Moliya injiniringi va bozorlar” kafedrasida assistent, katta o’qituvchi va Magistratura bo’limi boshlig’ining ilmiyishlar bo’yicha muovini lavozimlarida ishladi. 2012-2014 yillardaToshkent davlat iqtisodiyot universitetining “Davlat moliyasi va soliqlar” kafedrasi katta o’qituvchisi, dotsenti, “Biznes” fakulteti dekan muovini, 2014 yil 26 iyundan “Menejment” fakulteti dekani lavozimlarida ishladi. F.Muxamedov 2014 yil 26 avgustdan Toshkent moliya institutining Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektori etib tayinlandi.F.Muxamedov pedagogik faoliyatini olib borish bilan birgalikda 2012 yilda “O’zbekistonda qimmatli qog’ozlar savdo tizimlarini takomillashtirish” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi va iqtisod fanlari nomzodi ilmiy darajasini oldi. O’tgan davr mobaynida F.Muxamedovning hammualliflikda yaratilgan 7 ta o’quv qo’llanmasi nashr etilgan hamda 30 dan ortiq maqola va tezislari chop etilgan. F.Muxamedov 2014 yilda Chexiyaning Life Scinces universitetida malaka oshirgan. F.Muxamedov oilali, ikki nafar farzandi bor.

Ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha prorektorning vazifalari:

 

Moliyaviy-iqtisodiy ishlar boyicha prorektor

Urazaliev Kamoliddin Tajikulovich

Bog’lanish uchun ma’lumotlar:

Qabul vaqti: Dushanba, Chorshanba, Juma: 10:00-12:00; Seshanba, Payshanba, Shanba: 14:00-16:00;

Tel: (99871) 2355331

E-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.  Virtual qabulxona

 

 

Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash bo’yicha prorektor

Shennaev Xo’jayor Musurmanovich

Iqtisod fanlari nomzodi, dotsent

Bog’lanish uchun ma’lumotlar:

Qabul vaqti: Dushanba, Chorshanba, Juma: 14:00-16:00; Seshanba, Payshanba, Shanba: 10:00-12:00;

Tel: (99871) 2345334

E-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.    Virtaul qabulxona

 

BOG`LANISH

Toshkent Moliya Instituti

  • Manzil: 100000 Toshkent shahri, A.Temur ko`chasi 60A
  • Telefon: (8 371) 234-53-34
  • Faks: (8 371) 234-11-48
  • Email: admin@tfi.uz
  • Ishonch telefoni: (8 371) 235-77-66
  • Jamoat transporti: 10,17,19,24,38,51,60,67,72,93,115,140
  • Ish tartibi: 09:00 dan 18:00 gacha

Hozir saytda

Hisoblagich

uz certified

Top
We use cookies to improve our website. By continuing to use this website, you are giving consent to cookies being used. More details…