Toshkent moliya instititutida “BITIRUVCHI - 2017” tantanali tadbiri bo‘lib o‘tdi

2016-2017 o‘quv yilida Toshkent moliya institutini muvaffaqiyatli tamomlagan bakalavr va magistrlarga diplomlarni topshirishga bag‘ishlangan “Bitiruvchi – 2017” tantanali tadbiri institut bosh binosida bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligi boshlig‘i o‘rinbosari – Nurmuxamedov Farxod Xasanovich, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki Kadrlar bilan ishlash departamenti boshlig‘i – Erdanayev Aliqul Xalimovich, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “Buxgalteriya hisobi va audit uslubiyoti” bo‘limi boshlig‘i – Qosimov Xasan Abdusalomovich,

“Gross Insuranse” Sug‘urta kompaniyasi bosh direktori – Abdusattorov Abduaziz Abdusalomovich, Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi ijro etuvchi direktorining birinchi o‘rinbosari – Ziyadullayev Maxmudjon Djurakulovich va bitiruvchilarning ota-onalari ishtirok etishdi.

Toshkent moliya instituti respublikamiz bank-moliya sohasi uchun yuqori kasbiy tayyorgarlikka ega bo‘lgan kadrlar tayyorlovchi oliy o‘quv yurti bo‘lib hisoblanadi. Bugungi kunda Toshkent moliya instituti tomonidan tayyorlangan kadrlar respublikamiz iqtisodiyotining barcha sohalarida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

Tadbirda barcha bitiruvchi bakalavr va magistrlarga diplomlar tanatanali ravishda taqdim etildi.

BOG`LANISH

Toshkent Moliya Instituti

  • Manzil: 100000 Toshkent shahri, A.Temur ko`chasi 60A
  • Telefon: (8 371) 234-53-34
  • Faks: (8 371) 234-11-48
  • Email: admin@tfi.uz
  • Ishonch telefoni: (8 371) 235-77-66
  • Jamoat transporti: 10,17,19,24,38,51,60,67,72,93,115,140
  • Ish tartibi: 09:00 dan 18:00 gacha

Hozir saytda

Hisoblagich

uz certified

Top
We use cookies to improve our website. By continuing to use this website, you are giving consent to cookies being used. More details…