“Oliy ta’lim muassasasining eng yaxshi pedagogi” tanlovi institut bosqichi g‘oliblariga faxriy yorliqlar topshirildi

2017 yil aprel-may oylarida “Oliy ta’lim muassasasining eng yaxshi pedagogi” tanlovining institut bosqichi o‘tkazilgan va uning natijalari institut Kengashining 2017 yil 1 iyun o‘tkazilgan Kengashida atroflicha muhokama etilgan edi.

Institut rektorining 2017 yil 21 iyundagi 328-son buyrug‘iga muvofiq “Mutaxassisligi bo‘yicha eng yaxshi pedagog”, “Eng yaxshi pedagog-tadqiqotchi”, “Innovatsiya va axborot texnologiyalarini qo‘llaydigan eng yaxshi pedagog” nominatsiyalari bo‘yicha tanlovning institut bosqichida 1, 2, 3-o‘rinlarni egallagan pedagog xodimlar institut faxriy yorlig‘i bilan taqdirlandi hamda tegishli ravishda, egallab turgan lavozimiga ko‘ra shtat bo‘yicha maoshining 1; 0,75; va 0,5 koeffitsenti miqdoridagi pul mablag‘lari bilan moddiy rag‘batlantirildi.

2017 yil 3 iyul kuni institut Kengashida institut rektori, iqtisod fanlari doktori, professor N.Xaydarov “Oliy ta’lim muassasasining eng yaxshi pedagogi” tanlovining institut bosqichi g‘oliblariga faxriy yorliqlarni tantanali ravishda topshirdi.

BOG`LANISH

Toshkent Moliya Instituti

  • Manzil: 100000 Toshkent shahri, A.Temur ko`chasi 60A
  • Telefon: (8 371) 234-53-34
  • Faks: (8 371) 234-11-48
  • Email: admin@tfi.uz
  • Ishonch telefoni: (8 371) 235-77-66
  • Jamoat transporti: 10,17,19,24,38,51,60,67,72,93,115,140
  • Ish tartibi: 09:00 dan 18:00 gacha

Hozir saytda

Hisoblagich

uz certified

Top
We use cookies to improve our website. By continuing to use this website, you are giving consent to cookies being used. More details…