Toshkent moliya instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.27.06.2017.I.17.01 raqamli Ilmiy kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

2017-yil 22-iyul soat 10.00 da Toshkent moliya institutida Toshkent moliya instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.27.06.2017.I.17.01 raqamli Ilmiy kengashning 1-son majlisi bo‘lib o‘tdi.

Majlisni Ilmiy kengash raisi, Toshkent moliya instituti rektori, iqtisodiyot fanlari doktori, professor N.X.Xaydarov olib bordi.

Ushbu majlisda ikkita masala ko‘rildi:

  1. Ilmiy kengash ishini tashkil etish va undan kelib chiqadigan vazifalar haqida;
  2. Turli masalalar.

Birinchi masala yuzasidan Kenash raisi tomonidan Toshkent moliya instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.27.06.2017.I.17.01 raqamli Ilmiy kengashni tashkil etish bo‘yicha Oliy attestatsiya komissiyasining qarori o‘qib eshittirildi. Shundan so‘ng “Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash to‘g‘risida”gi Nizom talablari atroflicha tanishtirildi va Ilmiy kengash a’zolari tomonidan Nizomga asosan Ilmiy kengash ishini tashkil etishga oid masalalar atroflicha muxokama qilindi.

Keyin yetakchi tashkilotlar tarkibi ro‘yxatini shakllantirish muxokama qilindi.

Majlis so‘ngida kun tartibidagi masalalar yuzasidan Ilmiy kengash tomonidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Ilmiy kengash yig‘ilishida institutning doktorantlari va mustaqil izlanuvchilari ham qatnashdi.

BOG`LANISH

Toshkent Moliya Instituti

  • Manzil: 100000 Toshkent shahri, A.Temur ko`chasi 60A
  • Telefon: (8 371) 234-53-34
  • Faks: (8 371) 234-11-48
  • Email: admin@tfi.uz
  • Ishonch telefoni: (8 371) 235-77-66
  • Jamoat transporti: 10,17,19,24,38,51,60,67,72,93,115,140
  • Ish tartibi: 09:00 dan 18:00 gacha

Hozir saytda

Hisoblagich

uz certified

Top
We use cookies to improve our website. By continuing to use this website, you are giving consent to cookies being used. More details…