OCHIQ ESHIKLAR KUNI

OCHIQ ESHIKLAR KUNI

  Toshkent shahri Yashnabod tumani Xalq ta’limi bo’limiga qarashli 215-sonli umumta’lim maktabida Oliy ta’lim muassasalari xodimlari bilan “Maktab va oliy ta’lim integratsiyasi” shiori ostida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil etildi.

 

  Ushbu tadbirda Yashnabod tumanida joylashgan maktablarning bitiruvchi sinf o‘quvchilarini oliy ta’lim muassasalariga kirishlarini rag’batlantirish va kasbga yo‘naltirish maqsadida Toshkent moliya institutining ko’rgazmasi tashkil etilib, institut rahbarlari bilan maktab jamoasi o’rtasida davra suhbati o’tkazildi.

 

   O’quv ishlari bo’yicha prorektor Tuychiyev Alisher Jo'rayevich tomonidan o’tkazilgan “Master klass” soati o’quvchilarni o’quv jarayoni va qabul tizimiga oid o’ylantirayotgan savollariga javob bo’la oldi.

 

 

18:06 / 2021-04-16
Success helper
Success warning