Welcome to Official web site of Tashkent institute of finance   Click to listen highlighted text! Welcome to Official web site of Tashkent institute of finance Powered By GSpeech

A- A A+

Toshkent moliya institutining “Kredit-iqtisod” fakulteti 2-kurs talaba-yoshlari o‘rtasida “Munozara” bellashuvi tashkil etildi

Joriy yilning 26-oktabr kuni Toshkent moliya instituti “Kredit-iqtisod” fakulteti 2-kurs, KBI-90 va KBI-91 guruh talaba-yoshlari o‘rtasida “O‘quv formasi o‘quv jarayoni uchun muhim” mavzusida “Munozara” bellashuvi O‘zbekiston yoshlar ittifoqi fakultet sardori va Kengash a’zolari tashabbusi bilan tashkil etildi.

“Munozara” bellashuvidan ko‘zlangan asosiy maqsad, yoshlar e’tiborini zamonaviy hayotga oid eng dolzarb masalalar ustida baxs olib borishga, o‘zgalarning fikriga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo‘lishga o‘rgatish, yoshlarni muommolar ustida tahliliy va tanqidiy fikrlashini rivojlantirish hamda dunyoqarashini kengaytirishdan iborat.

“O‘quv formasi o‘quv jarayoni uchun muhim” mavzusida tashkil etilgan “Munozara” bellashuvida KBI-90 guruhida tahsil olayotgan 3 nafar talaba-yoshlardan tashkil topgan jamoa “Tasdiq” pozitsiyasida, KBI-91 guruhida tahsil olayotgan 3 nafar talaba-yoshlardan tashkil topgan jamoa “Inkor” pozitsiyasida ishtirok etishdi. “Tasdiq” va “Inkor” jamoa a'zolari vazifalariga ko‘ra fikrini to‘liq ifoda etishi, mavzuga doir keltirgan isbotlari, muloqot davomida ishlatgan dalili va tegishli aniq misollarni keltirishi va o‘z raqiblariga savollar berish imkoniyatidan kelib chiqqan holda hakamlar hay'atining yakuniy qaroriga muvofiq jamoalarning imkoniyatlar teng baholandi.

Bellashuvida KBI-90 guruhining “Tasdiq” pozitsiyasi ishtorokchilari o‘zining mavzu doirasida yaxshi tayyorgarlik ko‘rgani va pozitsiyasini yaxshi himoya qilib g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Tashkil etilgan “Munozara” bellashuvining saralash bosqichi qiziqarli, sermazmun, baxs munozaraga boy hamda talaba-yoshlarda juda katta taasurot qoldirdi.

BOG`LANISH

Toshkent Moliya Instituti

  • Manzil: 100000 Toshkent shahri, A.Temur ko`chasi 60A
  • Telefon: (8 371) 234-53-34
  • Faks: (8 371) 234-11-48
  • Email: admin@tfi.uz
  • Ishonch telefoni: (8 371) 235-77-66
  • Jamoat transporti: 10,17,19,24,38,51,60,67,72,93,115,140
  • Ish tartibi: 09:00 dan 18:00 gacha

Hozir saytda

Hisoblagich

uz certified

Top
Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech
We use cookies to improve our website. By continuing to use this website, you are giving consent to cookies being used. More details…