Welcome to Official web site of Tashkent institute of finance   Click to listen highlighted text! Welcome to Official web site of Tashkent institute of finance Powered By GSpeech

A- A A+

“Moliya-iqtisod” fakultetining 2-bosqich talabalari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 18-oktabr kuni institutning 1-ma’ruzalar zalida Toshkent moliya instituti Yoshlar ittifoqining boshlang‘ich tashkiloti yoshlar yetakchisi K.Mahmudov, “Moliya-iqtisod” fakultetining dekan muovini I.Sayfiddinov va fakultetning faol a’zolari B.Xayitboyev, N.Abdullayev, F.Hasanov tashabbusi bilan fakultetning 2-bosqich talabalari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi.

Ushbu o‘yindan ko‘zlangan asosiy maqsad, yoshlarning intellektual bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirish, talaba-yoshlarda Vatanga bo‘lgan mehr-muhabbatni yanada kuchaytirish va bo‘sh vaqtni samarali tashkil etishga qaratilgan.

Ushbu o‘yinda “Alfa” jamoasi (MM-92), “Blits” jamoasi (MM-93), “Ideal” jamoasi (MM-95), “Intellekt” jamoasi (MM-97), “Young leaders” jamoasi (MM-98), “Karimov’s children” jamoa (MM-44) lari faol ishtirok etishdi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, 1-o‘rinni MM-93 guruhi talabalaridan tashkil topgan “Blits” jamoasi, 2-o‘rinni MM-98 guruhi talabalaridan tashkil topgan “Young leaders” jamoasi, 3-o‘rinni MM-92 guruhi talabalaridan tashkil topgan “Alfa” jamoasi qo‘lga kiritdi.

G‘olib bo‘lgan jamoalarga fakultetning dekan muovini va institutning Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yoshlar yetakchisi tomonidan sertifikatlar topshirildi.

BOG`LANISH

Toshkent Moliya Instituti

  • Manzil: 100000 Toshkent shahri, A.Temur ko`chasi 60A
  • Telefon: (8 371) 234-53-34
  • Faks: (8 371) 234-11-48
  • Email: admin@tfi.uz
  • Ishonch telefoni: (8 371) 235-77-66
  • Jamoat transporti: 10,17,19,24,38,51,60,67,72,93,115,140
  • Ish tartibi: 09:00 dan 18:00 gacha

Hozir saytda

Hisoblagich

uz certified

Top
Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech
We use cookies to improve our website. By continuing to use this website, you are giving consent to cookies being used. More details…