“Ekonometrika va raqamli iqtisodiyot” kafedrasi tomonidan kafedra haftaliklari doirasida ma’naviy-ma’rifiy tadbir oʻtkazildi

“Ekonometrika va raqamli iqtisodiyot” kafedrasi tomonidan kafedra haftaliklari doirasida ma’naviy-ma’rifiy tadbir oʻtkazildi

2019-yil 15-mart kuni 2-TTJ da “Ekonometrika va raqamli iqtisodiyot” kafedrasining tashabbusi bilan “Diniy ekstrimizm, terrorizm – yoshlar kelajagiga tahdid” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir oʻtkazildi. Tadbirga talabalar shaharchasi IIB boshligʻi, podpolkovnik Sh.G.Mirzajonov tashrif buyurdi. Tadbirda “Ekonometrika va raqamli iqtisodiyot” kafedrasi mudiri Z.X.Toshmatov, kafedra pedogog-hodimlaridan U.Asrayev, R.Matniyozov, G.S.Djamalova va M.I.Azizovalar talabalarga diniy ekstrimizm, terrorizm va uning salbiy oqibatlari haqida atroflicha tushuntirdilar. Yurtimizda hukm surayotgan tinch va osuda hayotni asrash, uning mustaqilligi va barqarorligiga munosib hissamizni qoʻshish - har birimizning, shu aziz Vatanda yashayotgan barcha fuqarolarning, davlat yoki jamoat tashkilotida ishlashi, tadbirkor yoki boshqa kasb egasi boʻlishidan qat’iy nazar, eng asosiy vazifalaridan boʻlib qolmogʻi lozimligini ta’kidladilar.

Tadbir so‘ngida talabalar tomonidan berilgan savollarga tushunarli va ogohlikka da’vat etgan holda javob berdilar. Tadbir juda qizg‘in va mazmunli o‘tdi.

Talabalar tomonidan tadbir tashkilotchilariga minnatdorchilik bildirilib, buyuk kelajakni qurish yo‘lida oliy maqsadlar sari og‘ishmay mehnat qiling deya tilaklar bildirdilar.

 

15:59 / 2020-10-16
Success helper
Success warning