O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasigа tashrifi

O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasigа tashrifi

 

2019-yil 23-fevral kuni Toshkent Moliya Instituti “Bank ishi” fakulteti KBI-72 guruh talabalari guruh murabbiyi M.I.Azizova boshchiligida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasigа tashrif buyurdilar. Talabalar O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti haykali poyiga gullar qo‘yib, uning xotirasiga hurmat bajo keltirdilar.

Tashrif chog‘ida talabalarni muzey xodimlari Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasi va Islom Karimovning hayoti, ko‘p qirrali faoliyati va merosini o‘rganish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida qisqacha xabardor qildilar. Hamda, talabalarga O‘zbekiston Respublikasining barqaror rivojlanishining asosi bo‘lgan mamlakatdagi tinchlik, xalq farovonligi va millatlararo totuvlikni ta’minlashda O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning xizmatlari beqiyos ekanligini alohida e’tirof etdilar.

  Talabalar ko‘rgazmadagi 100 dan ortiq Islom Karimov hayoti va siyosiy faoliyatiga bag‘ishlangan tasviriy san’at asarlaridan katta taassurot oldilar.

 

15:17 / 2020-10-08
Success helper
Success warning