Karera kunlari

Karera kunlari

Mulkchilik shaklidan qat’iy nazar barcha korxona, tashkilot va muassasalar rahbarlari diqqatiga!

 

TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI

 

2019/2020 o‘quv yilida institutni bitiradigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va magistratura mutaxassisliklari bitiruvchilarini ish o‘rinlariga taqsimlash jarayoni boshlanganligini ma’lum qiladi

 

 2019-2020 yilida institutni tamomlayotgan bitiruvchilarga turli korxona va tashkilotlardan 2000 ga yaqin buyurtmalar kelib tushgan. Shu bilan birga, bitiruvchilarni ishga taqsimlashda respublikamizning barcha hududlarini qamrab olish, yuqori malakali mutaxassislarga ehtiyoji bor korxonalarning talablarini qondirish va bitiruvchilarga taqsimot jarayonida ish joyini tanlash imkoniyatini kengaytirish maqsadida institut tomonidan buyurtmalar qabul qilish davom etmoqda. Institutni tamomlayotgan kadrlarga ehtiyoji mavjud xo‘jalik subyektlari rahbarlari talabnoma va so‘rov xati bilan 2020-yil 12-fevralga qadar institut rektoratiga murojaat qilishlari mumkin. Talabnomada buyurtmachining rekvizitlari (pochta manzili, telefon raqami) hamda taklif etilayotgan lavozim to‘g‘risidagi ma’lumotlar to‘liq ko‘rsatilishi talab qilinadi.

 

 Bundan tashqari, mutaxassislarga ehtiyoji bor barcha korxona tashkilotlarni, shuningdek, tumanlardagi hokimliklar, Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi mas’ul xodimlarini bitiruvchilar bilan bevosita suhbat o‘tkazish, ishga tanlab olish hamda shartnomalar rasmiylashtirish uchun 2020 yil 14-15 fevral kunlari soat 10:00 dan 17:00 gacha institutda o‘tkaziladigan “Karyera kunlari” mehnat yarmarkasi tadbirlariga o’zlarining stend va taqdimot materiallari bilan ishtirok etishga taklif etamiz.

 

 Bitiruvchilar to‘g‘risidagi batafsil ma’lumot bilan institut veb-sayti( http//tfi.uz ) da “Bitiruvchilar” bo‘limida tanishish mumkin.

 

 Yo‘nalishlar bo‘yicha talabalar kesimi:


2019/2020 O‘QUV YILIDA BITIRUVCHI BAKALAVRLAR TO‘G‘RISIDA MA’LUMOT

 

 

2019/2020 O‘QUV YILIDA BITIRUVCHI MAGISTRLAR TO‘G‘RISIDA MA’LUMOT

 

 

Ma’lumotlar uchun telefon raqamlar: 71-234-41-39, faks; 71-234-11-48, tel: 97-410-78-64 (O‘.Do‘sboev)

Toshkent moliya institutining buyurtmalar portfelini shakllantirish, bitiruvchilarni ishga taqsimlash va monitoringi bo‘limi.

Manzil: 100000,Toshkent shahri, Amir Temur shoh ko‘chasi 60A-uy, E-mail: marketing@tfi.uz

 

21:50 / 2020-02-15
Success helper
Success warning