Sovrin jamg'armasi 100 000 AQSh dollariga teng bo'lgan "mGovAward" tanlovga arizalarni qabul qilish 10.02.2020 ga qadar davom etadi!

Sovrin jamg'armasi 100 000 AQSh dollariga teng bo'lgan "mGovAward" tanlovga arizalarni qabul qilish 10.02.2020 ga qadar davom etadi!

"mGovAward" - bu O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va IT Park tomonidan Birlashgan Arab Amirliklaridan bo'lgan hamkorlar bilan birgalikda tashkil etilayotgan davlat xizmatlari uchun eng yaxshi mobil ilovalarni ishlab chiqish bo'yicha respublika tanlovidir.

 

Ishtirokchilar 5 yo'nalish bo'yicha o'z kuchlarini sinab ko'rishlari mumkin:

 

🔸 Ta'lim

🔸 Sog'liqni saqlash

🔸 Turizm

🔸 Transport va logistika

🔸 Tadbirkorlik

 

Tanlovning asosiy mezonlari quyidagilar:

 

▫️ bo'lajak dasturning samaradorligi

▫️ uning innovatsionligi

▫️ foydalanishda qulayligi

 

Tanlovning mukofot jamg'armasi 100 000 AQSh dollarini tashkil etadi, shundan:

 

1️. birinchi o‘ringa 50.000$ 

2️. ikkinchi o'ringa -  30.000$

3️. va uchinchi o'ringa - 20.000$ atalgan.

 

Mazkur  e’lon boʼyicha konkursda ishtirok etmoqchi boʼlgan talabalar https://mgovaward.uz veb-saytidan qo’shimcha maʼlumot olishlari mumkin.

 

15:50 / 2020-02-06
Success helper
Success warning