TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI TYUTOR LAVOZIMIGA TANLOV E’LON  QILADI!

TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI TYUTOR LAVOZIMIGA TANLOV E’LON  QILADI!

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentyabrdagi “Respublika oliy ta’lim muassasalarida talabalarni turar joy bilan qamrab olish darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 563-sonli qaroriga muvofiq respublikadagi barcha oliy ta’lim muassasalarida tyutorlik faoliyati tashkil etildi.

Shu munosabat bilan Toshkent moliya instituti ma’muriyati tyutorlik lavozimida ishlash istagini bildirgan fuqarolarni ishga taklif etadi.

OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA TYUTOR LAVOZIMINING “TARMOQ TA’RIF-MALAKA MA’LUMOTNOMASI” 

Malaka talablari:

✅Tyutorlar oliy ma’lumotga ega bo‘lishi (ilmiy daraja va ilmiy unvonga hamda magistrlik diplomga ega shaxslarga afzalliklar beriladi);

✅25 yoshdan kichik, 55 yoshdan (ayollar uchun 50 yosh) katta bo‘lmasligi; 


✅pedagogik va psixologik, o‘quv-tarbiyaviy, o‘quv-uslubiy, ta’lim tizimida boshqaruv faoliyati bilan shug‘ullangan, yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishda 2 yildan kam bo‘lmagan mehnat stajiga ega bo‘lishi;

✅Qonunchilik hujjatlariga muvofiq tyutorlarni tanlov asosida ishga qabul qilishda ularga nisbatan qoralovchi hujjat (jinoyat sodir etmagan, pedagoglik huquqidan mahrum etilmagan) bo‘lmasligi kerak;

✅Davlat tilida ish yuritish hamda zamonaviy axborot texnologiyalarida ishlash salohiyatiga ega bo‘lishi;

✅namunaviy shaxsiy fazilatlarga - xushmuomalalik, vatanparvarlik va tashabbuskorlik qobiliyatlariga hamda mas’uliyat hissi, mustaqil ish tutish xususiyatlariga ega bo‘lishi zarur.

Taqdim qilinadigan hujjatlar:

1. Rektor nomiga ariza.
2. Ma’lumoti (diplom va unga ilova) to‘g‘risidagi hujjatlar.
3. Mehnat daftarchasidan ko‘chirma.
4. Rezyume (ma’lumotnoma-obektivka).


ESLATMA:

Ariza va hujjatlar 2022-yil 11-avgustdan 18-avgustgacha qabul qilinadi.

Arizalar institut rektorat binosi (Amir Temur ko‘chasi 60a-uy) 1-qavat 
117-xonada qabul qilinadi. 

Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun 71 234-55-37 telefoniga murojaat qilishingiz mumkin.

14:00 / 2022-08-10
Success helper
Success warning