Oliy ta’lim muassasalariaro bilimlar bellashuvi

Oliy ta’lim muassasalariaro bilimlar bellashuvi

 Joriy yilning 20-fevral kuni Toshkent moliya instituti talabalari va Davlat Bojxona instituti kursantlarining iqtisodiy fanlar bo‘yicha bilimlarini mustahkamlash, ularning qobiliyatlarini rivojlantirish uchun shart-sharoit yaratish, yoshlar o‘rtasida sog‘lom raqobatni shakllantirib, ularning bilim olishga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish maqsadida “Iqtisodiy bilimlar bellashuvi” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.

 

 Tanlovda Bojxona institutining "Bo‘lajak bojxonachilar", Toshkent moliya institutining "Moliyachilar" jamoalarining 1 va 2-kurs talaba va kursantlari ishtirok etdilar.

 

Ko‘rik-tanlov to‘rt bosqichda o‘tkazildi.

 

Birinchi bosqich: Savol-javoblar. Jamoa ishtirokchilari “Iqtisodiyot nazariyasi” fani doirasida tayyorlangan savollarga javob berdilar.

 

Ikkinchi bosqich: Sahna ko’rinishi. Jamoalar bugungi kunning ijtimoiy-iqtisodiy sohalar doirasidagi mavjud muammolar bo’yicha o’z chiqishlari bilan ishtirok etdilar.

 

Uchinchi bosqich: Mamlakatlarni iqtisodiy tasniflash. Kursantlar va talabalar dunyo mamlakatlarini makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarini tasniflab berdilar.

 

To‘rtinchi bosqich: Qiziqarli-mantiqiy savolga javob. Mazkur shartda guruhlarga umumiy savol berildi. Savol ishtirokchilarning ziyrakligini va mantiqiy fikrlashini oshirishga qaratilgan.

 

Baholash natijalariga ko‘ra har ikki jamoa teng ballarni qo’lga kiritib "Do‘stlik" g‘alabasiga erishdilar. Tadbir so‘nggida faol talabalar taqdirlandilar.

 

 

 

 

 

 

 

 

06:14 / 2020-02-22
Success helper
Success warning