“Ilmiy tadqiqot metodologiyasi” nomli o‘quv qo‘llanma

“Ilmiy tadqiqot metodologiyasi” nomli o‘quv qo‘llanma

TDIU “Moliya” kafedrasi mudiri, iqtisod fanlari nomzodi, professor Qobulov Xotamjon Abdukarimovichning hammualliflikda tayyorlangan “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi” nomli o‘quv qo‘llanmasi nashr etildi.

Mazkur o‘quv qo‘llanma oliy ta’lim muassasalarining iqtisodiy mutaxassisliklar bo‘yicha magistraturasi talabalari va “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi” o‘quv fanini o‘rganuvchi talabalar uchun mo‘ljallangan. O‘quv qo‘llanma ilmiy tadqiqot metodlarining, tadqiqotning tashkiliy asoslarining asosiy tushunchalarini ochib beradi. Ilmiy ma’lumotlarni izlash, to‘plash va qayta ishlash tizimining xususiyatlari, ilmiy ishlarni yozishga bo‘lgan talablar, ixtirochilik masalalarini yechish nazariyasining qo‘llanilishi umumlashgan holda bayon etilgan. Kitobda talabalarning yakka va jamoaviy faoliyatining asosiy shakl va metodlari ochib berilgan. Har bir bobda o‘zini-o‘zi tekshirish uchun savollar berilgan.

O‘quv qo‘llanma, eng avvalo, 410000 – “Biznes va boshqaruv” sohasi magistratura barcha mutaxassisliklari uchun mo‘ljallangan, biroq unda ko‘rilgan ilmiy tadqiqotlarning metodologik muammolari, jarayonlari va darajalari umumilmiy xususiyatga ega. Shubhasiz, mazkur qo‘llanma nafaqat magistrantlarni, balki ilmiy tadqiqotlarning turli sohalari yosh olimlarini, shuningdek, har qanday ziyoli, tafakkurli kishini qiziqtira oladi.

18:00 / 2024-01-16
Success helper
Success warning