Istiqbolli hamkorlik natijalari

Istiqbolli hamkorlik natijalari

2022-yil 20-22-oktabr kunlari Institut jamoasi Navoiy viloyatiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-iyuldagi PQ-307-sonli qarori ijrosini taʼminlash boʻyicha xizmat safarida boʻlishdi.

 

Xizmat safari davomida “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati Boshqaruv raisi  Sanaqulov Quvondiq Sanaqulovich bilan uchrashuv oʻtkazildi.

 

Uchrashuv davomida Prezident qarori ijrosini taʼminlash va institut mustaqil izlanuvchilari va doktorantlarini kombinatda ilmiy taqdiqot olib borishlari uchun yuborish boʻyicha kelishuvlarga erishildi.

 

Quvondiq Sanaqulovichni topshirigʻi bilan Boshqaruv raisi birinchi oʻrinbosari va iqtisodiy blok xodimlari ishtirokida institut professor-oʻqituvchilari tomonidan yaratilgan ilmiy-innovatsion ishlanmalar taqdimotiga bagʻishlangan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Uchrashuv natijasida “NGMK moliyaviy-iqtisodiy ahvolini baholashning skoring modeli” elektron dasturini tegishli fikr va mulohazalar hamda takliflarni hisobga olgan holda shartnoma imzolashga kelishildi. 

 

Xizmat safarini 2-kunida Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti jamoasi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Uchrashuv davomida qoʻshma loyihalar va qoʻshma malaka oshirish kurslari tashkil etish boʻyicha kelishuvlarga erishildi.

                                  

 

13:58 / 2022-10-22
Success helper
Success warning