BIZNING FAXRIMIZSIZ AZIZ CHEMPIONLARIMIZ!

BIZNING FAXRIMIZSIZ AZIZ CHEMPIONLARIMIZ!

      Mudofaa Vazirligi sport markazi hamda O’zbekiston Armrestling federatsiyasi hamkorligida 2021-yilning 29-30-yanvar kunlari Armrestling bo‘yicha respublika ochiq chempionati o‘tkazildi.

    Ushbu musobaqada Toshkent moliya instituti terma jamoasi Karimov Faxriddin Xurramovich (jamoa murabbiyi) va Muxametov Axmad Muxametovich (hakam) boshchiligida munosib ishtirok etdilar.

      Chempionat yakuniga ko’ra “Moliya” fakulteti 1-bosqich MMT-80 guruh talabasi Eldarbek Bekmuratov 80 kg. vazn toifasida chap qo‘lda 3-o‘rinni, o‘ng qo‘lda esa 2-o‘rinni, shu fakultetning 1-bosqich MMT-81 guruh talabasi Nodir Toshpulatov 75 kg. vazn toifasida chap qo‘lda 1-o‘rinni, “Soliqlar va sug‘urta” ishi fakulteti 1-bosqich SS-34 guruh talabasi Shoxruxjon Hamiddullaev +80 kg. vazn toifasida o‘ng qo‘lda 1-o‘rinni, chap qo‘lda 2-o‘rinni, “Buxgalteriya hisobi va audit” fakulteti 1-bosqich HBA-80 guruh talabasi Otabek Salimov +85 kg. vazn toifasida chap qo‘lda 3-o‘rinni, “Bank ishi” fakulteti 2-bosqich BI-50 guruh talabasi Bahrom Yaxshiboyev 55 kg. vazn toifasida o‘ng qo‘lda 1-o‘rinni qo‘lga kiritib institutimiz shanini muvaffaqiyatlar bilan himoya qildilar.

    Bugun, institutimiz rektori Teshabayev To'lqin Zakirovich chempionlarni samimiy muborakbod etdilar, kelgusidagi o'qish va ishlariga zafarlar tiladilar. Mana shunday farzandlarni ma'nan va jismonan sog‘lom, oliyjanob, irodasi mustahkam va fidoyi qilib tarbiyalagan aziz ota-onalar haqlariga duolar qildilar va minnatdorchilik bildirdilar.

 

12:09 / 2021-02-02
Success helper
Success warning