Ayol salomatligining nozik jihatlari.

Ayol salomatligining nozik jihatlari.

    2021-yil 3-4-fevral kunlari institut Xotin-qizlar kengashining tashabbusi bilan Moliya, Bank ishi, Soliqlar va sug’urta ishi, Iqtisodiyot fakultetlari xotin-qizlar Kengashlari bilan hamkorlikda “Ayol salomatligining nozik jihatlari: mutaxassis bilan suhbat” deb nomlangan turkum davra suhbatlari o’tkazildi.

    Tadbirlarda Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va tibbiy radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Ayollar reproduktiv tizimi o’smalari bo’limi mutaxassis-vrachi Nodira Shomansurova, Toshkent shahar Aholi reproduktiv salomatlik markazi mutaxassislari: Markaz direktori Dilorom Vaxidova, onkoginekolog Muyassar Ormanxanova, shifokor Kamola Abdumuminova o’zlarining malakali va mazmunli ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar.

   Tashkilotchilar mutaxassis-shifokorlarning maslahatlari va tavsiyalari talaba-qizlar uchun o’z salomatliklariga munosabatlarini o’zgartirishga va ayol salomatligining “nozik” jihatlariga alohida e’tibor berishlariga xizmat qiladi, deb ishonch bildiradilar.

 

19:17 / 2021-02-07
Success helper
Success warning