Toshkent moliya instituti rektori v.v.b. Mehmonov Sultonali Umaralievichning “O‘qituvchi va murabbiylar” kuni munosabati bilan bayram tabrigi

Toshkent moliya instituti rektori v.v.b. Mehmonov Sultonali Umaralievichning “O‘qituvchi va murabbiylar” kuni munosabati bilan bayram tabrigi

Hurmatli xamkasblar, aziz Ustozlar!

Avvalo, Siz azizlarni, ta’lim-tarbiya sohasida mehnat qilayotgan barcha pedagog xodimlarni kasb bayramingiz, mamlakatimiz hayotidagi qutlug‘ sana - “O‘qituvchi va murabbiylar” kuni bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman!

Qadrli ustozlar!

Oxirgi yillarda mamlakat oliy o‘quv yurtlari ichida institutimizni nufuzi oshib borayotganligi alohida e’tirof etilmoqda, bu ham bo‘lsa professor-o‘qituvchilarimizni kamtarona mehnatlari natijasi deb qarash o‘rinli deb hisoblayman.

Bugungi va ertangi kun avlodlarini jismoniy va ma’naviy sog‘lom qilib tarbiyalashda, ijodiy qobiliyatlarini kashf etishga yordam berishda va ularni rivojlantirishda hamda jamiyatda o‘z o‘rnini topa oladigan zamonaviy kasb egalarining kamolotida yangicha, innovatsion fikrlaydigan Siz aziz o‘qituvchilarning o‘rinlari beqiyos. Shu o‘rinda bu Siz kabi mehnatsevar ustozlar oldidagi eng og‘ir vazifa va juda katta mehnat va mas’uliyat demakdir. Bu o‘rinda institutimizning ahil ustozlar jamoasi bor mas’uliyatni bo‘ynimizga olishimiz, kerak bo‘lsa lokomativ vazifasini bajarmog‘imiz lozim.

Bugun dunyo bo‘ylab tarqalgan kasallik fuqarolar sog‘lig‘iga xavf solish bilan birga, pandemiya davlatimiz boshqaruvi samaradorligi va mamlakatimiz iqtisodiyotining barqarorligini hamda ta’lim tizimini ham jiddiy sinovdan o‘tkazmoqda. Pandemiya ko‘p jihatdan dunyo bo‘ylab odamlar hayotini o‘zgartirdi, sinovli kunlarda sabr qilish ko‘nikmasini shakllantirdi, katta-katta iqtisodiy yoqotishlar va qiyinchiliklarni vujudga keltirdi ammo insoniyatni o‘qituvchilar ishiga yangicha nazar tashlashga, ularning jamiyatdagi ulkan rolini chinakamiga qadrlashga majbur etdi.

Pandemiya davrida ta’lim tizimi xodimlarining kasbiy faoliyatida sezilarli o‘zgarishlar yuz berdi. Bugun har bir pedagog, har bir ta’lim-tarbiya sohasi vakiliga oson emas. Ular talabalarga ta’lim va tarbiya berishda o‘z oldidagi mas’uliyat va majburiyatlarni bajarishda, har kuni yangilanib borayotgan dunyo bilan hamnafas bo‘lishda, ilg‘or texnologiyalarni professional darajada o‘zlashtirishlarida shaxsiy salohiyatlarini ro‘yobga chiqarib, o‘z ustlarida doimiy ishlashga, kasbiy-pedagogik mahorat va bilimlarni oshirishda doimiy izlanishda bo‘lishga majbur bo‘lmoqdalar. Buni barchalarimiz yurakdan his qilmoqdamiz va Siz aziz ustozlarning mehnatlarini qadrlaymiz!

Hayotimizni maktabdan to kasbiy kamolot davrimizgacha ilm va ziyo nuri bilan to‘ldiradigan qadrdon ustoz va murabbiylar! Yana bir bor Sizlarni qutlug‘ ayyom bilan tabriklab, barchangizga sihat-salomatlik, sharafli va mas’uliyatli faoliyatingizda katta muvaffaqiyatlar, xonadonlaringizga fayzu-baraka tilab qolaman! Yuragimning tub-tubidan "Boringiz uchun rahmat, aziz ustozlar!» deyman!

 

 

Toshkent moliya instituti rektori v.v.b.          Mehmonov Sultonali Umaralievich.

 

 

 

14:15 / 2020-09-30
Success helper
Success warning