“Xorijiy til bilimdoni” tanlovi natijalari

“Xorijiy til bilimdoni” tanlovi natijalari

  Xorijiy tillar kafedrasi tomonidan institut fakultetlarining 1 kursda tahsil olayotgan xalqaro (IELTS,TOEFL, CEFR) sertifikatlarga ega talabalar o‘rtasida “Xorijiy til bilimdoni” tanlovi o‘tkazildi.

 

  Tanlov natijalariga ko‘ra Iqtisodiyot fakulteti I-81 guruh talabasi Abduxalilova Oyshabonu faxrli birinchi o‘rinni va bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravari miqdorida, ya’ni 980000 so‘m pul mukofotini; Moliya fakulteti MMT-85 guruh talabasi Tursunova Hilolabonu ikkinchi o‘rinni va bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari miqdorida, ya’ni 735000 so‘m pul mukofotini; Bank ishi fakulteti BIA 30 guruh talabasi Xamroxo‘jaeva Sitorabonu uchinchi o‘rinni va bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida, ya’ni 490000 so‘m pul mukofoti bilan taqdirlandilar.

 

  Shuningdek, Moliya fakulteti MMT-30 guruh talabasi Suyunboev Doniyorjon “Eng ravon notiq”, Moliya fakulteti MMT-83 guruh talabasi Otamurodova Zarnigor “Eng yaxshi insho”, Bank ishi fakulteti BIA 80 guruh talabasi Ergasheva Sayyora “Eng yaxshi nutq”, Byudjet hisobi va g‘aznachilik fakulteti BNG‘-30 guruh talabasi Xodjaraxmonova Nazira “Eng ta’sirchan nutq”, Iqtisodiyot fakulteti IM-80 guruh talabasi Karimov Abdulaziz “Eng ijodkor bilimdon”, Iqtisodiyot fakulteti IM-81 guruh talabasi Anorboeva Durdona “Eng yaxshi g‘oyali insho”, Moliya fakulteti MMT-81 guruh talabasi Axmedova Shoxistaxon “Eng ishonchli fikr” nominatsiyalari bo‘yicha g‘olib deb e’lon qilindi va faxriy yorliq bilan taqdirlandilar.

 

16:47 / 2021-03-31
Success helper
Success warning