“Sohibqiron Amir Temurga ehtirom” mavzusida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi

“Sohibqiron Amir Temurga ehtirom” mavzusida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi

 

Kecha, 7-aprel kuni “Buxgalteriya hisobi” kafedrasi tomonidan “Sohibqiron Amir Temurga ehtirom” mavzusida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi. 
 

Tadbirda Oʻzbek milliy akademik drama teatri aktyori, Oʻzbekiston xalq artisti Tesha Moʻminov, kafedra professor-oʻqituvchilari hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi.
 

El ardogʻidagi aktyor T. Moʻminov Sohibqiron bobomiz siymosiga toʻxtalar ekan, Amir Temur betakror davlat boshqaruvi dono va oqil siyosati mahsuli “Temur tuzuklar”ni avlodlarga meros qoldirgani, oʻzbek milliy anʼana va qadriyatlarini tiklagan madaniyat va maʼrifat homiysi, kuchli siyosatchi sifatida jahonning yetuk sarkardalari qatorida ekanligini eʼtirof etib oʻtdi.

20:33 / 2023-04-08
Success helper
Success warning