Yangi tahrirdagi qonun muhokamasi

Yangi tahrirdagi qonun muhokamasi

   2021-yil 1-mart kuni Toshkent moliya instituti “Audit” kafedrasi tomonidan yangi tahrirdagi “Auditorlik faoliyati to’g’risida”gi (O’RQ-677-son) Qonuni qabul qilinishi munosabati bilan “Auditorlik faoliyatini takomillashtirishning muhim yo’nalishlari” mavzusidagi ilmiy-amaliy seminar o'tkazildi.

 

   Seminarda O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “Buxgalteriya hisobi va audit uslubiyoti departamenti” bo’lim boshlig’i o’rinbosari O.Barakayev, "O’zbekiston buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi" Kengash raisi, iqtisod fanlari doktori, professor M.Tulaxodjayeva, "O’zbekiston Auditorlar Palatasi" Kengash raisi, iqtisod fanlari doktori, professor N.Karimov, "PricewaterhouseCoopers" auditorlik tashkiloti auditori N.Xo’jabekovlar tomonidan xalqaro standartlar asosida, auditorlik faoliyatini yanada samarali tashkil etish maqsadida ishlab chiqilgan yangi tahrirdagi qonun muhokama qilindi.

 

 

 

14:42 / 2021-03-02
Success helper
Success warning