Bitiruvchilarga katta imkoniyat

Bitiruvchilarga katta imkoniyat

 2019-yilning 13-dekabr kuni “Buxgalteriya hisobi va audit” fakulteti dekanati tomonidan Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish yo’lida, fakultet talabalari va Toshkent moliya instituting asosiy kadrlar iste’molchisi bo’lgan ATB “HAMKOR BANK” hodimlari bilan hamkorlikda uchrashuv bo’lib o’tdi.

 

 Tadbir avvalida bank hodimlari tomonidan talabalarga bankning ish faoliyati tanishtirilib, bankda amaliyot o’tash va keyinchalik bankda o’z ish faoliyatini davom ettirish haqida ma’lumotlar berib o’tildi. So’ng bank hodimlari tomonidan bitiruvchi kurs talabalarini ishga jalb etish maqsadida saralash testi va suhbat ham bo'lib o'tdi. Saralashdan muvaffaqiyatli o'tgan talabalar bankda amaliyot o'tashga va kulgusida ishga joylashishga taklif qilindilar.

 

 Fakultet rahbariyati tomonidan o’tkazib kelinayotgan bu kabi tadbirlar talabalarni yaqin kelajakda munosib ish bilan ta’minlashga, shuningdek nazariy bilimlarni amaliyot bilan bog’lashga katta yordam beradi.

 

 

 

16:51 / 2019-12-14
Success helper
Success warning