Buyuk Britaniyaning “Seed Mentors” venchur kompaniyasi direktoridan mahorat darsi

Buyuk Britaniyaning “Seed Mentors” venchur kompaniyasi direktoridan mahorat darsi

   2021-yil 17-mart kuni "Digital finance" inkubatsiya va akseleratsiya Markazida “Seed Mentors” venchur kompaniyasi (Buyuk Britaniya) direktori Muzaffarxon Saydaxmatovich Saydiganiyev tomonidan “Startap loyihalarga investitsiyalarni jalb qilishda Buyuk Britaniya tajribasi” mavzusida mahorat darsi o‘tkazildi.

     Ma’ruzachi M.Saydiganiyev mahorat darsida Buyuk Britaniya tajribasi misolida loyihalarni moliyalashtirish, venchur fondlar va ularni tashkil etish, startap kompaniyalarni saralash va moliyalashtirish va xorijiy investitsiyalarni startap loyihalari bilan bog‘liq biznesga jalb qilish yo‘nalishlari bilan o‘rtoqlashdi.

     Mahorat darsida Ilmiy ishlar va innovatsilar bo‘yicha prorektor S.Mehmonov, Byudjet hisobi va g‘aznachilik fakulteti dekani R.Saidov, “Baholash ishi va investitsiyalar” kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda Byudjet hisobi va g‘aznachilik fakultetining 40 nafardan ortiq talabalari ishtirok etdilar.

 

16:09 / 2021-03-18
Success helper
Success warning