“Jismoniy madaniyat va sport faoliyati” kafedrasi o'qituvchilarining mehnatlari e'tirof etildi!

“Jismoniy madaniyat va sport faoliyati” kafedrasi o'qituvchilarining mehnatlari e'tirof etildi!

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sogʻlom turmush tarzini keng targʻib etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmonining ijrosini taʼminlash maqsadida Toshkent Shahardagi 18-30 yoshlar oʻrtasida sportning voleybol turi boʻyicha Milliy gvardiya qoʻmondoni kubogi, sportning basketbol turi boʻyicha Toshkent Shahar hokimi kubogi va mini-futbol sport turlari boʻyicha Milliy gvardiya qoʻmondoni oʻrinbosari  kuboglari boʻyicha musobaqalar boʻlib oʻtdi. 

Toshkent moliya instituti “Jismoniy madaniyat va sport faoliyati” kafedrasi mudiri Tashpulatov Farxod Alisherivich, kafedra dotsentlari Karimov Faxriddin Xurramovich va Muxametov Axmad Muxametovich, katta oʻqituvchi Shermatov Gʻulom Qaxxorovichlar  ushbu musobaqalarda koʻrsatgan amaliy yordamlari uchun Milliy gvardiya qoʻmondoni oʻrinbosari M.Gʻaniyev tomonidan faxriy yorliq bilan taqdirlandilar.

16:30 / 2021-12-24
Success helper
Success warning