Oliy va amaliy matematika kafedrasida trening darslari

Oliy va amaliy matematika kafedrasida trening darslari

  2021-yilning 11-mart kuni “Oliy va amaliy matematika” kafedrasi tomonidan «Kafedra haftaligi» doirasida Ikromjon Tojiddinov ishtirokida talabalar uchun “Muvaffaqiyatli biznesning 6 ustuni” mavzusida trening o‘tkazildi.

 

   Ikromjon Tojiddinov 1990-yilda Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. 13 yildan beri tadbirkorlik sohasida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. 2016-yilda "LAMBRE" parfumeriya va kosmetika kompaniyasini O’zbekistonga olib kirgan va 18 ta filial ochgan. Bundan tashqari I.Tojiddinov "BUSINESS COMPASS" biznes trening markazi ta'sischisi va “BUSINESS PRO - moliyaviy savodxonlik sari” loyihasi asoschisi va 20 dan ortiq muvaffaqiyatli biznes loyihalar muallifi.

14:36 / 2021-03-12
Success helper
Success warning