Qo‘shma fakultet imtixonlari o’tkazildi.

Qo‘shma fakultet imtixonlari o’tkazildi.

Toshkent moliya instituti va Polotsk davlat universiteti hamkorligidagi qo‘shma fakultetga 2020/2021 o‘quv yili uchun kirish imtihonlarining dastlabki bosqichi botanika bog‘ida o‘tkazildi.
 
Imtihonlar ikki smenada tashkil etildi. Birinchi smena 9:00da, ikkinchi smena-15:00da boshlanib, abiturientlar 3 soat vaqt oralig’ida rus tilida taqdim etilgan matematika hamda chet tillari bo‘yicha test savollariga javob berdilar. Test sinovlarida ishtirok etish uchun 810 ta abiturient institut sayti orqali ro’yxatdan o’tdi. Tashkil etilgan jarayonlarda shaffoflikni ta’minlash maqsadida Toshkent moliya instituti, Davlat test markazi va Milliy gvardiya xizmati o’zaro hamkorlik shartnomasini tuzdilar va respublika bo’yicha o’rnatilgan tartib asnosida test sinovlarini yakunladilar. 
 
Kirish imtixonlarining navbatdagi 2-bosqichi onlayn rejimda, Polotsk davlat universiteti tomonidan kasb-hunarga yo‘naltirilgan testlar orqali o‘tkaziladi.
 
 
 
 
 
 
 
10:50 / 2020-09-24
Success helper
Success warning