Ruminiyadagi OTM bilan istiqbolli rejalar muhokama qilindi

Ruminiyadagi OTM bilan istiqbolli rejalar muhokama qilindi

11-may kuni Buxarest Iqtisodiy fanlar universiteti (Bucharest University of Economic Studies) va Toshkent moliya instituti o'rtasidagi manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish bo'yicha uchrashuv bo'lib o'tdi.

 

Uchrashuvda hamkor universitetning Xalqaro aloqalar bo'yicha prorektori Prof. Constantin Marius, Xalqaro aloqalar Departamenti Direktori Prof. Catalin Ploae, Erasmus offisi boshlig'i Dr. Teodora Fulga bilan hamkorlikda o'quv adabiyotlari va ilmiy loyihalarni tayyorlash, professor-o'qituvchilar hamda talabalar almashinuvini yanada kengaytirish, Double Degree dasturi bo'yicha kadrlar tayyorlash, shuningdek, pandemiya sharoitida online vebinar va ma’ruzalarni o'tkazish bo'yicha qator masalalar muhokama qilindi

 

12:12 / 2021-05-12
Success helper
Success warning