"Sevimli adibni yod etib"

"Sevimli adibni yod etib"

 

2022-yilning 30-noyabr kuni Adiblar xiyobonida Abdulla Qahhor hayoti va ijodiga  bag'ishlangan uchrashuv boʻlib oʻtdi. 




 

Mazkur uchrashuvda Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektor K.Karimova, Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo'limi boshlig'i U. Narbayev, O`zbekiston yozuvchilar uyushmasi a`zosi Shavkat Odiljon, institutda tashkil etilgan Abdulla Qahhor ijod muzeyi rahbari Nuriddin Ochilov, institut ilmiy-adabiy maslahatchisi shoir Bobur Bobomurod  hamda Soliqlar va sug`urta fakulteti talaba-yoshlari ishtirok etishdi.






 

Uchrashuvda so‘zga chiqqanlar, atoqli adib, betakror so‘z ustasi, O‘zbekiston xalq yozuvchisi Abdulla Qahhor hayoti va ijodi, adabiyotga qo‘shgan ulkan hissasi haqida talaba-yoshlarga qiziqarli ma’lumotlar berishdi.

 

Uchrashuvdan so`ng talaba-yoshlar “Abdulla Qahhor uy muzeyiga” tashrif buyurdilar. Tashrif chog`ida adibga tegishli bo`lgan hamda adib tomonidan yaratilgan ijodiy ishlar bilan yaqindan tanishdilar.

20:30 / 2022-11-30
Success helper
Success warning