Bir guruh talabalarimiz "Life Sciences" universitetida navbatdagi dars mashg'ulotlarida ishtirok etishdi

Bir guruh talabalarimiz "Life Sciences" universitetida navbatdagi dars mashg'ulotlarida ishtirok etishdi

Xorijda malaka oshirish va o’quv kurslarini davom ettirayotgan Toshkent moliya instituti Iqtisodiyot fakulteti talabalari navbatdagi mashgʻulotlarini Chexiya Respublikasidagi "Life Sciences" universitetida (THE Impact Rankings 201-300 oʻrin, Czech University of Life Sciences Prague (CZU)) o’tkazishdi.

 

 

 

Institut talabalari uchun Prof. Mansoor Maitah (h-indeksi: 14) tomonidan “Raqamli iqtisodiyot tushunchasi, afzalliklari va mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishdagi amaliy ahamiyati” mavzusida ma’ruza va amaliyot darsi tashkil qilindi. Shuningdek, talabalar Chexiya Respublikasidagi "Life Sciences" universitetining amaliyot xonalari,  tajriba maydonlari, muzeyi hamda kutubxonasiga tashrif buyurishdi.

11:19 / 2023-07-29
Success helper
Success warning