Buyuk mutafakkir va davlat arboblarining hayoti va ijodiga bag‘ishlangan davra suhbati

Buyuk mutafakkir va davlat arboblarining hayoti va ijodiga bag‘ishlangan davra suhbati

Joriy yilning 14 - aprel kuni Toshkent moliya institutida “Buyuk mutafakkir va davlat arboblarining hayoti va ijodiga bag‘ishlangan davra suhbati” tashkil etildi.

 

 

Unda institutning “Sugʼurta va pensiya ishi” kafedrasi mudiri X.M.Shennaev, Oʼzbekiston Yozuvchilar uyushmasining aʼzosi, uyushma boʼlim mudirasi, isteʼdodli shoira Farogʼat Xudoyqulova, Oʼzbekiston Yozuvchilar uyushmasi yoshlar bilan ishlash boʼlimi boshligʼi Nargiza Аsadova, “Sugʼurta va pensiya ishi” kafedrasining professor-oʼqituvchilari va talabalar qatnashishdi.

 

 

 

Tadbir bevosita buyuk mutafakkir va davlat arboblarining xotirasini yod etish bilan boshlandi. Xususan, tadbir mehmonlari algebra faniga asos solgan Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy ilmiy kashfiyotlari, fundamental tadqiqotlari, Аhmad Fargʼoniyning kitoblari ham asrlar davomida dunyo olimlari uchun dasturilamal boʼlib xizmat qilib kelgani, “Аstronomiya asoslari” nomli asari oʼn ikkinchi asrda lotin va ivrit tillariga tarjima etilgani, keyinchalik Italiya, Germaniya, Frantsiya, Gollandiya hamda АQSh kabi koʼplab mamlakatlarda qayta-qayta chop qilinganligiga alohida ta'kidlab o'tildi.

 

 

Tadbir soʼngida talabalar bevosita shoir qalamiga mansub sheʼrlar mutolaa qilishdi.

12:07 / 2022-04-19
Success helper
Success warning