R.Kuxenbux tomonidan onlayn ma’ruza

R.Kuxenbux tomonidan onlayn ma’ruza

     2021-yil 19-may kuni “Byudjet hisobi va g‘aznachilik” fakulteti “Baholash ishi va investitsiyalar” kafedrasi tashabbusi bilan Germaniya Akademik Almashinuv Xizmati (DAAD), “Manas” Qirg‘iz-Turkiya universiteti bilan hamkorlikda germaniyalik professor R.Kuxenbux tomonidan "Qishloq xo‘jaligida raqamli texnologiyalarni qo‘llash imkoniyatlari" mavzusida ingliz tilida ZOOM platformasi orqali onlayn ma’ruza o‘tkazildi.

 

   Onlayn ma’ruzani o‘tkazishda DAADning O‘zbekistondagi vakili S.Kretchmer moderatorlik qildi. Professor R.Kuxenbux o‘z ma’ruzasida Germaniya tajribasi misolida qishloq xo‘jaligida raqamli texnologiyalarni qo‘llash imkoniyatlari to‘g‘risida batafsil to‘xtalib o‘tdi.

 

     Ma’ruzada “Byudjet hisobi va g‘aznachilik” fakulteti, “Moliya” fakulteti, Magistratura bo‘limining IB-1 va IB-2 guruhi talabalari, institut professor-o‘qituvchilaridan iborat 100 ga yaqin ishtirokchilar qatnashdi. Yakunda professor R.Kuxenbux professor-o‘qituvchilar va talabalar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javob berdi.

 

 

15:31 / 2021-05-20
Success helper
Success warning