Toshkent moliya institutiga Koreya Respublikasining Oʻzbekistondagi elchisi tashrif buyurdi

Toshkent moliya institutiga Koreya Respublikasining Oʻzbekistondagi elchisi tashrif buyurdi

2023-yil 25-yanvar kuni Toshkent moliya institutiga Janubiy Koreyaning Oʻzbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi janob Kim Hee-sang tashrif buyurdi. Elchi janoblariga Koreyaning Oʻzbekistondagi elchixonasi Birinchi kotibi Janob Heo Insoo hamrohlik qildi. 

 

 

 

Muzokalarda Toshkent moliya institutidan institut rektori professor T.Teshabayev, Oʻquv ishlari boʻyicha prorektor S.Mehmonov va Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor A. Islamkulovlar ishtirok etdilar.

 

Rektor T.Teshabayev elchi janoblarining Toshkent moliya institutiga tashrifi uchun samimiy minnatdorchilik bildirib, institutining bugungi kundagi amaliy natijalari va kelgusi faoliyatidagi rejalari haqida toʻxtalib oʻtdi. Shundan soʻng, istiqbolda Toshkent moliya instituti Janubiy Koreyaning nufuzli oliy taʼlim muassasalari, xalqaro tashkilotlari bilan oʻquv, ilmiy va innovatsion faoliyatda hamkorliklarni yoʻlga qoʻyish masalalari xususida fikr yuritildi. 

 

 

Elchi janoblari ham oʻz oʻrnida tomonlar oʻrtasida amaliy hamkorliklarni yanada rivojlantirish boʻyicha barcha imkoniyatlar mavjudligini alohida taʼkidlab oʻtdilar.

 

 

 

Shuningdek, mehmonlarga institutning taʼlim jarayoni, talabalar uchun yaratilgan sharoitlar: kutubxonalar, maʼruza zallari, “Digital Finance” inkubatsiya va akseleratsiya markazi faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi. Talabalar tomonidan ishlab chiqilgan loyihalar taqdimotlari oʻtkazildi.

 

 

 

 

 

 

 

Taʼkidlash joizki, mazkur uchrashuv kelgusida Toshkent moliya institutining Janubiy Koreya oliy taʼlim muassasalari, xalqaro tashkilotlari bilan  amaliy natijalarga boy hamkorligining debochasidir.

 

14:13 / 2023-01-25
Success helper
Success warning